Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2006 20.05.1999 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2006
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1998 YIL 18 NOYABRDAGI 477-SON VA 1998 YIL 17 DEKABRDAGI 525-SON QARORLARINI BAJARISh YuZASIDAN JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli “Ba’zi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarida nazarda tutilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini faol amalga oshirishga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilayotgan korxonalar texnologiya va moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sarmoya va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bozoridagi kuchli raqobat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish yo‘liga to‘siq bo‘layotgan murakkab buyruqbozlik apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish hamda aksiyalar sotilishi jarayonlarining amalga oshirilishi va jadallashtirilishini ta’minlovchi puxta ishlovchi mexanizmning yo‘qligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish jarayonidan o‘zlarining g‘arazli maqsadlarida daromad va dividendlar olishga intiluvchi korrupsiya hollarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham quyi tuzilmalardagi, ham Vazirlar Mahkamasi apparatigacha bo‘lgan yuqori darajadagi bir qator rahbarlar ongida eski andozalar va o‘zibo‘larchilik kayfiyati saqlanib qolganligi kabi obyektiv va subyektiv cheklovchi omillar hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi islohotlar va investitsiyalar bo‘yicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashning 1999-yil 18-maydagi qarorlariga muvofiq hamda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha 1999-yil uchun belgilangan topshiriqlarni so‘zsiz bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va “1999-2000-yillarda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan davlat budjetiga mablag‘lar tushishini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarini bajarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari, tegishli vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar va birlashmalar rahbarlari korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, aksiyalar paketlarini va korxonalarni xorijiy investorlarga sotish hamda xususiylashtirishdan olingan mablag‘larning davlat budjetiga tushishi bo‘yicha 1999-yilga belgilangan vazifalarning so‘zsiz bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan Hukumat qarorlarining bajarilishiga rahbarlar va mansabdor shaxslarning respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga doir faoliyati va mas’uliyatini baholovchi hamda ularning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini belgilovchi mezon deb qaralsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aksiyalarning bir qismini yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar so‘zsiz bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi rahbarlariga, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, shuningdek mazkur ilovada ko‘rsatilgan korxonalar, birlashmalar va banklarning tegishli rahbarlariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasining sust ishlayotganligi, korxonalarni xususiylashtirish masalalarini hal etishda zarur tashabbus va tezkorlikning yo‘qligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasining faoliyati tartibi va yo‘nalishlarini o‘n kun muddatda tubdan qayta ko‘rib chiqsin, bunda pirovard natijada xususiylashtirilayotgan korxonalar bo‘yicha tender hujjatlari tayyorlash muddatlarini tezlashtirish, buning uchun nufuzli xorijiy baholash kompaniyalari va vositachilar jalb etilishini ta’minlash nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarida nazarda tutilgan obyektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishga oid masalalarni hal etish tezkorligini oshirish uchun tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasiga quyidagilar bo‘yicha qo‘shimcha huquq va vakolatlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar va xususiylashtirilayotgan korxonalarga talab mavjud bo‘lmaganda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq tegishli investitsiya majburiyatlariga ega bo‘lgan aniq strategik investorlar mavjud bo‘lganda taklif etilayotgan boshlang‘ich narxni pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar va aksiyalarni ham EMVga, ham zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish kabi haq to‘lashning turli shakllarida sotish, shuningdek, xorijiy sarmoyador tomonidan EMVda aniq investitsiya majburiyatlari qabul qilingan taqdirda milliy valyutaga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni tayyorlash va chet elda sotish jarayoniga yirik xorijiy moliyaviy vositachilarni, baholash va auditorlik kompaniyalarini, reklama agentliklarini jalb etish, ular faoliyatiga xususiylashtiriladigan obyekt yoki aksiyalarni sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobiga haq to‘lanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sansalorlik, buyruqbozlik, obyektlarni xususiylashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish muddatlarini cho‘zib yuborish hollari hamda xorijiy sarmoyadorlarga korxonalar va aksiyalar sotishni tezlashtirish bo‘yicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda, yuqorida qayd etilganlarni hisobga olgan holda, tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi yangi nizomni ikki hafta muddatda qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat mulki qo‘mitasi rahbariyatiga Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarining, ayniqsa xususiylashtirish jarayoniga xorijiy sarmoyani jalb etishga doir qismining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy ishlarning sustligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi rahbariyatining e’tibori uning zimmasiga aksiyalar paketlarini va korxonalarni xorijiy sarmoyadorlarga sotish, valyuta resurslarini xususiylashtirishdan qo‘shimcha ravishda to‘ldirish va davlat budjetiga mablag‘lar tushishini ko‘paytirish bo‘yicha 1999-yil uchun belgilangan chora-tadbirlar dasturining so‘zsiz bajarilishi yuzasidan asosiy mas’uliyat yuklanganligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligi davlat mulkini xorijiy sarmoyadorlarga sotishda aksiyalar va xususiylashtirilayotgan korxonalarning taklif etilgan boshlang‘ich narxini tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan pasaytirish tartibini o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov 1999-yilning yanvar — aprel oylari yakunlari bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir ishlarning ahvolini mufassal ko‘rib chiqsin va zarurat bo‘lganda 1999-yilda aksiyalar paketlarini va korxonalarni sotishning belgilangan muddatlarini aniqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi majlisida Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarining bajarilishi ko‘rib chiqilsin, tegishli vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar va birlashmalar rahbarlari faoliyatiga qat’iy baho berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi korxonalar aksiyalarini chiqarishga tayyorlash va joylashtirish, reklama faoliyati hamda davlat aktivlarini tender va tanlov bo‘yicha sotishni tashkil qilishga doir ishlarni malakali darajada amalga oshirish uchun xo‘jalik hisobidagi “Davinkom” investitsiya firmasini tashkil etish to‘g‘risida ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. Bunda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan xususiylashtirish dasturlari bo‘yicha, keyinchalik tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasiga kiritish uchun, xususiylashtirilayotgan korxonalar va aksiyalar narxlarini belgilash bilan bog‘liq sansalorlik, buyruqbozlik, masalalarni hal qilish muddatlarini cho‘zish hollarini aniqlashni firma faoliyatining asosiy vazifalaridan biri sifatida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va sotish bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatayotgan tuzilmalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 512-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 219-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258-son