Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-son Farmonining 9-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida olingan Jamgʻarma daromadlari soliqlarga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlovlariga tortilmaydi”.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-mart,
PF-4786-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 116-modda; 2017-y., 26-son, 575-modda)