Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 04.05.1999 yildagi 212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOLALAR UChUN TOVARLAR VA AYoLLAR GIGIYENASI AShYoLARINI IShLAB ChIQARISh HAMDA SOTIShNI RAGʻBATLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayollar manfaatlarini taʼminlash va himoya qilish yuzasidan 1999-yil uchun chora-tadbirlar Davlat dasturiga muvofiq hamda bolalar uchun tovarlar va ayollar gigiyenasi ashyolarini ishlab chiqarish va sotishni ragʻbatlantirish, shuningdek ushbu tovarlarning chakana narxlarini pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, ixtisoslashgan ishlab chiqarish korxonalari jumlasiga ishlab chiqarishi hajmida bolalar uchun tovarlar va ayollar gigiyenasi ashyolari 60 foizni va undan koʻproqni tashkil qiladigan korxonalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda bolalar uchun tovarlar va ayollar gigiyenasi ashyolari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4, 5 va 6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 4-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 5-son, 24-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)