25.02.2006 yildagi 149-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻtgan davrdagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot haqida hamda Senat Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalari ishi taʼsirchanligini kuchaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati beshinchi yalpi majlisida qilgan “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda parlament islohotlari amalga oshirilib, ikki palatali parlament tizimiga oʻtilganligi milliy davlatchiligimizni qaror toptirishning yangi bosqichini boshlab berdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan, jamiyatni yanada demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalashga qaratilgan yoʻl izchillik bilan amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz parlamentining yuqori palatasi – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonunlar va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunga qatʼiy muvofiq holda boshlab, masalalarni birgalikda va erkin muhokama qilish, oshkoralik, jamoatchilik fikrini hisobga olish prinsiplariga amal qilib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat, uning Kengashi va qoʻmitalari oʻz zimmalariga qonunlarga muvofiq yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan muayyan ishlarni amalga oshirdilar. Shu bilan birga Senat faoliyatida muayyan kamchiliklar ham boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yuqori palataning beshinchi yalpi majlisidagi oʻz maʼruzasida taʼkidlaganidek, mintaqaviy rivojlanish masalalariga yetarlicha eʼtibor berilmagan. Senat qoʻmitalarining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari bilan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari bilan oʻzaro hamkorlik harakatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmi ishlab chiqilmagan. Mintaqalarda saylovchilar bilan ishlar sust olib borilgan, nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish hamda amaldagi qonunlar ustidan monitoring olib borish yuzasidan qonun bilan berilgan vakolatlardan toʻla hajmda foydalanilmagan. Ayrim rejalashtirilgan masalalar Senat tomonidan koʻrib chiqilmagan yoki yuzaki koʻrib chiqilgan. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi raisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining hisobotlari yuqori palata tomonidan chuqur tahlilsiz va mintaqaviy muammolarni aniqlash hamda hal etish zarurligini inobatga olmasdan koʻrib chiqilgan. Ushbu davlat organlari rahbarlarining faoliyatiga aniq baho berilmagan. Bundan tashqari oʻtgan yilda rejaga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti tinglanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat qoʻmitalari oʻtkazgan seminarlar, konferensiyalar, treninglar, davra suhbatlari kam samara berdi. Zero sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotga, jumladan mintaqalar taraqqiyotiga oid aniq muammolar muhokamasiga yetarlicha eʼtibor qaratilmadi, mazkur tadbirlarni oʻtkazishga yetakchi mutaxassislar yetarli darajada jalb etilmadi, seminar, konferensiyalarda koʻtarilgan muammolarni hal etishga doir aniq va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilmadi, amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritilmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻtgan davrdagi faoliyati toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va senatorlar tomonidan beshinchi yalpi majlis davomida bildirilgan takliflarini inobatga olgan holda Senat Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalari ishi taʼsirchanligini kuchaytirish chora-tadbirlari haqidagi hisobotni qarab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻtgan davrdagi faoliyati toʻgʻrisidagi hamda Senat Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalari ishi taʼsirchanligini kuchaytirish chora-tadbirlari haqidagi hisobot tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kelgusi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari deb quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligini oshirish, qabul qilinayotgan qonunlar sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning huquqiy asoslarini shakllantirish, umumdavlat va mintaqaviy manfaatlar mutanosibligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning, uning Kengashi va qoʻmitalarining nazorat qilish sohasidagi vakolatlari barcha shakllarining samaradorligi va taʼsirchanligini oshirish, qonunlarning ijro etilishi ustidan monitoring olib borilishini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat qoʻmitalari va komissiyalari nazorat faoliyatini amalga oshirish masalalarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorlikda ish olib borishini taʼminlash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmitalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari bilan mintaqalarni sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning muhim masalalarini hal etishdagi birgalikdagi ishlar muvofiqlashtirilishini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlari deputati boʻlmish senatorlarning saylovchilar bilan aloqalarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
senatorlarning ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligining samaradorligini oshirish, Senat, uning qoʻmitalari va komissiyalari ishida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari doirasida parlamentlararo aloqalarni ikki tomonlama va koʻp tomonlama asoslarda rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Senat Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat tarmoq boʻlinmalarining oʻtgan davrdagi faoliyatini tanqidiy tahlil etsin, ular faoliyatidagi mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqsin hamda amalga oshirsin, senatorlar qonun ijodkorligi asoslarini, mamlakatda sodir boʻlayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni, mavjud davlat-huquq, siyosiy tizimni isloh etish muammolarini chuqur oʻrganishi uchun sharoitlar yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy rivojlanish masalalarini amalga oshirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan Senatning oʻzaro hamkorlikda ishtirok etishi mexanizmi samaradorligini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda oʻtkaziladigan, mintaqalarni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish boʻyicha bildirilgan tanqidiy mulohazalarni koʻrib chiqishga bagʻishlangan “Birlashgan sessiya” sayyor majlislari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining Senat Kengashi va qoʻmitalari ishi taʼsirchanligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi haqidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlamentning qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirish hamda nazorat-tahlil ishlarida takroriylikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oliy Majlisning quyi palatasi bilan oʻzaro hamkorlik harakatlari muvofiqlashtirilishi samaradorligini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
senatorlarning Senat elektron hujjatlar bazasidan doim erkin foydalana olishini taʼminlashga doir choralarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Senat qoʻmitalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ish rejalarida mamlakat sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti, uni modernizatsiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini, Prezidentning beshinchi yalpi majlisda qilgan maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalarni hisobga olingan holda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy rivojlanish masalalarini oʻrganish hamda mintaqaviy muammolarni muhokama etishga alohida eʼtibor qaratsin, qoʻmitalarning sayyor majlislarini oʻtkazish amaliyotini kengaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmitalari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlik harakatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin, ular izchillik bilan amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-tahlil faoliyatini takomillashtirish, qonunlarning, shuningdek qoʻmitalar tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijro etilishi ustidan monitoring olib borish ishlarini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirsin, qoʻmita qarorlarining ijro etilishi uchun davlat va boshqa organlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish masalalariga koʻproq eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarning ijro etilishida yoʻl qoʻyilgan, qoʻmitalar nazorat qilish sohasidagi vakolatlarini amalga oshirayotganda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda ishlayotgan senatorlarning Senat qoʻmitalari ishida ishtirok etishga faol jalb etishni muhim vazifa deb hisoblasin, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari ishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda huquqiy va uslubiy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qilish sohasidagi oʻz vazifalarini amalga oshirayotganda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalari ishtirok etishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seminarlar, konferensiyalar va davra suhbatlari davomida koʻtarilgan muammolar va ularni hal etish yoʻllarini chuqurroq oʻrganib chiqib, mazkur tadbirlar yakuniga muvofiq amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish yuzasidan harakat dasturini ishlab chiqish, dastur ijro etilishiga doir chora-tadbirlarni bajarish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 25-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 2-son, 83-modda)