Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. 2015-yil 28-may kuni Seul shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida haydovchilik guvohnomalarini oʻzaro tan olish va almashtirish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organlar etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organlar toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-noyabr,
PQ-2437-son