Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2018 14.04.2004 yildagi 182-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2018
Hujjat 21.08.2017 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi ishlarini tashkil etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha mintaqaviy komissiyalar tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari mintaqaviy komissiyalarning raislari hisoblanadi;
(3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy komissiyalar tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Muddatida toʻlanmagan toʻlovlar muddatini kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash, penya hisoblashni toʻxtatish, shuningdek soliqlar hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha penyani hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi nizomga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha mintaqaviy komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 14-apreldagi 182-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya oʻz faoliyatini toʻlovlar intizomini mustahkamlash, muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi toʻlovlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishini taʼminlash, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish, keyinchalik ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, banklar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha mintaqaviy komissiyalar tashkil etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mintaqaviy komissiyalar tarkiblari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Komissiyaning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda bank va moliya muassasalari tomonidan toʻlov intizomi va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi, soliqlar va majburiy toʻlovlarning toʻliq toʻlanishi masalalari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil etish hamda ularni qisqartirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarning vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaslik, aylanma mablagʻlardan oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va oʻz vaqtida toʻldirilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Hukumat qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq budjetga va davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy toʻlovlarning toʻliq undirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetdan va davlat maqsadli fondlaridan qarzlarini qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, banklar, soliq va moliya organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar, mahalliy davlat boshqaruv organlari rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarning holati, soliq va toʻlov intizomi masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish hamda tegishli organlarga hisob-kitoblarni yuritishning belgilangan tartibini, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan masalalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno hollarda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarining oʻzaro pullik majburiyatlari boʻyicha qarzlarini toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda koʻrib chiqish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-dekabrdagi 288-sonli qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 392-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qarzlarni (asosiy summani, penyalarni, jarima sanksiyalarini) toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻxtatib turish va toʻxtatish, budjetga va davlat maqsadli fondlariga hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari fondlariga toʻlanadigan soliqlar va toʻlovlar boʻyicha penyalar va jarima sanksiyalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning umidsiz debitorlik va kreditorlik qarzlarining statistika hisobini alohida yuritish masalalarini koʻrib chiqish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 25-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovga qodir boʻlmagan isteʼmolchilarga va buyurtmachilarga mahsulotlar sotishning, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishning, korxonalar va tashkilotlarning aylanma mablagʻlarining, shu jumladan tayyor mahsulotlar zaxiralariga va tugallanmagan qurilishga jalb etilishi sabablarini va yoʻnalishlarini oʻrganish, ularning oldini olish va qisqartirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar, vazirliklar va idoralardagi debitorlik va kreditorlik qarzlarning holatini taqqoslashni tashkil etish, taqqoslashlar asosida mazkur qarzlarni qisqartirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini, shu jumladan budjetdan va davlat maqsadli fondlaridan qarzlarini eng koʻp miqdorda qisqartirish uchun banklar kreditlari va boshqa manbalar hisobiga oʻzaro hisob-kitoblarning maqsadli sxemalarini amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini, korxonalar va tashkilotlarning budjetga va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarini toʻlashga yoʻnaltiriladigan maqsadli mablagʻlar harakati tartibi va yoʻnalishini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun zarur axborotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya, soliq va bojxona organlari, tijorat banklari, vazirliklar va idoralarning faoliyatini Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilish yoki ularga nisbatan bankrotlik tartibotini boshlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish yuzasidan takliflar kiritish;
(8-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha soliq solish va hisob-kitoblar tizimini yaxshilashga yoʻnaltirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiyaning toʻlov intizomini hamda oʻzaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet va davlat maqsadli fondlari bilan hisob-kitob qilish yuzasidan javobgarligini oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiyaga hamraislar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi hamda Moliya vaziri boshchilik qiladilar, ular Komissiya ishiga rahbarlik qiladilar, uning majlislarini olib boradilar, Komissiyaning majlislari protokollarini, ish rejalarini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya majlislari ish rejasiga muvofiq, biroq yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Hamraislar navbatdan tashqari majlislar chaqirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiyaning ish natijalari hamraislar yoki majlisni oʻtkazgan hamrais tomonidan tasdiqlanadigan protokol shaklidagi qarorlar bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiyaning majlisda uzrli sabablarga koʻra qatnasha olmayotgan aʼzolari majlisga oʻzlarining ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan vakolatli vakillarini yuborishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tezkorlik bilan qaror qabul qilish maqsadida Komissiya hamraislari Komissiya aʼzolari bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha qarorlarni soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Komissiya majlislari uchun materiallarni tayyorlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya faoliyatini tashkil etish uchun Komissiyaning masʼul kotibi boshchilik qiladigan Komissiya kotibiyati tashkil etiladi. U Komissiya kotibi — Markaziy bankning Iqtisodiy tahlil departamenti direktori, Markaziy bank, Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining vakolatli xodimlaridan iborat boʻladi. Kotibiyat tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning masʼul kotibi va kotibi (keyingi oʻrinlarda Komissiya kotiblari deb ataladi) ishlari soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishi va (yoki) soliqlar hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni boʻlib-boʻlib toʻlash masalalari hamda muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish masalalari boʻyicha alohida-alohida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya kotiblari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ish rejasi ishlab chiqilishini, uning bajarilishi ustidan nazoratni, shuningdek tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Komissiyaning joriy ishlari tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya kotibiyati bilan birgalikda ushbu Nizomga ilovaga muvofiq Komissiya majlislariga materiallarni tayyorlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya kotibiyati tomonidan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, banklar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda Komissiyaning qabul qilingan qarorlari bajarilishi monitoringi muvofiqlashtirilishini, Komissiya hamraislariga tegishli axborotlar va takliflar kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan xat-xabarlarning koʻrib chiqilishini, ularning oʻrganish va ishlab chiqish uchun Komissiya kotibiyati aʼzolariga yuborilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari va taklif etilgan shaxslarning tegishli materiallarni yuborgan holda majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya kotibiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi davr uchun Komissiyaning ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan xat-xabarlarni koʻrib chiqadi, Komissiyada uning oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlaydi va ularni umumlashtirish uchun Komissiya kotibiga beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning navbatdagi majlislari uchun barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlariga binoan tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlar va tahliliy materiallarning, shu jumladan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarning qisqartirilishi, soliqlar, yigʻimlar va budjetga hamda budjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishi monitoringi natijalarini Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning qarorlariga muvofiq Komissiyaga koʻrib chiqish uchun boshqa materiallarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya kotiblari oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, banklar, korxonalar va Komissiya aʼzolaridan Komissiya faoliyatiga tegishli masalalarga oid axborotlarni soʻrash va olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya majlislari uchun materiallar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik shaxslar birlashmalari, korxonalar, shuningdek Komissiyaning ish rejasiga muvofiq ularning tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlanadi hamda Komissiyaning navbatdagi majlisidan kamida oʻn kun oldin, agar boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, Komissiya kotibiyatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya kun tartibidagi har bir masala boʻyicha hujjatlarda qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan materiallar (tahliliy maʼlumotnomalar, jadvallar, xulosalar, iltimosnomalar, takliflar va ularga asoslashlar hamda boshqa materiallar) hamda Komissiya qarori loyihasi mavjud boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ish yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun moʻljallangan xatlar, iltimosnomalar, takliflar, maʼlumotnomalar va boshqa xat-xabarlarda “Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi” soʻzlari koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyada koʻrib chiqish uchun moʻljallangan xat-xabarlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish masalalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishi va soliqlar hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash masalalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelib tushgan xat-xabarlar tegishli ravishda Markaziy bankda va Davlat soliq qoʻmitasida boshqa xat-xabarlardan alohida roʻyxatdan oʻtkaziladi va Markaziy bank raisiga hamda Moliya vaziriga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelib tushgan xat-xabarlar Komissiyaning tegishli hamraisi koʻrib chiqqandan keyin Komissiya hamraisi topshiriqnomasi bilan ijro etuvchilarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xatlar, iltimosnomalar, takliflar va boshqa xat-xabarlar koʻrib chiqish uchun yuborilgan ijro etuvchilar oʻn kun muddatda yoki hamrais topshirigʻida belgilangan muddatlarda oʻz takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Davlat soliq qoʻmitasiga kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Komissiya kotibiyati aʼzolari kelib tushgan xat-xabarlarni koʻrib chiqadilar, Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlaydilar hamda umumlashtirish uchun ularni Komissiya kotiblariga beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza paytida kamchiliklar aniqlangan taqdirda hujjatlar puxta ishlab chiqish uchun xat yuboruvchiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Komissiya kotiblari Komissiya aʼzolari bilan birgalikda takliflarni umumlashtiradilar, Komissiya majlisi protokoli loyihasini tayyorlaydilar va uni kelishish uchun Komissiya aʼzolariga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya aʼzolari Komissiya protokoli loyihasini belgilangan tartibda kelishib oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Komissiya kotiblari protokol loyihasini Komissiya majlisiga kiritadilar, majlis yakunlariga koʻra uni puxta ishlab chiqadilar va Komissiya hamraislariga (yoki majlisni oʻtkazgan Komissiya hamraisiga) tasdiqlash uchun kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Komissiya hamraislari (yoki majlisni oʻtkazgan Komissiya hamraisi) Komissiya majlisi protokolini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Komissiya kotiblari Komissiya majlisining tasdiqlangan protokolini Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi boʻlimiga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi boʻlimi tasdiqlangan protokolni Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazadi hamda uning Komissiya aʼzolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga tarqatilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlari (protokollari)ning asl nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining Makroiqtisodiy rivojlanish tahlili va strategiyasi boʻlimida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya nomiga kelib tushgan boshqa barcha hujjatlarning asl nusxalari va qabul qilingan qarorlar (protokollar)ning nusxalari Komissiya kotiblarida, tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasida va Markaziy bankida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 178-modda; 2005-y., 52-son, 392-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 2-son, 25-modda, 37-son, 485-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2017-y., 9-son, 132-modda, 33-son, 863-modda)