30.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2748
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 30.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2748
Kuchga kirish sanasi
01.04.2016
Hujjat 15.05.2017 sanasi holatiga
Hujjat 28.12.2024 sanasi holatiga
OʻZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING

buyrugʻi
buyrugʻi
Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-dekabrda 2748-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]

Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:

1. Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Bosh direktor A. KURBANOV
Bosh direktor A. KURBANOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2015-yil 11-dekabr,
2015-yil 11-dekabr,
697-son
697-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 11-dekabrdagi 697-sonli buyrugʻiga
ILOVA

Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi

NIZOM
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni (bundan buyon matnda mutaxassislar deb yuritiladi) sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

mutaxassislarni sertifikatlashtirish organi (bundan buyon matnda MSO deb yuritiladi) — mutaxassislarni sertifikatlashtirishga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;

xodimlarmuvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun tayyorgarlikka va malakaga ega boʻlgan sertifikatlashtirilgan mutaxassislar;

mutaxassisni sertifikatlashtirish (bundan buyon matnda sertifikatlashtirish deb yuritiladi) — mutaxassisning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash boʻyicha faoliyat;

muvofiqlik sertifikati — sertifikatlashtirilgan mutaxassisning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.

2. Sertifikatlashtirish mutaxassisning muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun soʻralgan sohada vakolatliligini rasmiy tasdiqlash maqsadida oʻtkaziladi.

3. Sertifikatlashtirish amalga oshirilmagan muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida faoliyat yuritish taqiqlanadi.

MSO tomonidan mazkur MSO da ishlaydigan mutaxassislarni sertifikatlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

4. Oliy maʼlumotli, muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassisligi boʻyicha 3 yildan kam boʻlmagan umumiy mehnat stajiga, shu jumladan soʻralgan sohada mutaxassisligi boʻyicha 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda laboratoriya mutaxassislari uchun oliy maʼlumot talab etilmaydi.

Mahsulotlarni sinash boʻyicha soʻralgan sohada mutaxassislar uchun mutaxassisligi boʻyicha 3 oydan kam boʻlmagan mehnat staji talab etiladi. Bunda muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassisligi boʻyicha 3 yildan kam boʻlmagan umumiy mehnat stajiga ega boʻlish haqidagi talab ushbu toifadagi mutaxassislarga tatbiq etilmaydi.

2-bob. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish
2-bob. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish
5. Sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikatlashtirishga ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) berish;

arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;

sertifikatlashtirishni oʻtkazishga shartnoma tuzish;

sertifikatlashtirish boʻyicha imtihon oʻtkazish;

sertifikatlashtirish natijalari boʻyicha qaror qabul qilish;

muvofiqlik sertifikatini Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtkazish va berish.

6. MSO tomonidan sertifikatlashtirish arizaga asosan amalga oshiriladi. MSO ni tanlash mutaxassis tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.

7. Mutaxassis MSO ga ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda ariza beradi.

8. Mutaxassis sertifikatlashtirishga arizani, unga zarur hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda berishi mumkin.

Ariza elektron shaklda berilgan taqdirda MSO hujjatlarning skaner qilingan versiyasini qabul qiladi, soʻngra ularni sertifikatlashtirish jarayonida asl nusxasi bilan taqqoslaydi. MSO elektron shakldagi ariza olingani toʻgʻrisida mutaxassis xabardor qilinishini taʼminlaydi.

9. Arizaga:
9. Arizaga:
mutaxassisning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va mutaxassis tomonidan maxsus kurslar oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari yoki koʻchirmalari. Agar mutaxassis chet mamlakatlarda taʼlim olgan boʻlsa, chet mamlakatlarda taʼlim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatning tan olinganligi yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va mutaxassis tomonidan maxsus kurslar oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari yoki koʻchirmalari. Agar mutaxassis chet mamlakatlarda taʼlim olgan boʻlsa, chet mamlakatlarda taʼlim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatning tan olinganligi yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnomaning nusxalari;
mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma, yoki muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassisligi boʻyicha mehnat stajini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

ish joyidan tavsifnoma;
ish joyidan tavsifnoma;
3 x 4 sm oʻlchamidagi 4 ta fotosurat ilova qilinadi.

Mutaxassis oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.

10. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun mutaxassis javob beradi.

11. MSO arizani koʻrib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, natijasi boʻyicha 3 ish kuni mobaynida arizani qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.

12. Arizani qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

mutaxassis mehnat stajining ushbu Nizomning 4-bandi talablariga nomuvofiqligi;

maʼlumot boʻyicha mutaxassisligining soʻralgan sohaga nomuvofiqligi;

ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;

arizaga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarning soxtaligi yoki notoʻgʻriligining aniqlanganligi;

MSO ga arizaning mazkur MSO da bevosita ishlaydigan mutaxassis tomonidan berilganligi;

arizaning ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.

13. Arizani qabul qilish rad etilganda hujjatlar mutaxassisga qaytariladi.

Mutaxassis rad etish sabablarini bartaraf etgandan soʻng qayta ariza berish huquqiga ega.

14. Ariza qabul qilingan holatda uni qabul qilgan kundan boshlab 10 kun ichida MSO va mutaxassis oʻrtasida sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.

Sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma MSO va mutaxassisning ish beruvchisi oʻrtasida ham tuzilishi mumkin.

15. Sertifikatlashtirish sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan qiymat toʻliq toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar qiymatining toʻlovi uning natijalaridan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.

16. Sertifikatlashtirish boʻyicha imtihonni oʻtkazish uchun sertifikatlashtirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan qiymat toʻliq toʻlangandan soʻng 30 kun ichida MSO tomonidan komissiya tuziladi.

17. Komissiyaning shaxsiy tarkibi, aʼzolarining huquq, majburiyatlari va javobgarligi MSO rahbarining qarori bilan belgilanadi.

18. MSO 10 kundan kam boʻlmagan muddatda sertifikatlashtirish boʻyicha imtihon oʻtkazilishidan oldin uning oʻtkazilishi sanasi va joyi toʻgʻrisida mutaxassis va komissiya aʼzolarini xabardor qilishi kerak.

19. Imtihon davlat tilida oʻtkaziladi. Imtihon MSO ning imkoniyatlari va texnik vositalaridan kelib chiqqan holda boshqa tillarda ham oʻtkazilishi mumkin.

20. Sertifikatlashtirish boʻyicha imtihon oʻtkazish shakli mutaxassisning soʻralgan sohasidan kelib chiqib, quyidagi turlarda aniqlanadi:

akkreditatsiyaning soʻralgan sohasida — ogʻzaki imtihon va testlash;

sertifikatlashtirish, muvofiqlikni deklaratsiyalash, inspeksiya nazorati, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyaning soʻralgan sohasida — yozma imtihon va testlash;

mahsulot sinovi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertizaning soʻralgan sohasida — testlash va MSO va laboratoriyaga ega boʻlgan tashkilot oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomaga asosan oʻquv laboratoriyalari yoki akkreditatsiya qilingan yoxud attestatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida oʻtkaziladigan amaliy imtihon.

21. Sertifikatlashtirish boʻyicha imtihon topshiriqlari uning oʻtkazilish shaklidan kelib chiqib, quyidagi sonda aniqlanadi:

ogʻzaki imtihon — 7 ta (4 ta — soʻralgan soha boʻyicha, 3 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) savol;

testlash — 50 ta (25 ta — soʻralgan soha boʻyicha, 25 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) test;

yozma imtihon — 5 ta (3 ta — soʻralgan soha boʻyicha, 2 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) savol;

amaliy imtihon — 3 ta (2 ta — soʻralgan soha boʻyicha, 1 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) amaliy topshiriq.

22. Sertifikatlashtirish boʻyicha imtihon oʻtkazilgandan soʻng 1 kun ichida komissiya tomonidan oʻtkazilgan imtihon yakuni boʻyicha uning natijalari koʻrsatilgan bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va MSO rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

23. Oʻtkazilgan sertifikatlashtirish boʻyicha imtihon natijalari yuzasidan MSO tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

24. Muvofiqlik sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ushbu qaror qabul qilingan kundan 3 ish kuni ichida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi, Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladi va mutaxassisga beriladi.

25. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgandan kundan boshlab 3 yilni tashkil qiladi.

26. Muvofiqlik sertifikati blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Muvofiqlik sertifikati blankasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi va MSO ga “Oʻzstandart” agentligi tomonidan beriladi.
26. Muvofiqlik sertifikati blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Muvofiqlik sertifikati blankasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi va MSO ga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
27. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda MSO ushbu qaror qabul qilingan kuni mutaxassisni bu haqda xabardor qiladi.

28. Imtihondan oʻta olmagan mutaxassis ariza berish va shartnomani tuzish jarayonidan oʻtmagan holda muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 30 kun ichida 1-martadan ortiq boʻlmagan holda qayta imtihon topshirish huquqiga ega. Qayta imtihon topshirish uchun haq toʻlanmaydi.

29. Agar mutaxassis qayta topshirilgan imtihondan ham oʻta olmasa yoki imtihonni qayta topshirish muddatini oʻtkazib yuborgan boʻlsa, u ushbu Nizomga muvofiq umumiy tartibda ariza berish huquqiga ega.

30. Sertifikatlashtirishni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar toʻplamlari, shu jumladan arizalar, imtihon savollari, oʻtkazilgan imtihonlar natijalari boʻyicha bayonnomalar va muvofiqlik sertifikatlari nusxalari MSO da 4 yil davomida saqlanadi.

31. Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda mutaxassis “Oʻzstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
31. Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda mutaxassis Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
Shikoyatlarni qarab chiqish 2 hafta ichida amalga oshiriladi.

“Oʻzstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
3-bob. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish, shuningdek muvofiqlik sertifikatini bekor qilish

32. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi xodim tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar buzilganda muvofiqlik sertifikatini bergan MSO va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan 10 kundan oshmagan muddatga, sud tomonidan 10 kundan oshgan muddatga toʻxtatib turiladi.
32. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi xodim tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar buzilganda muvofiqlik sertifikatini bergan MSO va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan 10 kundan oshmagan muddatga, sud tomonidan 10 kundan oshgan muddatga toʻxtatib turiladi.
33. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

xodim muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda;

xodim normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni muntazam ravishda buzganda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzganda;

MSO ning muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;

muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati oʻtganda.

34. MSO ning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodimga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. “Oʻzstandart” agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Sudning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
34. MSO ning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodimga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Sudning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
Xodim MSO, “Oʻzstandart” agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik “Oʻzstandart” agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yoʻq qilib yuborish uchun MSO ga qaytarilishi lozim.
Xodim MSO, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yoʻq qilib yuborish uchun MSO ga qaytarilishi lozim.
35. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.

36. Muvofiqlik sertifikati u soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda muvofiqlik sertifikatini bergan MSO, “Oʻzstandart” agentligi va sud tomonidan bekor qilinadi.
36. Muvofiqlik sertifikati u soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda muvofiqlik sertifikatini bergan MSO, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va sud tomonidan bekor qilinadi.
37. MSO ning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodimga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. “Oʻzstandart” agentligining muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Sudning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
37. MSO ning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodimga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Sudning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
Xodim MSO, “Oʻzstandart” agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik “Oʻzstandart” agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yoʻq qilib yuborish uchun MSO ga qaytarilishi lozim.
Xodim MSO, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yoʻq qilib yuborish uchun MSO ga qaytarilishi lozim.
38. Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqida MSO, “Oʻzstandart” agentligi va sudning qarori qabul qilinganda muvofiqlik sertifikati u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi.
38. Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqida MSO, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va sudning qarori qabul qilinganda muvofiqlik sertifikati u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi.
39. MSO yoki “Oʻzstandart” agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish yoxud muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
39. MSO yoki Texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish yoxud muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
4-bob. Yakuniy qoidalar
4-bob. Yakuniy qoidalar
40. MSO berilgan va bekor qilingan muvofiqlik sertifikatlari, amal qilishi toʻxtatilgan va tugatilgan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlarini berishni rad etish holatlari hisobini yuritadi, shuningdek har oyda “Oʻzstandart” agentligiga mazkur maʼlumotni taqdim qilib boradi.
40. MSO berilgan va bekor qilingan muvofiqlik sertifikatlari, amal qilishi toʻxtatilgan va tugatilgan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlarini berishni rad etish holatlari hisobini yuritadi, shuningdek har oyda Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga mazkur maʼlumotni taqdim qilib boradi.
41. “Oʻzstandart” agentligi zaruriyat boʻlganda MSO dan sertifikatlashtirish boʻyicha hujjatlar nusxalarini soʻrab olishi mumkin.
41. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi zaruriyat boʻlganda MSO dan sertifikatlashtirish boʻyicha hujjatlar nusxalarini soʻrab olishi mumkin.
42. MSO oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida mutaxassislar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.

43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlari muvofiq javob beradi.
Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

__________________________________________________
‎(muvofiqlikni baholash boʻyicha soʻralgan sohaning nomi)

‎sohasida mutaxassisni sertifikatlashtirishga
‎ ARIZA ‎‎

‎‎1. Shaxsiy maʼlumotlar:

F.I.O.‎‎

‎‎

telefon‎‎

‎‎

elektron pochta manzili‎‎‎

‎‎‎

ish joyi, lavozimi‎‎‎

‎‎‎

mutaxassis ish beruvchisining bogʻlanish maʼlumotlari (F.I.O., lavozimi, telefon, pochta manzili, elektron pochta manzili)‎‎

‎‎
‎‎
‎2. Taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumot:

Oʻqish davri‎

Oʻquv yurtining nomi‎

Diplom raqami va berilgan sanasi‎‎

‎‎
‎‎

‎3. Faoliyatning soʻralgan sohasida taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumot:‎‎

Oʻqish davri‎

Oʻquv yurtining nomi‎

Maxsus kurslar oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami va berilgan sanasi‎‎

‎‎
‎‎

‎4. Mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot:‎‎

Mehnat faoliyati davri‎

Ish beruvchining nomi‎

Lavozim nomi‎‎

‎‎‎
‎‎
‎5. Vakolatliligini baholashga imkon beradigan qoʻshimcha maʼlumotlar:
‎_________________________________________________________________________________

‎6. Ilova:

Mutaxassis‎

_____________
‎(imzo) ‎

_____________
‎(F.I.O)‎

____________
‎(sana)‎

2-ILOVA

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATLASHTIRISH MILLIY TIZIMI
‎NATSIONALNAYA SISTEMA SERTIFIKATSII RESPUBLIKI UZBEKISTAN

‎(mutaxassislarni sertifikatlashtirish organining nomi va manzili, Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestridagi raqami)
‎(naimenovaniye i adres organa po sertifikatsii spetsialistov, № v Gosudarstvennom reyestre organov po otsenke sootvetstviya)

№‎

(blank raqami)
‎(№ blanka) ‎

‎‎MUVOFIQLIK SERTIFIKATI
‎SERTIFIKAT SOOTVETSTVIYA

(milliy muvofiqlik belgisi)
‎(natsionalniy znak sootvetstviya) ‎

‎‎Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida quyidagi raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazildi:
‎Zaregistrirovan v Gosudarstvennom reyestre natsionalnoy sistemi sertifikatsii za №:

‎berilgan sana:
‎data vidachi:

‎amal qilish muddati:
‎deystvitelen do:
‎ ‎

‎‎Muvofiqlik sertifikati
‎Sertifikat sootvetstviya podtverjdayet sootvetstviye

(rasm uchun oʻrin) (mesto dlya fotografii) ‎

‎‎(sertifikatlashtirilgan mutaxassisning F.I.O.)
‎(F.I.O. sertifitsirovannogo spetsialista)

‎‎
‎trebovaniyam, ustanovlennim v

‎(normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar)
‎(normativno-pravovie akti i normativnie dokumenti v oblasti texnicheskogo regulirovaniya)
‎belgilangan talablarga muvofiqligini
‎dlya provedeniya rabot po otsenke sootvetstviya v kachestve personala v oblasti

‎(sertifikatlashtirish oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash sohasining nomi)
‎(naimenovaniye oblasti po otsenke sootvetstviya, po kotoroy provedena sertifikatsiya)
‎sohasida xodim sifatida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun tasdiqlaydi

Mutaxassislarni sertifikatlashtirish organining rahbari
‎Rukovoditel organa po sertifikatsii spetsialistov ‎

‎‎(imzo)
‎(podpis)

‎(F.I.O.)‎

(M.Oʻ.)
‎(M.P.) ‎