10.08.2007 yildagi 366-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qoʻshma majlisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida 2006-yil 24-fevraldagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” nomli maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 25-fevraldagi 149-I-sonli Qarorining 3-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 4-apreldagi 164-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Harakat dasturining 8.5-bandini ijro etishga qaratilgan faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi hisobot davrida Qoʻmita tomonidan tashqi siyosat va tashqi iqtisodiyot sohalarining qonunchilik bazasini takomillashtirish, mamlakatimizning bu boradagi amaldagi qonunlari ijro etilishini monitoring qilib borish va yuqori palataning parlamentlararo aloqalarini rivojlantirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shu davr mobaynida Qoʻmita tomonidan 24 ta qonun koʻrib chiqildi, Oliy Majlis Senatining Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi favqulodda va muxtor elchilarini tayinlash toʻgʻrisidagi oʻn bitta qarori loyihasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi favqulodda va muxtor elchilarini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisidagi toʻqqizta qarori loyihasi tayyorlandi. Nazorat qilish sohasidagi vakolatlarni amalga oshirish doirasida BMTning Oʻzbekiston qoʻshilgan xalqaro konvensiyalaridan uchtasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlaridan ikkitasining ijro etilishi joylarga borib tahlil qilindi. Koʻrib chiqilayotgan masalalarni chuqur va malakali tarzda tayyorlash maqsadida Qoʻmita huzurida vazirliklar va idoralarning yetakchi ekspertlari, olimlar va xalqaro masalalar bilan shugʻullanuvchi mutaxassislardan iborat ekspert guruhi tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish doirasida turli darajadagi 42 ta chet el delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi. Qoʻmita Senat parlament delegatsiyalarining Rossiya Federatsiyasi, XXR, Fransiya va boshqa mamlakatlarga tashriflarini tashkil etishda faol qatnashdi. Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati Parlamentlararo Assambleyasi ishida mamlakatimiz delegatsiyasining ishtirok etishi bilan bogʻliq masalalarni hal etish Qoʻmita faoliyatida muhim oʻrin egalladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga hisobot davrida Qoʻmita faoliyatida muayyan kamchilik va nuqsonlar ham boʻldi. Chunonchi, qabul qilingan qarorlarning ayniqsa ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlash ishi yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Qoʻmita aʼzolari faoliyatning parlament soʻrovi singari shaklidan yetarlicha foydalanmayaptilar. Bundan tashqari ular qonunlarni amaliyotga tatbiq etish hamda ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish masalalarini chuqurroq oʻrganishga koʻproq eʼtibor qaratishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi faoliyat toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor manfaatlaridan kelib chiqib, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasini kengaytirishga qaratilgan qonunlarni ishlab chiqish tizimi yanada takomillashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar hamda qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda muntazam ravishda va izchil monitoring olib borilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston qoʻshilgan xalqaro konvensiyalarning qoidalari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, xalqaro shartnomalar va konvensiyalarning qoidalari milliy qonun hujjatlariga singdirilishini huquqiy va tashkiliy jihatdan taʼminlash ishlarini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati Parlamentlararo Assambleyasi ishida ishtirok etishi doirasida kelib tushayotgan hujjatlarni koʻrib chiqish, tahliliy ishlab chiqish va ular yuzasidan ekspert xulosalarini tayyorlashning huquqiy hamda taomil tizimi shakllantirilishi va takomillashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tahliliy salohiyatini kuchaytirish hamda uning davlat qurilishi va boshqaruv, Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish hamda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish masalalaridagi rolini oshirish maqsadida Senat huzurida ekspert-tahliliy markaz tashkil etish masalasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki taraflama va koʻp taraflama parlamentlararo aloqalarni yanada kengaytirish hamda chuqurlashtirish ishlarini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalardagi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda Qoʻmita aʼzolarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari bilan hamkorligi mexanizmining taʼsirchanligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilinayotgan qonunlarni aholi oʻrtasida targʻib qilish va mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish masalalarida, shuningdek “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirishda joylarda ishlayotgan Qoʻmita aʼzolarining faolligini kuchaytirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining raisi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
366-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 8-son, 410-modda)