Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.08.2002 yildagi 284-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 07.08.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVRIY MATBUOTNI TARQATUVCHI KORXONALARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 13-APRELDAGI 143-SON QARORIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davriy matbuotni maxsus avtotransport bilan tashish tashkil etilishi munosabati bilan, uni aholiga oʻz vaqtida yetkazish va tashishni tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davriy matbuotni tarqatuvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 13-apreldagi 143-son qarorining 2-bandidagi “aviatsiya va temir yoʻlda” soʻzlari “aviatsiya, temir yoʻlda va maxsus avtotransportda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2002-yilda davriy matbuotni maxsus avtotransportda tashish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini qoplash xarajatlari Davlat budjetidan “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar limitini koʻpaytirmasdan Davlat budjetining 2002-yilga tasdiqlangan koʻrsatkichlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
284-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 121-modda)