Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son Farmoniga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat universiteti deb qayta nomlansin.
2. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-may,
173-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 237-modda)