Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAqIDA
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan oʻz kuchini yoʻqotdi
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda 1-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) davlat ijtimoiy sugʻurtasi va davlat ijtimoiy taʼminot nafaqalari, vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan toʻlanadigan nafaqalar (shu jumladan, bemor bolani parvarishlash nafaqalari)dan tashqari, shuningdek xayriya jamgʻarmalari va ekologiya jamgʻarmalari mablagʻlaridan fuqarolarga beriladigan nafaqalar va pul hamda natura shaklidagi yordamning boshqa turlari”;
2) 3-modda 2-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) fuqarolarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan oʻzlariga toʻlanishi kerak boʻlgan daromadlardan xayriya jamgʻarmalari va ekologiya jamgʻarmalariga oʻtkazadigan summalar, shuningdek davlat budjetidan qisman yoki toʻliq taʼminlanadigan madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga oʻtkaziladigan summalari”;
4) 4-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. quyidagilar ham daromad soligʻi toʻlashdan batamom ozod qilinadilar:
a) xorijiy davlat diplomatiya vakolatxonalarining diplomatlik va konsullik darajalariga ega boʻlgan boshliqlari va aʼzolari, ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmasalar, Oʻzbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar boʻyicha;
b) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining maʼmuriy-texnikaviy xodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmasalar yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar — Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan hamda diplomatiya va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar boʻyicha;
v) mazkur vakolatxonalar xizmatchi xodimlari tarkibiga kiradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslar — oʻz xizmatlari yuzasidan olgan barcha daromadlari boʻyicha:
g) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari xodimlarining u xizmatchilari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmasalar yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar — oʻz xizmatlari yuzasidan olgan daromadlarning barcha turlari boʻyicha;
d) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʻyicha;
5) 13-moddaning 1-bandidagi “8-moddaning 2-bandidagi” degan soʻzlar “8-moddaning 1-bandidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 15-moddaning 3-bandi quyidagi mazmunda boʻlgan xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab qoʻyadigan roʻyxat boʻyicha yakka tartibdagi faoliyatning alohida turlari bilan shugʻullanuvchi shaxslarning daromadlaridan daromad soligʻi mahalliy hokimiyat idoralari belgilab qoʻyadigan qatiy miqdorlarda undiriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 14-yanvar,
522-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 168-modda)