26.08.2008 yildagi 858-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 26.08.2008 yildagi 858-I-son
Kuchga kirish sanasi
26.08.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlab oʻtilsinki, 2008-yil birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 257,6 mlrd soʻm miqdorda ortiq boʻldi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,9 foiz miqdorda profitsit bilan ijro etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bozor islohotlari va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari yanada chuqurlashtirilishini, soliq tushumlari mexanizmi takomillashtirilishini, qatʼiy pul-kredit siyosati oʻtkazilishini, shuningdek budjet xarajatlarining samaradorligi va maqbulligi oshirilishini, ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar hamda aholiga boshqa ijtimoiy toʻlovlar toʻlash uchun budjet xarajatlari toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirilishini, “Yoshlar yili” Davlat dasturini roʻyobga chiqarish yuzasidan tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eʼtibori budjet daromadlari koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishi zarurligiga, Davlat budjetining gʻazna ijrosi taʼminlanishiga, mintaqalarning soliq bazasini va moliyaviy salohiyatini kengaytirish yuzasidan amaliy choralar koʻrilishi hamda shu asosda mahalliy budjetlarning xarajatlari moliyalashtirilishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
858-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 427-modda)