09.04.2014 yildagi KQ-119-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 09.04.2014 yildagi KQ-119-II-son
Kuchga kirish sanasi
09.04.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi toʻgʻrisida”gi parlament eshituvi yakunlari haqidagi axboroti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi toʻgʻrisida”gi parlament eshituvi yakunlari haqidagi axborotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi toʻgʻrisida”gi parlament eshituvi yakunlari haqidagi axboroti bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri (A. Xaitov), Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri (G. Saidova), Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (B. Xodiyev), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi (B. Toʻrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi (B. Yangiboyev), viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi toʻgʻrisida”gi parlament eshituvi yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorining oʻz vaqtida ijrosini taʼminlasin, shuningdek ushbu masala ijrosi yuzasidan koʻrilgan choralar va ularning natijalari haqida belgilangan muddatlarda Qoʻmitaga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi toʻgʻrisida”gi parlament eshituvi yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qoʻmita qarorini tegishli davlat organlari tomonidan koʻrib chiqish natijalari haqidagi axborotni 2014-yil 20-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 9-aprel.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-119-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 4-son, 125-modda)