30.11.2006 yildagi 256-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjetini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mamlakatni rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlariga va soliq-budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiq ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti uning taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet va soliq islohotlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini modernizatsiyalash jarayonlarini kengaytirish va mamlakat mintaqalarini yanada rivojlantirish orqali makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni, kutilayotgan iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlasin, inflyatsiya jarayonlarining qattiq va samarali nazorat qilinishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sektor va kichik biznesning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi salmogʻini sezilarli darajada oshirishni, biznes uchun qulay muhit yaratishni, soliq yukini kamaytirishni, soliq hamda moliya boshqaruvini yanada takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni izchil va tizimli amalga oshirishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot, ish va xizmatlar eksportining ragʻbatlantirilishiga, investitsiyalardan, tabiiy, yer-suv va moddiy xom ashyo resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotning ustuvor va tayanch tarmoqlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda ishlab chiqarish hajmlarining barqarorligini hamda oʻsishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tarkibiy-investitsiya va moliyaviy siyosatni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barqaror iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish va xalq farovonligini taʼminlashga qarata qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirishga alohida eʼtibor bergan holda budjet mablagʻlarining taʼlimni, tibbiy xizmatlar koʻrsatishni va boshqa ijtimoiy hamda bozor infratuzilmalarini rivojlantirishdagi, shu jumladan hududlarda budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlashdagi ijtimoiy yoʻnaltirilganligini yanada kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimi joriy qilinishini va takomillashtirilishini, budjet mablagʻlaridan samarali hamda belgilangan maqsadlarda foydalanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatishga, shuningdek budjet mablagʻlarini har tomonlama tejashga qaratilgan tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish ishlarini davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti taqchilligini respublika budjetining boʻsh, zaruriy aylanma-kassa mablagʻlari hajmidan ortiqcha qoldiqlari, shuningdek boshqa noinflyatsiyaviy manbalar hisobidan moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari budjet daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlasinlar, mintaqalarning soliq bazasini kengaytirish va maqbullashtirish, moliyaviy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar, budjet mablagʻlaridan qonuniy va belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan samarali va taʼsirchan nazorat oʻrnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 11-son, 618-modda)