21.05.2008 yildagi 793-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 21.05.2008 yildagi 793-I-son
Kuchga kirish sanasi
21.05.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2005 – 2007-yillardagi ishi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi ishi toʻgʻrisidagi hisobotni eshitib va muhokama qilib, Qonunchilik palatasi shuni taʼkidlaydiki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ilgari surgan jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish konsepsiyasini amalga oshirish maqsadida deputatlar tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan qonunchilik faoliyati dasturiga muvofiq olib borildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar soha qonunchilik bazasini takomillashtirish hamda bu sohaga doir qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish borasida hisobot davrida Qoʻmita tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Qoʻmita tomonidan Qonunchilik palatasi muhokamasiga 7 ta qonun loyihasi (bundan 4 tasi palataning boshqa qoʻmitalari bilan birgalikda) kiritildi, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi 11 ta qonunining ijrosi koʻrib chiqildi, 17 ta tadbir (konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari) oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari oʻz qonunchilik tashabbusi huquqlarini roʻyobga chiqara borib, 4 ta qonun loyihasini tayyorladilar va Vazirlar Mahkamasiga topshirdilar. Ulardan biri — “Veterinariya toʻgʻrisida”gi va “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Qoʻmita ishi parlament ishining hozirgi bosqichdagi oʻsib borayotgan talablariga toʻla javob beradi, deb boʻlmaydi. Qoʻmita qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarning borishini taʼminlaydigan qonunlarni takomillashtirish borasida boshqa qonunchilik tashabbusi subyektlari bilan ishlashda zarur qatʼiyat koʻrsatmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va tabiatdan foydalanish masalalariga doir qonunchilik bazasini tahlil qilishda izchillik yoʻq. “Radiatsiya xavfsizligi toʻgʻrisida”gi, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi, “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi va boshqa shu kabi qonunlar ijrosi Qoʻmita tomonidan oʻrganilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunlar ijrosini nazorat qilish chogʻida joylarda qonunning u yoki bu normalariga rioya etilishiga toʻsqinlik qilayotgan sabablar chuqur oʻrganib borilmagan. Qonunlar monitoringi natijalari yuzasidan sayyor majlislar oʻtkazish amaliyoti qoʻllanilmagan. Qoʻmitaning oʻz qarorlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishning samarasi yetarlicha emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat faoliyatining parlament soʻrovi, qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirish, shuningdek ekologiyaning eng dolzarb masalalari boʻyicha Qoʻmitada idoralar rahbarlarini eshitib borish kabi shakllaridan toʻliq darajada foydalanilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi ishi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatini Qoʻmita faoliyatidagi koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etishga va kelgusida ularning oldini olishga qaratsin. Shu maqsadda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik tashabbusi subyektlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish samaradorligini oshirish hamda qonun loyihalarini oʻz vaqtida tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning 2008-yilning II yarim yilligi va 2009-yil uchun ish rejasini ekologiya, tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunlarni oʻrganishga hamda nazorat-tahlil faoliyati natijalari boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyoti mexanizmlarini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratgan holda qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligidagi islohotlarni taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir tadbirlarni tayyorlash va takliflar ishlab chiqish chogʻida olimlar va mutaxassislarni kengroq jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita huzuridagi ekspert guruhining tarkibini qayta koʻrib chiqsin va uning ishini yaxshilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayyor majlislar oʻtkazish amaliyotini qoʻllasin, qabul qilinayotgan qonunlarning ahamiyati va mohiyatini aholi oʻrtasida targʻib qilish hamda tushuntirish, ularni markazda ham, joylarda ham ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni tashkil etish ishlarini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar yili” Davlat dasturini amalga oshirish masalalarida Qoʻmita aʼzolarining faol ishtirok etishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 2008-yil yakunlari boʻyicha mazkur qarorning ijrosi toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari A.X. Shodmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
793-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 244-modda)