31.07.2009 yildagi 654-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 27-fevralda qabul qilingan 601-I-sonli Qarorining bajarilishi jarayoni haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2009-yil 27-fevraldagi Qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining yakunlarini sessiyalarda tanqidiy tahlil qilib chiqish, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar ishida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga hamda moddiy bazasini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar bajarilishini taʼminlash, shuningdek yangi saylangan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlarining qoidalarini oʻrganish, yigʻin raislari va ularning maslahatchilari faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan seminar-treninglar oʻtkazish tavsiya etilgan edi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinlari raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining 2009-yilning oʻtgan birinchi yarmidagi ish yakunlari tahlili shundan dalolat beradiki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tadbirlar rejalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 27-fevralda qabul qilingan 601-I-sonli Qarorini bajarish yuzasidan bir qator aniq chora-tadbirlarni amalga oshirganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinlari raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish hamda faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlari qoidalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari raislari tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq amaliy seminarlar oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, kichik korxonalar tashkil etish, tomorqalardan oqilona va samarali foydalanish, hududlarni obodonlashtirish masalalari koʻrib borildi. Shuningdek oqsoqollarning hisobotlari muhokama qilindi, mavjud kamchiliklarning sabablari ochib tashlandi va ularni bartaraf etish hamda mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, koʻrsatib oʻtilgan ijobiy natijalarga qaramay, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining faoliyatida hal qilinmagan masalalar hamda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) ishi samaradorligini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish borasida tashkiliy xususiyatdagi muammolar hali ham mavjud. Oʻrtaga qoʻyilgan vazifalarni hal qilishda eskicha yondashuvlar saqlanib qolmoqda, fuqarolar yigʻinlarini binolar, tashkiliy texnika, telefonlar va boshqa aloqa vositalari bilan taʼminlash yuzasidan yetarlicha ish olib borilmayotir, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni tashkil etish yuzasidan aniq choralar koʻrilmayotir. Bundan tashqari, ayrim tuman va shahar komissiyalari, ishchi guruhlari va hokimlari fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarni yetarlicha oʻrganmaganlar, bu hol bir qator tuman hamda shaharlarda yangi saylovlar oʻtkazish zaruratini keltirib chiqardi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, butun mamlakat boʻyicha qisqa vaqt mobaynida 550 ta fuqarolar yigʻinida (yoki ular umumiy sonining 5,4 foizida) yangi saylov oʻtkazilgan boʻlsa, Andijon viloyatida 91 ta fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida (viloyatdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari umumiy sonining 9,5 foizida), Namangan va Navoiy viloyatlarida tegishincha 74 ta va 28 ta fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida (ushbu viloyatlardagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari umumiy sonining tegishincha 8,5 va 8,3 foizida) yangidan saylov oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni taʼkidlash kerakki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini rivojlantirishga yordam koʻrsatish borasidagi imkoniyatlaridan hozirga qadar toʻla-toʻkis foydalanilmayotir. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi majlislarida, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar rejalarining ijro etilishi natijalari muntazam ravishda tanqidiy muhokama qilinmayotir, fuqarolar yigʻinlari ishining tahlili toʻliq mavjud emas va tegishli hududlardagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining obodonlashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy-iqtisodiy hamda uy-joy-kommunal masalalar va boshqa masalalar boʻyicha hisobotlari muntazam ravishda tinglanmayotir. Qabul qilingan qonun hujjatlarini bajarish hamda ularning ijro etilishini umumlashtirish ustidan izchil nazorat va tahlil yoʻq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qabul qilingan qarorlarning ijrosini doimiy ravishda va izchillik asosida nazorat hamda tahlil qilib bormayotirlar va muammoli hamda kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni mahallalarga borib hal etish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrmayotirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baʼzi viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining (jumladan xalq deputatlari Jizzax va Qashqadaryo viloyat Kengashlarining, Sirdaryo viloyatidagi xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining, Namangan viloyatidagi xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining, Andijon viloyatidagi xalq deputatlari Ulugʻnor tuman Kengashining) tadbirlar rejalarida aksariyat hollarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq choralar belgilanmagan, rejalarda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar yigʻinlarining huquqiy va moddiy negizlarini mustahkamlash masalalari yetarlicha oʻz aksini topmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinlari raislarining (oqsoqollarining) ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy savodxonligi, shuningdek masʼullik darajasi pastligicha qolmoqda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini idora qilish sohasida mavjud kadrlar tayyorlash tizimi modernizatsiyalashga hamda uslubiy yordamga muhtoj. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatidagi ijobiy tajribani umumlashtirish hamda keng yoyish ishi yaxshi tashkil etilmagan. Fuqarolar yigʻinlari raislarini (oqsoqollarini) lavozimidan chetlatish haqida qabul qilinayotgan qarorlarning asosliligi ustidan nazoratni kuchaytirish talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi M. Rajabovaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 27-fevralda qabul qilingan 601-I-sonli Qarorining bajarilishi jarayoni haqidagi axborotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi M. Rajabovaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 27-fevralda qabul qilingan 601-I-sonli Qarorining bajarilishi jarayoni haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga quyidagilar tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 27-fevralda qabul qilingan 601-I-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni soʻzsiz bajarish yuzasidan olib borilayotgan ishlarning ahvolini tanqidiy koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda oʻqitish, kadrlarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish tizimini ishlab chiqish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylangan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari oʻqitilishini, shu jumladan muntazam seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish tashkil etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari malakasini oshirish jarayoniga vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislarini, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining vakillarini, olimlarni, oliy oʻquv yurtlarining oʻqituvchilarini, jamoatchilik vakillarini va boshqalarni keng jalb etish borasida faol ish olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish va samarali ravishda tajriba, axborot hamda innovatsion gʻoyalar almashishni tashkil etish uchun zarur choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻshab qolgan oʻrinlarga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari yangi saylovi “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasida nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlariga hamda “Mahalla” respublika xayriya jamgʻarmasiga fuqarolar yigʻinlari raislarining (oqsoqollarining) siyosiy va huquqiy madaniyatini, shuningdek fuqarolar yigʻinlarining rahbarlari vazifalarini bajarish uchun zarur kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida mamlakatimiz qonun hujjatlarini (shu jumladan, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat dasturini, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda oʻtkazilgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan asosiy vazifalarni) ijro etishning holatini tahlil qilish natijalarini muhokama qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining aʼzolarini, olimlarni, moliya, soliq va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar vakillarini jalb qilgan holda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) ishtirokida vaqti-vaqti bilan seminar-treninglar oʻtkazib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash borasida, shu jumladan Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturiga kiritilgan vazifalarni joylarda oʻz vaqtida bajarish borasida davlat tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatni kuchaytirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimlar, pedagoglar va boshqa mutaxassislarni jalb etgan holda joylarda fuqarolar yigʻinlari xodimlarining ham, aholining ham huquqiy bilimlarini oshirish choralarini koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba, axborot va innovatsion gʻoyalarni almashish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasida bevosita aloqalarni yoʻlga qoʻyishni amaliyotga joriy etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni obodonlashtirish masalalariga, kam taʼminlangan oilalarga yordam berishda, moliyaviy mablagʻlarni sarflashda hamda boshqa masalalarni hal qilishda ijtimoiy adolat va oshkoralik prinsiplariga rioya etilishiga alohida eʼtibor bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining, fuqarolar yigʻinlari komissiyalari raislarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish choralarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga 2009-yil 1-dekabrgacha axborot taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F.F. Muhitdinova zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 31-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
654-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 7-son, 265-modda)