22.10.2014 yildagi 992-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 22.10.2014 yildagi 992-II-son
Kuchga kirish sanasi
22.10.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yilda hududlar va yoʻnalishlar boʻyicha 261,6 mingta ish oʻrinlari tashkil etish hamda 725,9 ming kishining — jami 987,5 ming kishining bandligini, shu jumladan kasb-hunar kollejlarining 487,7 ming nafar bitiruvchisi va qaytib kelayotgan 409,5 ming nafar mehnat migranti ishga joylashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011 — 2015-yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi dastur, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash tarmoq dasturlari, Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi, investitsiya dasturlari amalga oshirilishiga muvofiq ravishda ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashda kichik biznesning rolini yanada oshirish, ayniqsa, imkon qadar qulay ishchanlik muhitini yaratishga, kichik biznes subyektlarining kredit va moddiy-xomashyo resurslaridan foydalanishini kengaytirishga qaratilgan qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiq oilaviy tadbirkorlikni, anʼanaviy milliy hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga yanada oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarni va ishda band boʻlmagan aholini, ayollar, nogironlar hamda aholining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan boshqa toifalarini ishga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi interaktiv maʼlumotlar bazasini shakllantirish borasida zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining asosiy yoʻnalishlari va parametrlari tegishli hududda bajarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini, qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurilishini va pudrat asosidagi qurilish ishlarini, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish, bekor turgan korxonalarni qayta tiklash, ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash bilan bogʻliq dasturlarni amalga oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat markazlarida, yirik shaharlar va tumanlarda potensial ish beruvchilar ishtirokida ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining respublika tumanlari va shaharlari, tarmoqlar va aniq korxonalar kesimida amalga oshirilishi haqiqiy vaqt rejimida, vazirlikning axborot tizimidan foydalangan holda tizimli va muntazam monitoring qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining, shuningdek hokimliklarning maʼlumotlari asosida har chorakda umumlashtirilgan axborot va materiallarni taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ravishda ishga joylashish uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, ish joyini tanlash boʻyicha bepul maslahatlar berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklariga kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilariga olgan ixtisosligiga muvofiq ravishda ishga joylashish bilan bir qatorda oʻz ishini tashkil etish va yuritish uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi korxonalar (ish beruvchilar), kasb-hunar kollejlari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalarning shartlariga rioya etilishi samaradorligini va amaliyligini oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining asosiy yoʻnalishlari va parametrlarini bajarish masalalariga alohida eʼtibor qaratsin, ularning yakunlari boʻyicha Dasturning samarali amalga oshirilishini taʼminlashga doir takliflarni ishlab chiqsin hamda tavsiya etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 22-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
992-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 10-son, 269-modda)