Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 24.02.2016 yildagi PQ-2499-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 12.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-sonli Farmoni ijrosini bajarish hamda nogironlar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 6 nafardan iborat boʻlgan, nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boshqarmasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari tuzilmasida — 3 nafar, undan 1 nafari boshqaruv xodimidan iborat boʻlgan, nogironlar, keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish shuʼbasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tuzilmasida — ishlab chiqarish xodimlarining soni xizmat koʻrsatilayotgan mehnatga layoqatsiz yolgʻiz fuqarolar sonidan kelib chiqib, oʻrnatilgan shtat normativlariga muvofiq belgilangan holda nogironlar, keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻlimlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tashkil etilayotgan tarkibiy boʻlinmalar zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga oʻtkazilayotgan “Muruvvat” va “Saxovat” uy-internatlari, nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari hamda urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriya muassasalarining faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar va yolgʻiz keksalarni “Muruvvat” va “Saxovat” uy-internatlariga, nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari hamda urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriya muassasalariga yuborishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda oʻzganing yordamiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksa fuqarolarni aniqlash va ularga uyida parvarishlashni inobatga olgan individual dastur asosida ijtimoiy xizmat koʻrsatishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlarining talablariga koʻra ularga mos tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish turlarini tanlash va taqdim etish, shu jumladan ortopedik buyumlar, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-kolyaskalari bilan taʼminlash maqsadida ularning hisobini olib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat tuzilmasida — hududiy moliya bosh boshqarmasida boshqaruv xodimlari soni 3 nafardan iborat boʻlgan, muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va toʻlash monitoringini amalga oshirish shuʼbasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boʻlimlari tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 2-3 nafardan iborat boʻlgan, muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va toʻlash monitoringini amalga oshirish shuʼbasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) moliya boʻlimlari tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 1 nafar, ishlab chiqarish xodimlarining soni fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish xodimiga biriktiriladigan fuqarolar sonidan kelib chiqib, oʻrnatilgan shtat normativlariga muvofiq muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va toʻlash monitoringini amalga oshirish shuʼbalarini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3052-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ixtiyoriga oʻtkazilayotgan muassasalar roʻyxati 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidan oʻtkazilayotgan reabilitatsiya markazlari va boshqa tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish muassasalarining kadrlar tarkibini tibbiyot muassasalarini optimallashtirish natijasida boʻshayotgan tibbiyot xodimlari hisobidan mustahkamlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarorining 1 — 7-ilovalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2499-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 9-son, 86-modda; 2017-y., 11-son, 152-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 07/19/4290/2959-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)