14.12.2000 yildagi 166-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.12.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalariga daxldor qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasining asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tenglik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshkoralik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamma uchun ochiqlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin fikr bildirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilari boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga ushbu Qonunga muvofiq jalb etilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolar quyidagi huquqlarga egadirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida erkin ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga, ommaviy axborot vositalariga takliflar va mulohazalar kiritish;
(5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uchun deputatlar bilan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etuvchi fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihalari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari qonun loyihalari umumxalq muhokamasining borishini yoritadilar, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalarini eʼlon qilib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOB. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASIDA FUQAROLARNING ISHTIROK ETISH HUQUQLARI KAFOLATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolar ishtirok etishining ixtiyoriyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolarning ishtirok etishi ixtiyoriydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishga majburlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishda fuqarolarning teng huquqliligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishda fuqarolar teng huquqqa egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etish huquqlarini cheklash taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazishda oshkoralik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi oshkora oʻtadi va ommaviy tusga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasining hamma uchun ochiqligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uning hamma ishtirokchilari uchun ochiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishga hech kim monelik qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolarning erkin fikr bildirish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolar qonun loyihalari boʻyicha oʻz fikrini erkin bildirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida hech kim qonun loyihalari yuzasidan oʻz fikrini bildirishga majbur qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOB. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASINI TASHKIL ETISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qoʻyish tashabbusi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qoʻyish tashabbusi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan organlar va shaxslarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga tegishlidir.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini tayinlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki uning Kengashi qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida tushadigan taklif va mulohazalarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etish muddati va tartibini belgilaydi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasi uchun eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi uchun “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida, ularni umumxalq muhokamasiga qoʻyish haqida qaror qabul qilinganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay eʼlon etiladi. Ular maxsus nashrlarda, boshqa ommaviy axborot vositalarida ham chop qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish boʻyicha vakolatlari
(15-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari:
(15-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalari yuzasidan tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib boradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tushayotgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradilar, oʻrganib chiqadilar va tahlil etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif va mulohazalarni oʻrganib chiqish va tahlil etishga ekspertlar, mutaxassislar va olimlarni jalb qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi boʻyicha seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari uyushtiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda qonun loyihalarini maromiga yetkazadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari saylov okruglarida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etadilar.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalari umumxalq muhokamasining borishi va yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida tarqatish yoʻllari bilan zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Qonun loyihalarini muhokama qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihalari davlat organlarining majlislarida, fuqarolar yigʻinlarida, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarida, harbiy xizmatchilarning yigʻilishlarida, ommaviy axborot vositalari orqali muhokama qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari yakka tartibda yoki jamoa tarzida, ogʻzaki yoki yozma shaklda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarda fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning turar joyi, tegishli organning, tashkilotning nomi va pochta manzili koʻrsatiladi. Qonun loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalar imzolangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihasi yuzasidan belgilangan tartibda kiritilgan taklif va mulohazalar koʻrib chiqilishi shart. Taklif va mulohazalarni qabul qilib olishni rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari tavsiya va maslahat xususiyatiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi boʻlib oʻtadigan til
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar qonun loyihasiga doir taklif va mulohazalarini davlat tilida yoki oʻzlari bilgan istalgan boshqa tilda kiritishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOB. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASI DAVOMIDA TUSHGAN TAKLIF VA MULOHAZALARNI KOʻRIB CHIQISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalarini koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan umumxalq muhokamasi davomida qonun loyihasi yuzasidan tushgan taklif va mulohazalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalarini umumlashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari umumxalq muhokamasi davomida tushgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradilar hamda qonun loyihalarini maromiga yetkazadilar.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarini maromiga yetkazish paytida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari aholi turli qatlamlarining, jamiyat siyosiy kuchlarining hamda davlatning manfaatlarini har tomonlama hisobga oladilar.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Taklif va mulohazalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida axborot
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari toʻgʻrisida umumlashtirilgan axborot tayyorlaydilar hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari eʼtiboriga yetkazadilar.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BOB. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunni qabul qiladi va uni maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboradi yoki qonun loyihasini qoʻshimcha ravishda ishlashga yuboradi yoxud uni rad etadi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlarini eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 14-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)