09.04.2014 yildagi KQ-118-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 09.04.2014 yildagi KQ-118-II-son
Kuchga kirish sanasi
09.04.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2010 – 2013-yillar va 2014-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2010 — 2013-yillar va 2014-yilning oʻtgan davridagi (bundan buyon matnda hisobot davri deb yuritiladi) faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi shuni qayd etadiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, fermerlikni rivojlantirish, qishloq joylarida aholi bandligi muammosini hal qilish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir davlat siyosatini qonunchilik jihatidan taʼminlashga, tegishli qonunlar hamda dasturlarning ijro etilishi ustidan samarali nazoratning amalga oshirilishiga, shuningdek oʻtkazilayotgan tadbirlar yakunlari boʻyicha konstruktiv amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan muayyan ishlar olib borilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Senatning birinchi yalpi majlisidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2010-yil 27-yanvar va 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlislaridagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir” hamda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” deb nomlangan maʼruzalarida ilgari surilgan vazifalarni ijro etishni oʻz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tomonidan oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) yalpi majlislarida koʻrib chiqish uchun 15 ta masala, shu jumladan geografik obyektlarning nomlarini aniqlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ulardan foydalanishning huquqiy asoslarini shakllantirishga, muvofiqlikni baholash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga hamda savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etishga, atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ekologik nazoratni takomillashtirishga va boshqalarga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining yettita qonuni kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunlar Senatning yalpi majlislarida maʼqullangach, ularning mazmuni va mohiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish uchun Qoʻmita tomonidan mintaqalarga safarlar tashkil etilgan, bu esa aholida tashvish uygʻotayotgan muammolarni aniqlash hamda tegishli qaror va tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita har yili Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borgan va ushbu masalani Senatning navbatdagi yalpi majlislarida koʻrib chiqish haqidagi takliflarni Senat Kengashiga kiritgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 20 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Bundan tashqari toʻrtta konferensiya, 10 ta davra suhbati va beshta seminar oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Senat Kengashining 2011-yil 25-avgustdagi “Ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziriga “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ijro etilishini taʼminlash masalasi yuzasidan parlament soʻrovi yuborilgan. 2011-yilning 29-noyabr kuni Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Roʻziyevning ushbu soʻrov yuzasidan javobi tinglangan va muhokama qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda qator qoʻshma sayyor majlislar oʻtkazilgan. Masalan, Jizzax viloyatida qishloqdagi yosh oilalarga uy-joy qurish yoki sotib olishda koʻmaklashish, Fargʻona viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining yerlardan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanishga doir qismining ijrosi, Qashqadaryo viloyati Hisor va Kitob davlat qoʻriqxonalari misolida “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishi, “Veterinariya toʻgʻrisida”gi va “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Jizzax viloyatida ijro etilishi masalalari muhokama qilingan. Qishloqlarning qiyofasini tubdan yaxshilash, aholi turmush darajasini va sifatini oshirish maqsadida 2014-yil 21-fevralda Qoʻmita majlisida qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga doir qonun hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi va “Qishloq qurilish bank” OATB tomonidan ijro etilishini Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida oʻrganish natijalari muhokama qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning nazorat-tahlil faoliyati yakunlariga koʻra qabul qilingan qaror va tavsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlarga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita “Tojikiston “Talko” DUK korxonasining ishlab chiqarish faoliyati ekologiyaga va odamlar sogʻligʻiga koʻrsatayotgan halokatli taʼsirni bartaraf etish choralari toʻgʻrisida”gi xalqaro seminarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda faol ishtirok etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari respublika va mintaqalar koʻlamidagi 5 867 ta tadbirda faol ishtirok etib, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning, qonunlar hamda eng muhim davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidan 4 477-marta soʻzga chiqqan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Qoʻmita raisi X. Razzakov, Qoʻmita aʼzolari N. Aimbetov, Q. Aldabergenov, P. Ziyatov, X. Karimov, E. Sidikova, B. Xalimbetov, M. Yuldashov, M. Qurbanovalar ayniqsa faollik koʻrsatganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari Senatning yalpi majlislarida muhokama qilingan masalalar boʻyicha 98-marta, Qoʻmita majlislarida 189-marta soʻzga chiqqan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalarida Qoʻmita aʼzolarining 3 859 ta maqolasi chop etilgan va efirga uzatilgan, shu jumladan respublika hamda mahalliy gazeta va jurnallarda 1 271 ta maqola chop etilgan. Qoʻmita aʼzolari ishtirokida 1 557 ta telekoʻrsatuv va 1 031 ta radioeshittirish efirga uzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari saylovchilar bilan 2 481 ta uchrashuv oʻtkazgan. Mazkur uchrashuvlarda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala va muammolarni muhokama qilish, tahlil etish va hal qilishga alohida eʼtibor qaratilgan. Fuqarolarning 7 713 ta yozma murojaati koʻrib chiqilgan, shuningdek 7 418 nafar fuqaro qabul qilingan. Fuqarolarni qabul qilish davomida aniqlangan dolzarb masalalarni hal etish, shuningdek ijtimoiy soha muassasalari faoliyatini yaxshilash uchun hisobot davrida tegishli davlat organlari va tuzilmalariga 166 ta senatorlik murojaati yoʻllangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Qoʻmita faoliyatida ayrim kamchilik va nuqsonlar mavjud. Qoʻmita mintaqalarda hamda iqtisodiyot tarmoqlarida Senat, Senat Kengashining va Qoʻmitaning qarorlari, ayniqsa qishloq xoʻjaligining eng muhim tarmoqlarini rivojlantirishga, suv va suvdan foydalanishga, chiqindilarning atrof muhitga taʼsirini kamaytirishga, ekin maydonlaridan samarali foydalanishga, qishloqdagi yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashga oid dasturlarning soʻzsiz bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirishi zarur. Bunda aholi salomatligiga xavf tugʻdiruvchi zararli omillarga alohida eʼtibor berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita oʻtkazilayotgan tadbirlarni, ayniqsa nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash boʻyicha ishlarga, mintaqalarda aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid hal etilmagan masalalar toʻgʻrisidagi takliflarni Qoʻmita muhokamasiga, Senat Kengashi majlislariga va Senat yalpi majlislariga tashabbuskorlik bilan kiritishga Qoʻmitaning barcha aʼzolarini jalb etishga erisha olmagan. Qoʻmitaning va Senat Kengashining ish rejalarini shakllantirishda Qoʻmitaning barcha aʼzolari birday faol ishtirok etmaganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlarning hamda qabul qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun va mohiyatini joylarda tushuntirish ishlarida yanada faolroq ishtirok etishi, Qoʻmita hujjatlari asosida tayyorlangan tahliliy materiallar bilan markaziy va mahalliy nashrlar sahifalarida hamda teleradiokanallarda koʻproq chiqishlar qilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2010 — 2013-yillar va 2014-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti bildirilgan takliflarni hisobga olgan holda maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (X. Razzakov) oʻz faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan davrdagi faoliyatini tanqidiy baholab, aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarining, Senat, Senat Kengashi va Qoʻmita qarorlarining talablarini soʻzsiz bajarish boʻyicha ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan parlament nazoratining taʼsirchanligini oshirsin, bunda qishloq xoʻjaligining eng muhim tarmoqlarini rivojlantirishga, suv va suvdan foydalanishga, chiqindilarning atrof muhitga taʼsirini kamaytirishga, ekin maydonlaridan samarali foydalanishga, qishloqdagi yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashga taalluqli dasturlarning bajarilishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarining va davlat dasturlarining talablari joylarda bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qilish borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirishga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar ijrosini oʻrganish natijalari boʻyicha Qoʻmita tomonidan qabul qilingan qarorlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilayotgan tadbirlarni, ayniqsa nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashda, mintaqalarda aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid hal etilmagan masalalar toʻgʻrisidagi takliflarni Qoʻmita, Senat Kengashi majlislari va Senat yalpi majlislari muhokamasiga tashabbuskorlik bilan kiritishda Qoʻmitaning barcha aʼzolari ishtirokini faollashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning va Senat Kengashining qarorlarini, shuningdek Qoʻmita qarorlari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan davlat organlari rahbarlarining axborotini tinglash amaliyotini davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita hujjatlari asosida tayyorlangan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir tahliliy materiallar bilan Qoʻmita aʼzolarining markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida, jumladan teleradiokanallar orqali yanada faolroq chiqishlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlarning mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlari oʻrtasida tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 9-aprel.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-118-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 4-son, 124-modda)