03.06.2016 yildagi PQ-2543-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash hamda ularning muttasil kengayib borayotgan parkini qayta tiklash uchun texnologik jihatdan yuqori darajada jihozlangan zamonaviy ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va shuning asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2017-2018-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UKning Sirdaryo shahrida joylashgan vagon-g‘ildirak ustaxonalari negizida ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish bo‘yicha mo‘ljaldagi qiymati 29,0 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2719-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 2-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi bir bosqichli tartibda, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqqan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati loyihaning amalga oshirilishi uchun mas’ul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning shaxsiy mablag‘lari loyihani moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ — buyurtmachi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boshtransloyiha” AJ — bosh loyiha tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tarkibiy bo‘linmalari — bosh pudratchi tashkilotlar etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2017-yil 1-apreliga qadar muddatda ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2719-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 2-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Istisno tariqasida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-iyulga qadar ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodi qurilishini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga;
(5-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2719-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 2-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilyerlari (distribyutorlari) bilan, tender savdolari o‘tkazmasdan, import qilinayotgan tovarlarni ortib jo‘natishdan oldin albatta tekshirib ko‘rgan holda, asbob-uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellarni eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish to‘g‘risida shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zbekneftgaz” MXK va “O‘zmetkombinat” AJ bilan birgalikda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ buyurtmanomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sementni — tartibga solib turiladigan narxlarda, yonilg‘i-moylash materiallarini — shartnomaviy narxlarda va metall prokatini — birja kotirovkalarini hisobga olgan holda ajratilishi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda — loyihaning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kafolat muddati davrida respublikada ishlatilayotgan ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash va xizmat ko‘rsatishga tegishli litsenziya yoki sertifikatlarni xorijiy ishlab chiqaruvchilardan olishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmi — qo‘shilgan qiymat solig‘idan hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga, Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 923-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan mashina va uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, asboblar va texnologik jihozlar — boj to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan uning bo‘linmalari o‘rtasida bepul asosda topshirilayotgan mol-mulk qo‘shilgan qiymat solig‘i, yuridik shaxslarning foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2719-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 2-son, 31-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning buyurtmanomalariga ko‘ra ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2543-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 23-son, 263-modda; 2017-y., 2-son, 31-modda, 35-son, 923-modda)