O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QURBON HAYITNI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitni dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” 1991-yil 20-iyundagi 221-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-martga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi murojaatini e’tiborga olib, 2001-yil 6-mart dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idoralar va jamoat tashkilotlari Qurbon hayiti bayramini joylarda munosib tarzda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 23-fevral,
92-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 3-4-son, 15-modda)