Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024 23.08.2007 yildagi 368-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat Kengashlarining 2005-2006-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-martdagi KQ-704-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh tomonidan xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat Kengashlarining 2005-2006-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi masala oʻrganib chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur viloyatlarning Kengashlari oʻz faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ravishda olib bormoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi 173-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan va tavsiya qilingan Xalq deputatlari mahalliy Kengashining namunaviy reglamenti va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq ravishda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 9-martdagi 305-I-sonli Qarori bilan kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining reglamentlari hamda mazkur Kengashlarning doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat Kengashlarining sessiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senatning va Senat qoʻmitalarining qarorlari ijro etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi toʻgʻrisida”gi 2006-yil 29-iyunda qabul qilingan 200-I-sonli Qarori muhokamasi oʻtkazilgan. Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatiga taalluqli hujjatlar hisobini yuritish va ularni tizimga solish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashida ham, Qashqadaryo viloyat Kengashida ham Reglament va Nizomga muvofiq sakkiztadan doimiy komissiya faoliyat yuritib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlari va qarorlarini, Oliy Majlis Senati qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini hayotga tatbiq etish borasida izchil ish olib borish maqsadida viloyatlarning vakillari boʻlmish senatorlarga hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalariga viloyatlarning muayyan hududiy birliklari biriktirib qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati xalq deputatlari Buxoro shahar va Vobkent tuman Kengashlarining, shuningdek Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Qarshi shahar, Yakkabogʻ, Chiroqchi, Shahrisabz, Kitob, Kasbi tuman Kengashlarining doimiy komissiyalari ishlarida ijobiy oʻzgarishlar boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ishlarida kamchiliklar va foydalanilmagan rezervlar ham mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari ishida baʼzan yuzaki yondashuv hollari qayd etilmoqda. Reja asosidagi qator masalalarni oʻrganishga mutaxassislar jalb etilmayotir, ishchi guruhlar tuzilmagan, oʻrganilayotgan muammolarni yanada chuqurroq tahlil etish uchun savolnomalar tayyorlanmayapti, oqibatda yoʻl qoʻyilgan kamchilik va nuqsonlarning sabablarini aniqlash yuzaki kechmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari tomonidan nazorat faoliyatlarini amalga oshirishda ham kamchiliklar bor. Doimiy komissiyalarning qarorlari ijrosi hamisha ham nazorat qilinmoqda deb boʻlmaydi, bu qarorlarda koʻpincha ijro muddati belgilanmaydi, doimiy komissiyalarning qarorlarini bajarish yuzasidan korxona va tashkilotlar rahbarlarining hisobot berishi amaliyoti qoʻllanilmayapti, doimiy komissiyalarning ishi koʻp hollarda masalani muhokama etish va qaror qabul qilish bilan cheklanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ajratilgan maxsus xonalar zarur ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishda foydalanish uchun kerakli boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini hayotga tatbiq etish hamda ularni aholi oʻrtasida targʻib qilish ishlarining ahvoli talab darajasida emas. Xususan, Buxoro viloyatining Qorakoʻl, Jondor, Olot tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Qamashi tumanlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan muhokama qilinib maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlari eʼtiboriga yetkazish boʻyicha targʻibot guruhlari tuzilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman va shahar Kengashlarining hamda ulardagi doimiy komissiyalarning yillik ish rejalari tuzilayotganda baʼzi hollarda tumanning, shaharning mavjud muhim muammolari oʻrniga har yili bir yoʻnalishdagi deyarli bir xil masalalarni oʻrganish belgilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat Kengashlarining 2005-2006-yillardagi faoliyati yuzasidan Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruhning, shuningdek xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat Kengashlarining axborotlarini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalq deputatlari Buxoro hamda Qashqadaryo viloyat Kengashlarining 2005-2006-yillardagi faoliyati yuzasidan Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruhning, shuningdek xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat Kengashlarining axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida 2006-yil 24-fevraldagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” degan maʼruzasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-fevralda boʻlib oʻtgan, 2006-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida ilgari surilgan hamda “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat, tuman va shahar Kengashlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijro etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqsin, mintaqalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida va tegishli doimiy komissiyalarning majlislarida muhokama etsin, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar hamda ularning doimiy komissiyalarining yillik ish rejalarini mintaqaning eng dolzarb muammolarini inobatga olgan holda tuzsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlarning majlislarida doimiy komissiyalarning hamda deputatlarning amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotlarini tinglab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari bilan birgalikdagi majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish amaliyotini keng joriy etish chora-tadbirlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mintaqalardan saylangan senatorlar xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda ularning doimiy komissiyalari faoliyatini yanada jonlantirishga amaliy yordam bersinlar. Senatorlarning oʻzlari saylangan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida muntazam ravishda hisob berib borishi amaliyotga joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishi jarayoni toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga 2007-yil 15-dekabrga qadar axborot taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh rahbari Gʻ. Aliyevning zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
368-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 8-son, 412-modda)