Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 7-yanvarda 2106-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 15-dekabrdagi 129-sonli “Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2106-3 22.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 26-martdagi 95-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2106, 2010-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 165-modda) bilan tasdiqlangan Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning muqaddimasidagi “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda)” degan soʻzlar “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-dekabr,
45-son
Kelishilgan:
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2015-yil 28-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 10-modda)