Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011 21.05.1999 yildagi 264-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011
Hujjat 21.05.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AHOLI BILAN PUL HISOB-KITOBLARINI AMALGA OShIRIShDA NAZORAT-KASSA MAShINALARINI MAJBURIY QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 1994 YIL 26 DEKABRDAGI 621-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishni tartibga solish va nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-dekabrdagi 621-son qarorining 8-bandi quyidagi mazmundagi xat boshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Savdo-sotiqda va xizmatlar koʻrsatishda aholi bilan pul hisob-kitoblarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha qatʼiy hisobot beriluvchi hujjat hisoblanuvchi kvitansiyalar yozmasdan, talonlar, chiptalar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklar bermasdan (bunday hujjatlarni yozish yoki berish majburiy boʻlgan taqdirda) amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan belgilangan eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida, jarima choralari qoʻllangandan soʻng yil mobaynida qonunni buzish takroran sodir etilganda esa — 200 baravari miqdorida jarima undiriladi, u belgilangan tartibda budjetga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buzuq nazorat-kassa mashinasi tuzatishda boʻlgan davrda savdo-sotiq faoliyatini turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo-sotiqda va xizmatlar koʻrsatishda aholi bilan pul hisob-kitoblarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha qatʼiy hisobot beriluvchi hujjat hisoblanuvchi kvitansiyalar yozish, talonlar, chiptalar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklar berish yoʻli bilan amalga oshirishga majburdirlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nazorat-kassa mashinalarini joriy etish boʻyicha davlat idoralararo komissiyasi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-dekabrdagi 621-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 5-son, 28-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)