Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.11.2022 03.07.1992 yildagi 661-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.11.2022
Hujjat 01.08.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GUVOHLAR, JABRLANUVChILAR, EKSPERTLAR, MUTAXASSISLAR, TARJIMONLAR VA XOLISLARNING QILGAN XARAJATLARINI TOʻLASh TARTIBI VA MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga chaqiriladigan guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga oʻz turar joyidan shu chaqirilgan erga kelish va bu erdan qaytib ketish xarajatlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlariga xizmat safariga borish va qaytish xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislar oʻzlarining doimiy yashash joylaridan tashqaridagi surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga chaqirilganda va ular shu chaqirilgan joyda bir sutkadan ortiq turishlari lozim boʻlganda, ularga turar joy binosini ijaraga olganlik uchun qilingan xarajatlar va sutkalik xarajatlar, shuningdek xizmat safari bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash uchun belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ekspertlar, mutaxassislar bajargan ish soatiga besh soʻmdan oʻn soʻmgacha miqdorda haq toʻlanadi. Alohida hollarda, ekspertizaga malakali mutaxassislar jalb qilingan taqdirda, ekspertiza uchun toʻlanadigan haqning miqdori ekspert va mutaxassisning oʻzi bilan kelishib turib yuqorida koʻrsatilgan normadan oshiqcha belgilanishi mumkin, lekin bu miqdor soatiga oʻn besh soʻmdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tarjimonlar yozma tarjimaga har 1000 bosma (qoʻlyozma) belgi uchun oʻn soʻm miqdorda haq oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlislarida yoki surishtiruv organlari va dastlabki tergov organlari oʻtkazadigan soʻroqlarda tarjimon sifatida qatnashganlik uchun tarjimonlar soatiga uch soʻmdan haq oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar bajargan ishlari uchun surishtiruv yoki dastlabki tergov organlarining qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan haq oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu haqning miqdori ekspert, mutaxassis yoki tarjimonni chaqirgan idora tomonidan ularning malakasi va ishning murakkabligi, shuningdek bajarilgan ish uchun sarflangan vaqtni hisobga olib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qonunda koʻrsatilgan barcha pullar chaqiruvchi organ tomonidan: jinoiy ishlar boʻyicha — smeta boʻyicha maxsus ajratiladigan mablagʻlar hisobidan, fuqarolik ishlari boʻyicha esa — taraflar beradigan pullar hisobidan toʻlanadi, taraflar ish yuzasidan qilinadigan xarajatlarni toʻlashdan ozod etilgan hollar bundan mustasnodir. Bunday hollarda pullar smeta boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 86-moddasiga muvofiq guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanadigan mablagʻlar jinoiy ishlar boʻyicha sud xarajatlariga qoʻshiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan undirib olingan sud xarajatlari respublika budjetiga tushadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga haq ularni chaqirgan organ tomonidan bu shaxslar oʻz vazifalarini bajarib boʻlganlaridan keyin, tegishli pullar ish yuzasidan qilingan xarajatlar tarzida yoki hukm etilganlardan sud xarajatlari tarzida tashqaridan olingan va undirib olingan yoki olinmaganligidan qatʼi nazar darhol toʻlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislar sifatida chaqiriladigan harbiy xizmatchilarning xarajatlarini (yoʻlkira haqi, sutkalik haq va kvartira haqi) sud harbiy qismlarning talabiga binoan va harbiy xizmatchilarning pul taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan normalar boʻyicha toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Qonun xizmat topshirigʻi sifatida oʻz vazifalarini bajaradigan ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
661-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 359-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)