Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2021 01.02.2001 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2021
Hujjat 01.02.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XOʻJALIGIGA AGROKIMYo XIZMATI KOʻRSATIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi tovar yetishtiruvchilariga agrokimyo xizmati koʻrsatishning yaxlit tuzilmasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 27-dekabrdagi F-1313-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Kimyo tarmogʻini tashkil etish va boshqarish, qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha maxsus komissiyaning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksiyadorlik jamiyati hamda Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazi bazasida, ularni tegishli ravishda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqargan holda, mustaqil “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda faoliyat koʻrsatayotgan “Agrokimyotaʼminot” Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar birlashmalari hamda oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar hududiy markazlari va agrokimyo stansiyalari bazasida hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrokimyotaʼminot” tuman va tumanlararo birlashmalarini, oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar tuman markazlarini “Qishloqxoʻjalikkimyo” Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar aksiyadorlik birlashmalarining filiallariga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yuridik shaxs hamda “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksiyadorlik birlashmasi va Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyolashtirish va tuproq unumdorligini oshirish, oʻsimliklar kasalliklari, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari va begona oʻtlar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish boʻyicha yagona texnika siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral oʻgʻitlarga, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalariga, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun boshqa kimyoviy mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarining har yilgi hududiy balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmagan kaliyli oʻgʻitlar va kimyoviy preparatlarni import boʻyicha xarid qilishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi, uning xodimlarining cheklangan soni 34 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi, “Qishloqxoʻjalikkimyo” viloyat aksiyadorlik birlashmalarining hamda ularning tuman va tumanlararo filiallari namunaviy tuzilmalari 1, 1a, 1b, 1v va 1g ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1a, 1b, 1v va 1g ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Qishloqxoʻjalikkimyo” Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar aksiyadorlik birlashmalari hamda filial huquqi bilan ularning tarkibiga kiruvchi tuman va tumanlararo xizmatlar “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy tarkibiy boʻlinmalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari hamda ularning tuman va tumanlararo xizmatlariga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini, shu jumladan fermer va dehqon xoʻjaliklarini shartnoma asosida mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari, tuproq meliorantlari hamda qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun boshqa kimyoviy mahsulotlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan maqsadli va samarali foydalanishni, shuningdek ularning saqlanishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma shartlarida qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral oʻgʻitlar hamda oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini yetkazib beruvchilar va ularning qishloq xoʻjaligidagi isteʼmolchilari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi uchun keltiriladigan mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, boshqa kimyoviy mahsulotlar sifati ustidan nazoratni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarining ustav jamgʻarmalari tugatilayotgan “Agrokimyotaʼminot”viloyat birlashmalari hamda Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazlari balansida boʻlgan mol-mulklar, shuningdek “Agrokimyotaʼminot” tuman va tumanlararo birlashmalari, oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar tuman markazlari mol-mulki qiymati hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 27-dekabrdagi F-1313-son farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya (R.Azimov), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda, belgilangan tartibda hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarini tashkil etishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar, shu bilan birga ularning ustav jamgʻarmasiga kiritiladigan mol-mulklar qiymatini qayta baholab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari aksiyalarining davlat ulushlarini belgilangan tartibda “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ishonchli boshqaruviga bersinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno tariqasida, 2001—2003-yillar mobaynida “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat ulushi boʻyicha dividendlarni maqsadli foydalangan holda, kompaniyaning ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda kompaniyaning hamda viloyatlar aksiyadorlik birlashmalarining Ustavlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi esa ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimga belgilangan tartibda kompaniya aksiyadorlarining Umumiy yigʻilishi tomonidan tayinlanadi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi va uning oʻrinbosarlari maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, kimyo mahsulotlariga buyurtmanomalarni shakllantirish, ularni berish va ular uchun hisob-kitob qilish tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001—2003-yillarda qishloq xoʻjaligi korxonalari omborlari bazasida mineral oʻgʻitlarni saqlash va sotish uchun omborlar va ixtisoslashgan doʻkonlar tashkil etish boʻyicha topshiriq 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hududiy boʻlinmalari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha 4-ilovaga* muvofiq maxsus idoralararo komissiya tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hududiy boʻlinmalari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya bir oy muddatda “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlinmalari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash tizimi moddiy-texnika bazasini, shu jumladan qishloq xoʻjaligi korxonalari omborlarini xatlovdan oʻtkazsin, mineral oʻgʻitlar va kimyolashtirish vositalaridan samarali foydalanish va ularni saqlash tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan va “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi orqali sotiladigan mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalariga narx belgilash normalarining, shuningdek agrokimyoviy servis xizmatlariga tariflarning asoslanganligi va ularga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlinmalariga “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi korxonalari, shu jumladan qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasini Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq lizing boʻyicha sotib olish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlinmalari mulk soligʻini hamda qishloq xoʻjaligi korxonalaridan, shu jumladan fermer xoʻjaliklariga aylantirilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalaridan sotib olinayotgan omborlarning qiymati va yer maydoni boʻyicha hisoblanadigan yer soligʻini toʻlashdan, boʻshaydigan mablagʻlarni ishlab chiqarish infratuzilmasini va omborlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirish sharti bilan, ikki yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining chakana savdo tarmoqlari orqali dehqon va fermer xoʻjaliklariga sotiladigan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy preparatlar qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga aylanma mablagʻlar ajratish boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 62-uyga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-avgustdagi 274-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini belgilangan tartibda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 1-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 1-fevraldagi 63-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 1-fevraldagi 63-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, kimyo mahsulotlariga buyurtmanomalarni shakllantirish, ularni berish va ular uchun hisob-kitob qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Tartib qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga, shu jumladan, dehqon va fermer xoʻjaliklariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, kimyo mahsulotlariga buyurtmanomalarni shakllantirish, ularni berish va ular uchun hisob-kitob qilish tizimini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, boshqa kimyo mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan buyurtmanomalarni shakllantirish va shartnomalar tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari navbatdagi yilga qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish prognozi, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida texnologiya kartalariga muvofiq mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, boshqa kimyo mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar hamda buyurtmanomalarni “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarining tuman va tumanlararo filiallariga yuboradilar. Buyurtmanomalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlari, shu jumladan, davlat xaridlari va tijorat shartnomalari — buyurtmalari boʻyicha mahsulot sotilishi ajratib koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarining tuman va tumanlararo filiallari buyurtmanomalarning asoslanganligini tekshiradilar, ularni umumlashtiradilar hamda kimyoviy mahsulotlarga yigʻma buyurtmanomalarni tegishli “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalariga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari buyurtmanomalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha umumlashtiradilar hamda ularni “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi har yili, joriy yilning 1-oktabridan kechikmay, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining kelgusi yilda mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, boshqa kimyoviy mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojining yigʻma prognozini davlat xaridlari boʻyicha hamda tijorat shartnomalari-buyurtmalari boʻyicha alohida shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalariga boʻlgan yigʻma ehtiyojni “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi bilan kelishib oladi va uni tegishli balanslarni shakllantirish uchun Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tasdiqlangan balanslarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga buyurtmanomalarni tayyorlovchi zavodlar boʻyicha joylashtiradi va “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga tegishli axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kimyo mahsulotlariga limitlarni tayyorlovchi zavodlar boʻyicha hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalariga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish yuzasidan tayyorlovchi zavodlar bilan mahsulotni yuklab joʻnatish va olib ketishning majburiy jadvali mavjud boʻlgan shartnomalar tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini va boshqa kimyoviy vositalarni import boʻyicha yetkazib berish yuzasidan kontraktlar markazlashtirilgan tartibda “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari kimyoviy mahsulotlarga limitlarni tayyorlovchi zavodlar boʻyicha oʻz tuman va tumanlararo filiallariga yetkazadilar hamda ularga qishloq va suv xoʻjaligi viloyat va tuman boshqarmalarining takliflarini hisobga olgan holda agrokimyo xizmatlari koʻrsatish va mineral oʻgʻitlar hamda boshqa kimyo mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalar tuzish vakolatini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar olingandan keyin “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarining tuman va tumanlararo filiallari ajratilgan limitlar doirasida hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari nomidan davlat xaridlari boʻyicha alohida va tijorat shartnomalari — buyurtmalari boʻyicha alohida tegishli shartnomalar tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining tayyorlovchi zavodlari tomonidan mahsulot “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmasining tuman va tumanlararo filiallariga kalendar oy mobaynida berilayotgan mahsulot qiymatining kamida 15 foizi oldindan toʻlanishi sharti bilan beriladi. Ishlab chiqaruvchilar olgan mablagʻlardan belgilangan tartibda kreditorlik qarzlarni qaytarishda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyo mahsulotlariga buyurtmanomalarni shakllantirish va ularni qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berish sxemasi mazkur tartibga 1-ilovada keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat xaridlari boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari yetkazib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan mahsulot xaridi boʻyicha yigʻma prognozlari asosida “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasiga alohida rejalashtirilayotgan yil uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning oylar boʻyicha prognozini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj prognozi asosida, texnologiya kartalarida nazarda tutilgan normalardan, tuproq boniteti va mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan taʼminlanganlikdan kelib chiqib Jamgʻarma davlat xaridlarini taʼminlash boʻyicha zarur resurslarni hamda ularning manbalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarma mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan foydalanish davrlarini hisobga olgan holda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga avans beradi, ushbu avans qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari korxonalari bilan hisob-kitob qilish uchun transhlar boʻyicha yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Zarurat boʻlganda hududiy “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari transhlar boʻyicha olinadigan mablagʻlarni oʻzining tuman va tumanlararo filiallari oʻrtasida ularni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida qayta taqsimlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlaridagi “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini tayyorlovchi zavodlarga qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan oʻtkazilgan mablagʻlarni tuzilgan shartnomalarga muvofiq kelgusi oy mobaynida yetkazib beriladigan mahsulot qiymatining kamida 15 foizi miqdorida oldindan haqini toʻlash uchun, shuningdek, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga import boʻyicha olib kelinadigan mahsulot qiymatini toʻlash uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari belgilangan tartibda “Qishloqxoʻjalikkimyo” birlashmasining mintaqaviy boʻlimlariga yetkazib beriladi. Bir oyga buyurtma qilingan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari tupik hajmda olinganligi tasdiqlangandan keyin yetkazib berilgan mahsulot qiymatining qolgan 85 foizi yuzasidan tayyorlovchi zavod bilan uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmasining tuman va tumanlararo filiallari faqat kamida 15 foiz haqi oldindan toʻlanishi sharti bilan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga agrokimyo xizmatlari koʻrsatadi, shuningdek, tuzilgan shartnomalarda koʻrsatilgan hajmlar va muddatlarda ularga mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, kimyo mahsulotlari yetkazib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, kimyo mahsulotlari “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining doʻkonlari shoxobchalari yoki bazalari orqali, shuningdek, mahsulot qiymatining kamida 15 foizi oldindan toʻlanishi sharti bilan bevosita tayyorlovchi zavodlar tomonidan sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tayyorlovchi zavodlar tomonidan tijorat buyurtmalari boʻyicha sotishga moʻljallangan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlinmalari tomonidan yuklab joʻnatiladigan mahsulot qiymatining kamida 15 foizi oldindan toʻlangan va ilgari olingan mahsulot haqi 100 foiz toʻlangan taqdirdagina yuklab joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Dehqon va fermer xoʻjaliklariga, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinmaydigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi, “Oʻzbaliq” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi xoʻjaliklar va korxonalarga, shuningdek, sanoat isteʼmolchilariga hamda kichik va oʻrta biznes subyektlariga mineral oʻgʻitlar qishloq joylarda ochilgan ixtisoslashtirilgan doʻkonlar shoxobchalari, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining bazalari orqali, toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha tayyorlovchi zavodlardan, shu jumladan, fyuchers shartnomalari boʻyicha sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy preparatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblar mazkur Tartibga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, kimyo mahsulotlariga buyurtmanomalarni shakllantirish, ularni berish va ular uchun hisob-kitob qilish tartibiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyo mahsulotlariga buyurtmanomalarni shakllantirish va ularni qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, kimyo mahsulotlariga buyurtmanomalarni shakllantirish, ularni berish va ular uchun hisob-kitob qilish tartibiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyo mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 11-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 17-18-son, 157-modda, 20-son, 191-modda; 2004-y., 3-son, 33-modda, 33-son, 370-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)