1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pasport-viza rejimiga rioya qilish tartibi mustahkamlanganligi va uy-joy fondidan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olishni takomillashtirish va uy-joy fondidan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A. Axmedbayev hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 26-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 27-fevraldagi 92-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshiga “vakolatxonalari xodimlariga” soʻzlaridan keyin “tatbiq etilmaydi” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma olishga ariza berishda fuqarolar vaqtinchalik yoki doimiy roʻyxatdan oʻtgan yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olingan boʻlishlari, qonun hujjatlarida belgilangan pasport rejimiga va jamoat tartibiga rioya etishlari shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 111 — 113-bandlar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“111. Boshqa mintaqalardan kelgan fuqarolar uchun vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish muddatiga, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olish muddatiga beriladi. Bunda vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma muddati olti oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun fuqaro tomonidan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) asl nusxa koʻrsatilgan holda pasportning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3 x 4 sm oʻlchamli toʻrtta fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldirilgan soʻrovnoma taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan keladigan va vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan fuqarolar turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini ham taqdim qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma ushbu Nizomning 112-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(old tomoni)
_____________________________________________________da (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri) vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi _______-son guvohnoma
Familiyasi
Muhr bilan tasdiqlangan fotosurat uchun joy
Ismi
Otasining ismi
Tugʻilgan yili
Tugʻilgan joyi
Doimiy yashash joyi manzili
Vaqtinchalik yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olish manzili
Pasportning seriyasi va raqami, kim tomonidan va qachon berilgan
Guvohnomaning amal qilish muddati
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi rahbarining F.I.O.
imzo va muhr
(Orqa tomoni)
Guvohnoma egasiga eslatma
Guvohnoma egasi guvohnomani pasport bilan birgalikda olib yurishi, zarur tarzda saqlashi va uni uchinchi shaxslarga bermasligi shart. Guvohnoma egasin�ng doimiy yoki vaqtincha yashash joyi yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olish manzili oʻzgargan taqdirda, u 5 kecha-kunduz mobaynida bu haqda Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga maʼlum qilish shart. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida guvohnoma egasi Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan 5 sutka oldin murojaat qilishi kerak. Agar Sizga nisbatan ish beruvchi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda, Siz Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Soʻrovnomaning tartib raqami _________
Soʻrovnoma toʻldirilgan sana 20 yil “___” ____________
Ismi
Familiyasi
vavavaiaivaiaivaivaivaaiva
Otasining ismi
Tugʻilgan sanasi
Tugʻilgan joyi
Jinsi
Doimiy yashash joyi manzili
Vaqtinchalik yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olish manzili
Pasportning seriyasi va raqami
Kim tomonidan va qachon berilgan
Maʼlumoti
Mutaxassisligi
Mutaxassislik boʻyicha ish staji
Vaqtinchalik bir martalik ish izlash sababi
Qachon va qaysi xorijiy mamlakatlarga chiqqan
Xorijiy mamlakatlarga chiqishning maqsadi
Jinoiy javobgarlikka tortilganmi
Agar jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, qachon va Jinoyat kodeksining qaysi moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilgan
�
Soʻrovnomani qabul qilgan shaxsning F.I.O.
Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini kafolatlayman
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “militsiya tayanch punktiga” soʻzlari “xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“turar joyning yoxud uning bir qismining ijara shartnomasining yoki turar joydan yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yaqin qarindoshi boʻlsa, turar joy yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasini taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu holatda vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning va turar joy yoxud uning bir qismi mulkdorining (mulkdorlarning) qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilishi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Militsiya tayanch punktining profilaktika” soʻzlari “Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 18-bandning birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “militsiya tayanch punktining profilaktika” va “militsiya tayanch punkti” soʻzlari “xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19. Oxirgi hisobga olish rasmiylashtirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirish masalalarini koʻrib chiqish fuqaro vaqtincha turgan joyi boʻyicha xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimida amalga oshiriladi. Buning uchun fuqaro hisobga olish muddati tamom boʻlishidan oʻn besh kun oldin xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza roʻyxatdan oʻtkazilgandan, shuningdek taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgan va rasmiylashtirilgandan keyin xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi oʻn besh kun mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilinganda xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi fuqaroga hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini takroran beradi, salbiy qaror qabul qilinganda esa — ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi hamda uni ichki ishlar boʻlimi tomonidan belgilangan muddatda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan chiqib ketish majburiyati toʻgʻrisida ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida hisobga olish joyi boʻyicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqni buzishlar sodir etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida bundan buyon boʻlishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi oxirgi hisobga olish rasmiylashtirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirish rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida qayta hisobda turishi rad etilgan taqdirda xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobda turishni qayta rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi hisobga olish toʻgʻrisida berilgan qayd varaqlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning huquqbuzarlikning oldini olish boʻlimiga taqdim etishi shart.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “militsiya tayanch punktiga” va “Militsiya tayanch punktining profilaktika” soʻzlari tegishli ravishda “xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga” va “Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori ariza beruvchiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi berilgandan keyin hisobga qoʻyilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xorijga chiqish- kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimining kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi kelish varaqasini toʻldiradi va bir sutka mobaynida ularni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining manzil-maʼlumotnoma byurosiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʻxshash boshqa tashkilotlarning masʼul shaxslari bir sutka mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolarning kelish varaqalarini Ichki ishlar bosh boshqarmasining manzil- maʼlumotnoma byurosiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi fuqarolarni hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatishning idoraviy tarmogʻi boʻyicha Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining markaziy maʼlumotlar bazasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi har oyda maʼlumotlarni uzatish idoraviy tarmogʻi boʻyicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan fuqarolarning roʻyxatlarini (elektron shaklda) keyinchalik huquqbuzarlikning oldini olish hududiy boʻlinmalariga berish uchun doimiy yashash joyidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tegishli xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga yuboradi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 9-son, 88-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2021-y., 09/21/410/0626-son)