Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2012 07.05.2004 yildagi 215-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2012
Hujjat 21.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoniga muvofiq, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi oʻz faoliyatini “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga toʻliq muvofiq ravishda tashkil etuvchi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek zamonaviy talablar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiq axborotlashtirish sohasida strategik ustuvorliklarni shakllantirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish tarmoq va hududiy organlari hamda xizmatlari ishlarini, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalashni taʼminlash, aloqa va axborotlashtirish sohasida, shu jumladan maʼlumotlar uzatishning zamonaviy vositalari, IP-texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va axborot tizimlari hamda resurslari bozorini rivojlantirish sohasida raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek davlat boshqaruvi, fan va taʼlim, biznes, sogʻliqni saqlash sohasida va faoliyatning boshqa sohalarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga oʻtish dasturlarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi tarmoqlarida, teleradioefirda, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlarini, telekommunikatsiya va maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sunʼiy yoʻldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
(2-band sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni tashkil etish va rivojlantirish.
(2-band toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining mintaqaviy tarkibiy korxonalari negizida Agentlikning hududiy boshqarmalari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Agentlikning hududiy boshqarmasi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Agentlikning viloyat boʻlinmalariga tezkor rahbarlik qiluvchi va ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Boshqarmaga Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boshqarmalarni tashkil etish uchun Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Agentlik tizimi boʻyicha boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy sonini Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qarorida belgilanganga nisbatan 91 nafarga koʻpaytirishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmalarining eng muhim vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yaqin hamkorlikda aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastotalardan samarali foydalanilishini taʼminlash, teleradioeshittirish va maʼlumotlar uzatishning texnik vositalaridan foydalanishda suiisteʼmolchiliklarga va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga barham berish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari va talablari bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish va teleradioeshittirish tarmoqlarida axborot xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni, shu jumladan profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati tuzilmasi hamda hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi, shuningdek Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1, 1a, 2—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 66 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 45 nafar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktoriga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida markaziy apparat tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Agentlik hududiy boshqarmalarini yuqori malakali kadrlar bilan butlasin, ularning faoliyati qoʻyilgan vazifalarga muvofiq tashkil etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shogʻulomov) bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilgan litsenziya bitimlari shartlari hamda nazorat qiluvchi organlarning aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan berilgan yozma koʻrsatmalari ular tomonidan bajarilishi monitoringini birgalikda olib borish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teleradioeshittirish, axborotlarni hujjatlashtirish va davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlari axborot tizimlarini yaratish sohasida chastotalarni tanlov asosida taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek vazirliklar va idoralarning rasmiy saytlariga qoʻyiladigan asosiy talablarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) bilan birgalikda maʼlumotlar uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini, jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek radiomonitoring oʻtkazish, teleradioefirda qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmalarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi boshqa organlari, joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin hamda baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 7-maydagi 215-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat aloqa inspeksiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Elektromagnit moslashuv markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika maxsus aloqa uzeli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat feldyegerlik xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Granit” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Boshqarish ularning ustav fondlaridagi davlat ulushiga muvofiq amalga oshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati”
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qarori bilan soʻzlar almashtirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 330-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Aloqa va axborotlashtirish sohasida oʻz faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga va litsenziya bitimlariga muvofiq amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-avgustdagi 404-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y.,34-35-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 7-maydagi 215-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) aloqa, axborotlashtirish va radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi vazifalarni hal qilish va davlat siyosatini oʻtkazish uchun vakolat berilgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ hisoblanadi;
( 1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 87-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan loyihalarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash masalalari boʻyicha — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi va telekommunikatsiya tizimlari hamda axborot tizimlari va vositalari, texnik vositalarni sertifikatlash sohasida tadqiqotlar, marketing va monitoringni tashkil etish boʻyicha — Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazorati boʻyicha — Davlat aloqa inspeksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi (idoralararo kollegial organ);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, elektron tijorat, axborot xavfsizligi, iqtisodiyot va menejment sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining xat-xabarlarini hamda diplomatik xat-xabarlarni qabul qilish, yetkazib berish boʻyicha — Davlat feldyegerlik xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika muassasalari, tashkilotlari va korxonalarining maxsus xat-xabarlarini va joʻnatmalarini qabul qilish, yetkazib berish boʻyicha — Respublika maxsus aloqa uzeli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya tarmoqlarining samarali faoliyatini muvofiqlashtirish va taʼminlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni toʻlaroq qondirish uchun turli operatorlar tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy xavfsizlik manfaatlari yoʻlida tarmoqlardan ustuvor foydalanish boʻyicha — Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida teleradiodasturlarni tarqatish va translatsiya qilish, radiokanallar boʻyicha radio aloqasi xizmatlari koʻrsatish boʻyicha — Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota organi funksiyalarini bajarish, shu jumladan radiochastotalardan foydalanishga ruxsatnomalar berish, elektromagnit moslashuvni va radiochastota spektri monitoringini taʼminlash boʻyicha — Elektromagnit moslashuv markazi;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot, servis va keng koʻlamda konsalting xizmatlari koʻrsatish sohasida dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha — Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinchlik davrida va alohida davrda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa obyektlarida va telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini bajarish, alohida muhim va toifalangan obyektlarni harbiylashtirilgan qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha — Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (harbiy tuzilmasi);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sunʼiy yoʻldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish boʻyicha — Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi;
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiotexnika, radio aloqasi, telekommunikatsiyani boshqarish tizimini, hisoblash texnikasini loyihalash, rekonstruksiya qilish, oʻrnatish, sozlash, foydalanishga topshirish, shu jumladan maxsus maqsaddagi obyektlar uchun vositalar va alohida buyumlar tayyorlash boʻyicha — “Granit” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari — axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish va ularni rivojlantirish, universal axborot resurslarini, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va ularni berish, shuningdek axborot-resurs markazlarining axborotlashtirish va joylarda kutubxona ishi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik jihatdan taʼminlash.
(2-band oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida, Jahon pochta uyushmasida hamda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarini moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek xodimlari mehnatiga haq toʻlash Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalarni moddiy-texnik taʼminlash hamda ular xodimlari mehnatiga haq toʻlash davlat budjeti mablagʻlari (budjetdan moliyalashtiriladigan oʻquv yurti, maxsus korxonalar, harbiy boʻlinmalar), oʻz mablagʻlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, radio aloqasi, radioeshittirish, televideniye, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek axborotlashtirish, axborot resurslari bozori va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvorliklarni shakllantirish va amalga oshirish, davlat tomonidan samarali tartibga solib borishni roʻyobga chiqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ funksiyalarini amalga oshirish.
(8-bandning uchinchi xat boshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 87-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish tarmoq va hududiy organlari hamda xizmatlari ishlarini, shuningdek standartlashtirish, sertifikatlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalashni taʼminlash, aloqa va axborotlashtirish sohasida, shu jumladan maʼlumotlar uzatishning zamonaviy vositalari, IP-texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish, davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat boshqaruvi, fan va taʼlim, biznes, sogʻliqni saqlash sohasida va faoliyatning boshqa sohalarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga oʻtish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlari yoʻlida hamda favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ulardan ustuvor foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari, radiochastota spektridan samarali foydalanish hamda telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash ishlari bajarilishini nazorat qilish va ijrosini tekshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida, aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioelektron vositalar va telekommunikatsiya vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tarmoq standartlari, texnik shartlar va talablarni belgilangan tartibda tasdiqlash, davlat standartlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek xalqaro standartlar joriy etilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi tarmoqlarini hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi organ bilan birgalikda aloqa va axborotlashtirish sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
strategik ustuvorliklarni, telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini, axborot resurslari va tizimlari bozorini rivojlantirish sohasida davlat tomonidan samarali tartibga solishni amalga oshirishda hududiy boshqarmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sunʼiy yoʻldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
(8-bandning oʻn ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori bilan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni tashkil etish va rivojlantirish;
(8-band oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirishning milliy dasturlari va konsepsiyalarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishni tashkil etadi, mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishga hamda amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan, elektron raqamli imzodan foydalanish, milliy axborot makoni monitoringi sohasidagi faoliyat masalalari yuzasidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(9-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning yagona axborot makonini barpo etish maqsadida davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlashga belgilangan tartibda taqdim etadi, xalqaro standartlarni joriy etadi, radioelektron hamda telekommunikatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanishga doir tarmoq standartlarini, texnik shartlar hamda talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 297-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta toʻlovining davlat belgilari namunalarini tasdiqlaydi va ularni nashr etish, joriy qilish va muomaladan olib qoʻyish tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarni olish chastotasi normativlarini, shuningdek pochta joʻnatmalari oʻtishining operatorlar va provayderlar uchun majburiy boʻlgan nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmoqlariga ulanish, operatorlar, provayderlar tomonidan oʻzaro xizmatlar koʻrsatish hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalarini, aloqa tarmoqlari va xizmatlarini, tarmoq standartlari va texnik shartlarni rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy hamda marketing tadqiqotlari va monitoringi boʻyicha ishlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mamlakatimizda va jahonda rivojlanishi tendensiyalarini oʻrganish va tahlil etishni tashkil etadi hamda ular boʻyicha maʼruzalar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablagʻlari hisobiga yaratilgan axborot resurslarini, shuningdek davlat sirlariga va maxfiy axborotga ega boʻlgan resurslarni shakllantirish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish, shuningdek radiotoʻsiqlarni, shu jumladan industrial radiotoʻsiqlarni bartaraf etish ishlarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aloqa hamda axborot tizimlari va vositalari tarmoqlarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi boʻyicha faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning ayrim turlarini belgilangan tartibda litsenziyalashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telefon raqamlarini belgilash, raqamlar ajratish rejasini va tizimini tasdiqlaydi, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan foydalanishni, Internet tarmogʻining milliy segmentini aniq adresli makonda tarqatishni hisobga oladi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlari va vositalari, axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarni belgilaydi hamda normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning texnik kuchlari va vositalaridan foydalangan holda mudofaa qobiliyatini va milliy xavfsizlikni, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi alohida muhim hamda toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari roʻyxatini, ularning sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlariga tariflarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda telekommunikatsiyalarning ayrim xizmatlari roʻyxatini belgilaydi va ularga hamda tarmoqlararo ulanishlarga tariflarni kelishib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida foydalanish uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil qiladi hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat organlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlarini yaratishga, dasturiy mahsulotlar, axborot resurslari, xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat monopoliyaga qarshi organi bilan birgalikda aloqa va axborotlashtirish sohasida, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga, raqobatni rivojlantirishga va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga koʻmaklashadi;
(9-bandning yigirmanchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 297-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish hamda ushbu sohada qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishda davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aloqa va axborotlashtirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organi sifatida ish koʻradi, Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi, Jahon pochta uyushmasi hamda aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarning kongresslari, syezdlari, konferensiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlatlararo hamda hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida, belgilangan tartibda xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish vositalari va tarmoqlarini, axborot tizimlari va texnologiyalarini, radiomonitoringning texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qatnashadi, ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan xizmatlarni, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlashni, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlarning hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlardan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan tenderlar, tanlovlar va savdolarni tashkil etadi va ularni oʻtkazishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar, oʻziga qarashli davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari ishiga bevosita rahbarlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlarining, radiochastota spektridan foydalanishning, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, maʼlumotlarni uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlarida xavfsizlik boʻyicha texnik va texnologik talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish, radiochastota spektridan va elektron raqamli imzodan, shu jumladan joylarda foydalanish sohasida monitoring oʻtkazish, qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
(9-bandning oʻttiz birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 297-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq aloqa va axborotlashtirish sohasida tuzilmani takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimining safarbarlik rejasini, davlat zaxirasiga moddiy vositalar jamlash tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini aloqa bilan taʼminlash uchun harbiy qism kuchlari va vositalari bilan avariya-tiklash ishlari bajarilishini, Agentlik tizimining alohida muhim obyektlari qoʻriqlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini, axborot resurslari va tizimlari bozorini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvorliklarni amalga oshirishda, davlat tomonidan samarali tartibga solib borishni roʻyobga chiqarishda hududiy boshqarmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan oʻzaro hamkorligini hamda uni muvofiqlashtirishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimiga kiruvchi budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan oʻquv yurtlari, maxsus korxonalar, harbiy boʻlinmalarning budjetdan moliyalashtirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish sohasi oʻquv yurtlarining alohida iqtidorli talabalari uchun Agentlikning stipendiyalarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sunʼiy yoʻldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring amalga oshirilishini tashkil qiladi.
(9-bandning oʻttiz yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori bilan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining vakolatli shaxslari elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi hamda unga yuridik va jismoniy shaxslarning erkin kirishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari boʻyicha elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining vakolatli shaxslari elektron raqamli imzolarining haqiqiyligini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(9-bandning oʻttiz sakkiz—qirq birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qaroriga muvofiq kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini olish uchun taqdim qilingan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazishni tashkil qiladi.
(9-bandning qirq ikkinchi xatiboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori bilan toʻldirildi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 87-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron kutubxona tizimi rivojlantirilishini, kutubxona axborot resurslari tizimlashtirilishini, aholining keng qatlamlari axborot-kutubxona markazlari resurslaridan foydalanishini taʼminlash.
(9-bandning qirq uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Agentlik hududiy boshqarmalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalarda aloqa va axborotlashtirishni rivojlantirish dasturlarining hududiy darajada amalga oshirilishini, litsenziya bitimlarining bajarilishini, radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini, shuningdek axborot va pochta xavfsizligi talablari bajarilishini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar olish uchun mintaqaviy talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalar va boshqa hujjatlarni berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining hududiy boʻlinmalari hamda tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan radiochastota spektridan xavfsiz va oqilona foydalanish, televideniye va radio dasturlarini tarqatish, maʼlumotlarni uzatish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa obyektlari va korxonalari qoʻriqlanishini, radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini, pochta, telekommunikatsiya, maʼlumotlarni uzatish va teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hududiy boshqarmalar oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning mintaqaviy dasturlari bajarilishi monitoringini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aloqa tarmoqlari, axborotlashtirish tizimlari va vositalarini yaratish hamda ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning litsenziya talablarini, axborot va pochta xavfsizligi talablarini, telekommunikatsiyalarning shaharlararo va xalqaro tarmoqlarini boshqarish organi talablarini bajarish boʻyicha faoliyatini tekshirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning texnik kuchlari va vositalaridan foydalangan holda mudofaa qobiliyatini va milliy xavfsizlikni, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi alohida muhim hamda toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlarni bajarishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektrini taqsimlash, undan foydalanish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlashda va ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringi, shuningdek radiotoʻsiqlarni, shu jumladan industrial radiotoʻsiqlarni, qonun hujjatlarida taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun teleradioeshittirish va maʼlumotlar uzatishning texnik vositalaridan foydalanishda suiisteʼmolchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, maʼlumotlarni uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida xavfsizlik boʻyicha texnik va texnologik talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish sohasida monitoring oʻtkazish, qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik rejalarini ishlab chiqishda qatnashadi, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini aloqa bilan taʼminlash, alohida muhim obyektlarni qoʻriqlash uchun avariya-tiklash ishlarini bajarishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslari hamda tizimlarini shakllantirish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish tarmoqlari va vositalari, axborot tizimlari va resurslari, radiochastota spektridan foydalanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlarni bajarish tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat monopoliyaga qarshi organi hududiy tuzilmalari bilan birgalikda tabiiy monopolist subyektlar faoliyati monitoringida qatnashadi, aloqa va axborotlashtirish sohasida raqobatni rivojlantirishga hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar, oʻziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar orqali hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralardan, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan Agentlik vakolatiga taalluqli masalalarga doir zarur axborotlarni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga ruxsatnomalar berish, shuningdek radiochastota spektridan foydalanishni toʻxtatish, toʻxtatib turish va cheklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va davlat boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar, zilzila, suv toshqini, yongʻin, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va axborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, shuningdek ularning faoliyat koʻrsatishini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlarga va texnik normalarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, fuqarolarning xavfsizligini, atrof muhit muhofazasini taʼminlamaganda, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlanmaganda, shuningdek alohida holatlarda ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish sohasida belgilangan tartibda xalqaro idoralararo shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasining aʼzolik badallarini toʻlash uchun aloqa va axborotlashtirish sohasidagi tashkilotlar va kompaniyalarning ixtiyoriylik asosida berilgan mablagʻlarini jamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik pochta toʻlovi davlat belgilarini muomalaga chiqarish va muomaladan olib qoʻyish boʻyicha mutlaq huquqqa egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning taʼminlanishi, shuningdek oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktorning oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi, ularning sonini belgilash va ularni lavozimga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, bosh direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agentlikning bosh direktori bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agentlikning bosh direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy boshqarmalar, Agentlik tizimidagi davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi, Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik va hududiy boshqarmalar, Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar ishi uchun oʻz oʻrinbosarlarining, boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalarning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, budjetdan moliyalashtiriladigan oʻziga qarashli davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik boʻlimlari, hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Agentlik tizimiga kiruvchi oʻziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar toʻgʻrisidagi nizomlarni (ularning ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar, Agentlik tizimiga kiruvchi oʻziga qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agentlikda tarkibiga bosh direktor — (rais), bosh direktor oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra) hamda Agentlik tizimidagi boshqa rahbar xodimlar kiradigan 11 kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼatning shaxsiy tarkibi bosh direktor taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik hayʼati Agentlik faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Agentlik boʻlimlari, hududiy boshqarmalar, Agentlikka qarashli tashkilotlar, korxonalar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, Agentlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini, shuningdek aloqa va axborotlashtirish tizimini rivojlantirish, ilmiy-texnika yutuqlaridan keng koʻlamda foydalanish, idoralararo va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat qarorlari bosh direktor buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi. Bosh direktor bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda bosh direktor oʻz qarorini hayotga joriy etadi. Bosh direktor kelib chiqqan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hududiy boshqarmalar oʻz faoliyatini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boshqarmalarga Agentlik bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boshqarmalar nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 7-maydagi 215-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining maxsus avariya-tiklash boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 1-iyuldagi 274-son qarori 6-bandining birinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qaroriga ilova II boʻlimining 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni va Oʻzbekiston Respublikasida provayderlar va abonentlarning maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻidan axborot olish va ulardan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 26-martdagi 137-son qaroriga 2-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qaroriga 5-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 27-dekabrdagi 488-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarorga 3-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga 1-ilova va 5-ilovaning 12-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 27-sentabrdagi 336-son qarorining 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-dekabrdagi 469-f-son farmoyishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga 5-ilovaning 2, 5 va 6-bandlaridagi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga koʻrsatmalar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni va Oʻzbekiston Respublikasida provayderlar va abonentlarning maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻidan axborot olish va ulardan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 26-martdagi 137-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorning nomidan “va Oʻzbekiston Respublikasida provayderlar va abonentlarning maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻidan axborot olish va ulardan foydalanish qoidalarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidan “1” raqami chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-banddagi “mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan Nizom va Qoidalarga” soʻzlari “mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan Nizomga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi koʻrsatib oʻtilgan hujjatda bayon qilingan qoidalar va talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grifdan “1” raqami chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hujjatlashtirilgan axborot — identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari boʻlgan material manbaida qayd etilgan axborot”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ommaviy axborot — omma uchun moʻljallangan hujjatlashtirilgan axborot, matbuot, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi ikkita xatboshi shaklida quyidagi mazmunda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborot resurslari — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborotlar, maʼlumotlar banklari, maʼlumotlar bazasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborot tizimi — axborotlarni yigʻish, saqlash, izlash, ishlash va ulardan foydalanish imkonini beruvchi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan yigʻindisi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborot resurslari yoki axborot tizimlari egasi — axborot resurslari yoki axborot tizimlariga egalik qilishni, ulardan foydalanishni va ularni tasarruf etishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborot xavfsizligi — axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganligi holati”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Axborot resurslari ommaviy va xususiy mulk boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat axborot resurslari davlat organlarining axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablagʻlari hisobiga yaratilgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlariga va maxfiy axborotlarga ega boʻlgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda beriladigan hujjatlashtirilgan axborotlaridan shakllantiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning ikkinchi xatboshidagi “Fuqarolar toʻgʻrisidagi axborot (shaxsiy maʼlumotlar)” soʻzlari “Jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bandning 11.2-kichik bandidan “milliy” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotlarni Internet orqali tarqatishni Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Tashqi ishlar vazirligi muvofiqlashtirib borishadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 13-sentabrdagi 418-son qaroriga 2-ilovadagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent teleminorasining uzatuvchi radiotelevizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 6-noyabrdagi 440-son qaroridagi “Radioaloqalar, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar korxonasi” soʻzlari “Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarori 1-bandidan toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi radiochastota spektrlaridan foydalanishni tartibga solish sohasida ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-ilovaning 7-bandidan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovaning “Aloqa va axborotlashtirish kompleksi” nomli VIII boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72-bandning 2-ustuniga “Hududiy organlar (viloyat boʻgʻinlari)” soʻzlari va koʻrsatilgan pozitsiya roʻparasiga 6-ustunga “91” raqami qoʻshilsin, 6-ustundagi “439” raqami “530” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75-bandning 6-ustunidagi “2806” raqami “2897” raqami bilan, “875” raqami “966” raqami bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda, 29-son, 330-modda, 34-35-son, 391-modda; 2005-y., 32-33-son, 255-modda, 39-son, 297-modda; 2006-y., 11-son, 87-modda, 34-35-son, 346-modda; 2007-y., 14-son, 142-modda; 2009-y., 35-son, 381-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda , 51-son, 489-modda; 2011-y., 45-46-son, 473-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda)