Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini optimallashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalarini qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 6-son, 56-modda):
a) Ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxatidan (1-ilova) 7 va 8-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) Ishlab chiqarish va strategik xoma shyoni dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlarining hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar va xizmatlarni tartibga solib boriladigan narxlar boʻyicha yetkazib beruvchilarning roʻyxatiga (3-ilova) quyidagi mazmundagi pozitsiyalar qoʻshilsin:
|
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | ||
|
263. |
“Oʻztadbirkoreksport” AJ |
Toshkent shahri |
|
264. |
“Oʻzsanoateksport” AJ |
Toshkent shahri |
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-may,
172-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 236-modda)