Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Balogʻat yoshiga yetmaganlarni ular doimiy yashaydigan davlatlarga qaytarish masalalarida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida qatnashuvchi davlatlarning hamkorlik qilishi toʻgʻrisida 2002-yil 7-oktabrdagi Bitimga MDH hukumat rahbarlari Kengashining 2015-yil 30-oktabr kuni Dushanbe shahrida oʻtkazilgan majlisida imzolangan Ijro etish protokoli tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarini bajarganligi toʻgʻrisida va uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ haqida depozitariyga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda taʼminlasin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-aprel,
PQ-2518-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 187-modda)