05.09.2007 yildagi 588-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 05.09.2007 yildagi 588-I-son
Kuchga kirish sanasi
05.09.2007
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Devonining Oʻzbekiston Mustaqilligining 16 yilligiga bagʻishlangan qoʻshma majlisidagi maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Devonining Oʻzbekiston Mustaqilligining 16 yilligiga bagʻishlangan qoʻshma majlisidagi Oʻzbekiston mustaqilligining oʻn olti yili davridagi tarixiy oʻzgarishlar chuqur va batafsil tahlil etilgan, Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishning, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy vazifalari va ustuvorliklari belgilab berilgan maʼruzasini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Taʼkidlansinki, mustaqillik yillarida mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishida erishilgan natijalar Oʻzbekiston tanlagan huquqiy demokratik davlat qurish, ijtimoiy jihatdan yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish yoʻli Oʻzbekiston xalqining hozirgi va kelajak avlodlari uchun ulkan imkoniyatlar hamda istiqbollar ochganligining ishonchli dalilidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Devonining Oʻzbekiston Mustaqilligining 16 yilligiga bagʻishlangan qoʻshma majlisida bayon etilgan xulosalar, belgilab berilgan maqsad va vazifalar asosida jamiyatni yanada demokratlashtirish va yangilashga, mamlakatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishga qaratilgan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatining samaradorligini oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari saylovchilar bilan uchrashuvlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari, jamoat birlashmalarining vakillari bilan yaqin hamkorlikda, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oqsoqollari va faollari, olimlar, taʼlim, madaniyat va sanʼat xodimlari ishtirokida mamlakatni mustaqil rivojlantirish davrida bosib oʻtilgan yoʻlning mohiyati, mazmuni va ahamiyatini, mamlakatda keng koʻlamda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida jamiyat oldida turgan vazifalarni keng tushuntirib borsinlar. Bu ishda ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va mustahkamlash, mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan yutuqlarni oʻz saylovchilariga yetkazish borasidagi ishlarni kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
588-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 9-son, 425-modda)