Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2019 03.08.2002 yildagi 279-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2019
Hujjat 03.08.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKADA KITOB SAVDOSI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisining badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-maʼrifiy adabiyotga, maktablar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalarning yangi avlod darsliklar va oʻquv adabiyotiga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shuningdek kitob savdosi tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Kitobsavdo” aksiyadorlik jamiyatlarining ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga kitob mahsulotlarini yetkazib berish va sotishni tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi funksiyasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika kitob bozori konyunkturasi marketingini amalga oshirish, aholining kitoblarga va boshqa bosma mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlari monitoringini tashkil etish, ularning natijalarini nashriyotlar va isteʼmolchilarga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kitob mahsulotlariga buyurtmalarni shakllantirish, shuningdek darsliklar va oʻquv adabiyotiga buyurtmalarni shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida kitob doʻkonlari tarmogʻini qulay tarzda joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kitoblar va boshqa bosma mahsulotlar joylardagi isteʼmolchilarga oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek ularni sotishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kitob mahsulotlari koʻrgazma-yarmarkalari tashkil etish, shuningdek xalqaro yarmarkalarda qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarining cheklangan soni 18 nafar boʻlgan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati xarajatlari uning xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi “Kitobsavdo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari davlat paketlari, shuningdek “Oʻzdavkitobsavdotaʼminoti” aksiyadorlik jamiyati mol-mulkining bir qismi hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 3-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya bir oy muddatda “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin, taʼsis hujjatlari ishlab chiqilishini, ustav fondi va muassislarning ulushlari miqdorlari belgilanishini, taʼsis yigʻilishi oʻtkazilishini va kompaniya ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin. Amalga oshirilgan ishlar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari, “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bir oy muddatda shaharlar va tumanlarda 4-ilovaga* muvofiq qoʻshimcha ravishda ochiladigan yangi kitob doʻkonlari joylashtirilishini belgilasinlar va ularni kitob mahsulotlarini saqlash va sotish uchun yaroqli boʻlgan binolar bilan taʼminlash masalalarini hal etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi kitob doʻkonlari ochish uchun davlat mulki hisoblangan binolar taqdim etilgan taqdirda, 2002-yil oxirigacha ularni qayta baholasin va “Kitobsavdo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushi tegishlicha koʻpaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirliklar va idoralar 2002/2003 oʻquv yili boshlangunga qadar tegishli oʻquv yurtlari hududlarida mazkur oʻquv yurtining yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan kitob savdosi shoxobchalarini ochsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgari xususiylashtirilgan kitob doʻkonlari tomonidan savdo ixtisosi saqlab qolinishi toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga rioya etilishini xatlovdan oʻtkazsin. Qoida buzilishi aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan mulkka egalik huquqini beruvchi davlat dalolatnomasidan belgilangan tartibda mahrum qilishgacha boʻlgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar qoʻllansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda kitob mahsulotlariga buyurtmalarni shakllantirish mexanizmini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi, Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi respublika nashriyotlari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, ayniqsa yoshlar orasida milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy, ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-maʼrifiy adabiyotga boʻlgan talabni muntazam oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kitob mahsulotlari mamlakatimiz nashriyotlari tomonidan chop etilishini kengaytirish hisobiga aholining mavjud ehtiyojini qondirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda respublikada va chet elda bosib chiqarilayotgan badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-maʼrifiy adabiyotlar, shuningdek maktab oʻquv anjomlari va koʻrgazmali qoʻllanmalarning yarmarka-koʻrgazmalari muntazam oʻtkazilishini (bir yilda kamida bir marta) taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, kitob savdosi ulgurji tashkilotlari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent shahar, A.Navoiy koʻchasidagi 30-uyga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 3-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
279-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 3-avgustdagi 279-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 3-avgustdagi 279-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 119-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda)