03.12.2010 yildagi 117-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjetini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda Davlat budjeti parametrlari qabul qilinsin, shuningdek Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlashga, aholining real daromadlari va turmush farovonligini oshirishga hamda inflyatsiya darajasini maqsadli prognoz koʻrsatkichlar doirasida saqlashga qaratilgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni va iqtisodiyotni erkinlashtirishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida, iqtisodiyot zimmasiga tushayotgan soliq yukini kamaytirish va soliq maʼmuriyatchiligi tizimini yanada soddalashtirish, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini koʻpaytirish, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining barqarorligini taʼminlash, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi oʻzgartishlarni barcha soliq toʻlovchilarga yetkazish va keng tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi turmush farovonligini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan davlat xarajatlarining, shu jumladan taʼlimni rivojlantirishga, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qilinadigan xarajatlarning ustuvorligini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy taʼsirining oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha mamlakatda qabul qilingan, iqtisodiy oʻsishning uzoq muddatli barqaror surʼatlariga hamda iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishiga erishishni nazarda tutadigan Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida investitsiya va innovatsiya jarayonlarini ragʻbatlantirish orqali iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirishga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgartirishlar hamda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek mamlakatni modernizatsiya qilish, bandlikni taʼminlash va aholi turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmat koʻrsatish sohasini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008 — 2012-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturini amalga oshirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlarning dotatsiyaga bogʻliqligini kamaytirish, budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar maqsadli va manzilli ishlatilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash, budjetdan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi moliyalashtirishning normativ usullarini joriy etishni kengaytirish hisobiga xarajatlarni maqbullashtirish maqsadida Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini takomillashtirish boʻyicha ishlarni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti taqchilligini 2011-yil 1-yanvar holatiga koʻra respublika budjetining zaruriy aylanma kassa naqd mablagʻlari hajmidan ortiqcha erkin qoldiqlari va boshqa noinflyatsiyaviy manbalar hisobidan moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan parametrlari bajarilishini taʼminlasin, mintaqalarning soliq bazasini kengaytirish va iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrsin, budjet mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan qattiq va taʼsirchan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 3-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 497-modda)