Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. 29-may 2015-yil Burabay shaharchasida (Qozogʻiston Respublikasi) MDH hukumat rahbarlarining Kengashi majlisida imzolangan Oʻlchov vositalarining turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, tekshirish va kalibrlash maqsadidagi sinovlar natijalarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi Bitim quyidagi izoh bilan tasdiqlansin:
“10-moddaning ikkinchi xatboshisi bundan mustasno”
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-aprel,
PQ-2514-son