03.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2781
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi, 03.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2781
Kuchga kirish sanasi
10.05.2016
Hujjat 10.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining metodik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2781]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining metodik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2016-yil 31-martdagi 3-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi metodik kengashi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim muassasasi (bundan buyon matnda umumtaʼlim muassasasi deb yuritiladi) metodik kengashining maqsadi, asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Metodik kengash umumtaʼlim muassasasining taʼlim, metodik va innovatsion faoliyatini taʼminlash yuzasidan metodik xizmatni amalga oshiradigan jamoaviy organ hisoblanadi. Metodik kengashning faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari barcha umumtaʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Metodik kengash pedagogik jamoaning innovatsiya, tajriba-sinov, taʼlim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirishda uslubiy birlashmalarning ishini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Metodik kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek umumtaʼlim muassasasining ustaviga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Metodik kengashning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Metodik kengashning maqsadi umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilarining malakasini oshirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, kasbiy mahoratini oʻstirish hamda metodik ishlarga tez moslashuvchanligini taʼminlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Metodik kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasasida taʼlim-tarbiya sifatini oshirish uchun zarur boʻlgan metodik faoliyatni muvofiqlashtirish, pedagog xodimlarning faoliyati samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasasining oʻquv dasturi, oʻquv rejasi va uning rivojlantirish dasturlarini birlamchi ekspertizadan oʻtkazish hamda tasdiqlash uchun umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashiga tavsiya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, taʼlim metodlari, shakli va vositalarini izlab topishga koʻmaklashish, dars jarayonida qoʻllashga sharoit yaratish, ilgʻor ish tajribalarini ommalashtirish va taʼlim jarayonida yutuqlarga erishayotgan pedagogik xodimlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar bilimi, koʻnikma va malakalarining davlat taʼlim standartiga mosligini oʻrganish, tahlil qilish, monitoring qilish va natijalariga koʻra aniqlangan boʻshliqlarni toʻldirish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yili yakunida oʻquvchilarni keyingi sinfga koʻchirish yoki sinfda qoldirish masalasini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarning oxirgi uch yildagi ish natijalarini tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berish, pedagog xodimlar va uslubiy birlashma rahbarlariga metodik ishlarni samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalarni belgilab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimning innovatsion faoliyatini tashkil qilish, ularning ijodiy izlanishlari uchun seminarlar, trening mashgʻulotlari, pedagogik texnologiyalar boʻyicha taqdimotlar hamda ochiq darslar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasasi pedagog xodimlarining malaka oshirishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarning malaka oshirish kursidan keyingi faoliyatlarini tahlil qilish, ularning malaka oshirish kursi davomida olgan bilimlari asosida oʻquv seminarlar tashkil etish, ularning ish rejasi asosida ijodiy hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanlar boʻyicha sinfdan tashqari (fakultativ, toʻgarak) ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan olimpiadalari va tanlovlarning maktab bosqichlarini oʻtkazish hamda ularning samarali tashkil etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik jamoaning taʼlim-tarbiya jarayonini rivojlantirishga va amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltirilgan tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot, innovatsion, ijodiy faoliyatiga oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ularni ragʻbatlantirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik xodimlarni ilmiy, metodik, didaktik materiallar, oʻquv dasturlari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida dars oʻtishning yangi metodlarini sinovdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasida tajriba almashish maqsadida boshqa taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uslubiy birlashmalar hisobotini eshitish, muhokama qilish va ular faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim mazmunini rivojlantirishga oid masalalarni hal qilish, innovatsion dasturlar tuzish, diagnostik tahlil oʻtkazish, yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish uchun vaqtinchalik ijodiy guruhlar faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv-metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallarni muhokamadan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Metodik kengashning tarkibi va uning faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Metodik kengash tarkibi umumtaʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Metodik kengash umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashiga boʻysunadi va oʻz faoliyatini pedagogik kengash qarorlarini bajarishga yoʻnaltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Metodik kengash aʼzoligiga umumtaʼlim muassasasi direktorining oʻrinbosarlari, uslubiy birlashmalar rahbarlari, oliy, birinchi va ikkinchi toifali oʻqituvchilar kiritiladi. Metodik kengash umumtaʼlim muassasasi pedagog xodimlari soni va oʻquvchilar kontingentidan kelib chiqib 5 — 15 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Metodik kengash raisi umumtaʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari hisoblanadi. Metodik kengash kotibi oʻqituvchilar orasidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Metodik kengashning faoliyati umumtaʼlim muassasasi direktori tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Metodik kengash faoliyati yillik ish reja asosida tashkil etiladi. Ish reja metodik kengash yigʻilishida koʻrib chiqiladi va umumtaʼlim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga asosan umumtaʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Metodik kengash yigʻilishi har chorakda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Metodik kengash bayonnomasi kengash kotibi tomonidan yuritiladi. Bayonnoma metodik kengash raisi, kengash aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomalarning raqami, sanasi va yigʻilishda koʻrilgan masalalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar metodik kengash bayonnomalarini qayd etish daftariga yozib boriladi. Bayonnomalarni qayd etish daftari raqamlanadi, ip oʻtkazib tikiladi hamda umumtaʼlim muassasasi direktori tomonidan imzolanib muhrlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Metodik kengashda oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy, xoʻjalik va boshqa yoʻnalishlarga oid masalalar muhokama qilingan taqdirda, mazkur yoʻnalish uchun masʼul boʻlgan shaxs muhokama jarayoniga jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Metodik kengashning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Metodik kengash quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasasining oʻquv jarayonini takomillashtirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarning ilgʻor ish tajribalarini ommalashtirish va amaliyotga joriy etishga oid masalalarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yili yakunida oʻquvchilarni keyingi sinfga koʻchirish yoki sinfda qoldirish masalalari boʻyicha maktab pedagogika kengashiga tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasasi rahbariyatiga oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-metodik va tajriba-sinov ishlarida faol ishtirok etgan pedagog xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida taklif kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimning malaka toifasini oshirish boʻyicha taklif berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarga malaka oshirish shakllari boʻyicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan olimpiadalari, tanlovlar va turli musobaqalarda qatnashish uchun oʻqituvchilar va oʻquvchilar nomzodini tavsiya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasasi faoliyatiga oid ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazish, uning natijalaridan kelib chiqib oʻquv jarayonini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Metodik kengash quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda faoliyati yuzasidan umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashiga hisobot topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash va pedagogik kengashga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv rejasini ishlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha pedagogik izlanishlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli oʻquvchilar bilan alohida reja asosida ishlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarga umumiy oʻrta taʼlimga oid normativ-huquqiy va metodik hujjatlar yuzasidan tushuntirish va koʻrsatmalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Metodik kengash hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Metodik kengashda uning faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasasi direktorining metodik kengash toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metodik kengashning tasdiqlangan ish rejasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasasining pedagog xodimlari va ularning metodik ishlari haqida maʼlumotlar yigʻmajildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlar tomonidan tashkil etiladigan ochiq dars mashgʻulotlari va tarbiyaviy soatlar jadvallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalarni oʻtkazish reja-jadvali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uslubiy birlashmalarning hisobotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilish bayonnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metodik kengashda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Metodik kengash hujjatlarining saqlanishiga metodik kengash raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Metodik kengash hujjatlari kengashda uch yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 205-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 10/21/2781-1/1202-son)