Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2011-2]
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini takomillashtirish va yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini optimallashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 4-sentabrdagi 39/QQ va 27/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2011, 2009-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 443-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2016-yil 2-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-may,
42/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-may,
11/QQ-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 2-maydagi, 42/QQ, 11/QQ-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlari oʻquv rejadagi Oʻzbekiston tarixi fani, kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar, malakaviy ish himoyasi yoki uning oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha imtihonlardan iborat.
Bunda malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlarini topshirishga tavsiya etiladigan kasblar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan tasarrufida kasb-hunar kollejlari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlarini topshirishni tanlash huquqiga ega.”.
2. 10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Markaz” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Oʻquv rejasida nazarda tutilgan fanlardan yakuniy baholarining kamida 86 foizi “aʼlo” va qolgan fanlardan “yaxshi” boʻlgan, yakuniy attestatsiya sinovlaridan “aʼlo” baholar olgan, namunali xulqqa ega boʻlgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga imtiyozli diplom beriladi.”.
4. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Akademik litsey oʻquvchilari uchun Oʻzbekiston tarixi fanidan davlat imtihonlari test sinovlari shaklida mazkur bobning 3-paragrafi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
5. 3-paragrafning nomidagi va 36-banddagi “gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar majmualari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 40-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar majmualari boʻyicha test sinovlari topshiriqlari fan dasturlari doirasida tuziladi. Test sinovlari topshiriqlari namunalari kamida bir oy oldin oʻquvchilarning eʼtiboriga yetkazilishi lozim.”.
7. 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Test sinovlari topshiriqlari jami 72 ta savoldan iborat boʻladi. Topshiriqlarni bajarish uchun 2 astronomik soat, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish uchun qoʻshimcha 10 daqiqa vaqt beriladi.”.
8. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish amaliyotlari tugagandan hamda Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha davlat imtihoni topshirilganidan soʻng malakaviy ish himoyasidan yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlaridan oldin oʻtkaziladi.
Oʻquv rejasiga muvofiq yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga ajratilgan ikki haftaning birinchi haftasida Oʻzbekiston tarixi fani va kasblar boʻyicha amaliy imtihon, ikkinchi haftasida malakaviy ish himoyasi yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlari rejalashtiriladi.
Kasblar boʻyicha amaliy imtihon bilan malakaviy ish himoyasi yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlari oraligʻida oʻquvchining tayyorgarlik koʻrishi uchun kamida uch kun vaqt ajratilishi lozim.”.
9. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2016-yil 27-aprel
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
2016-yil 29-aprel
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2016-yil 27-aprel
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2016-yil 28-aprel
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2016-yil 28-aprel
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2016-yil 29-aprel
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A. RAMATOV
2016-yil 28-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 209-modda)