11.02.2008 yildagi 723-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 11.02.2008 yildagi 723-I-son
Kuchga kirish sanasi
11.02.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi 2007-yilda mamlakatimizda erishilgan yutuqlar chuqur va batafsil tahlil qilingan, 2008-yilda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy vazifalari va ustuvorliklari belgilab berilgan “Inson manfaatlari ustuvorligini taʼminlash — barcha islohot va oʻzgarishlarimizning bosh maqsadidir” deb nomlangan maʼruzasini muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Taʼkidlansinki, 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari Oʻzbekiston tanlagan ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish yoʻli Oʻzbekiston xalqining hozirgi va kelgusi avlodlari uchun ulkan imkoniyatlar va istiqbollar ochganligidan ishonchli dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida belgilab berilgan xulosalar, maqsadlar va vazifalardan kelib chiqib qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini keng muhokama etsinlar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzasini hisobga olgan holda qoʻmitalar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari saylovchilar bilan uchrashuvlarda mamlakatimizda erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarning mohiyati, mazmuni va ahamiyatini, mamlakatimizda oʻtkazilayotgan yirik miqyosli islohotlarning hozirgi bosqichida jamiyatimiz oldida turgan vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yaqin hamkorlikda, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining raislari (oqsoqollari) va faollari, olimlar, taʼlim, fan, madaniyat va sanʼat xodimlari ishtirokida keng tushuntirsinlar. Bu ishda ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan samarali foydalansinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2008 — 2009-yillarga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari dasturini ishlab chiqish boʻyicha guruh (A. Shodmonov) Dastur ustida ish olib borishda mamlakatni 2007-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini hamda 2008-yilda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning davlatimiz boshligʻi tomonidan taʼriflab berilgan eng muhim ustuvorliklarini inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va mustahkamlash, xalqimiz erishgan yutuqlarni saylovchilar eʼtiboriga yetkazishga doir ishlarni kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
723-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 2-son, 112-modda)