21.12.2015 yildagi PQ-2454-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investor va menejerlarni keng jalb etish, korporativ boshqaruvda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashda, sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish hamda uni tashqi bozorlarga olib chiqishda ularning faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallarida davlat aktivlari va ulushlarini qisqartirish hisobidan iqtisodiyotda davlatning ishtirokini tubdan kamaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-sonli qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha komissiyaning, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam boʻlmasligidan iborat tartib joriy etilishi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2016-yilning 1-apreligacha Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda boshqa qonun va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin, ular asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining namunaviy nizomini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlari 2016-yilning 1-apreligacha oʻz nizomlari va ichki meʼyoriy hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritishni hamda ularni qarorning ushbu bandi talablariga muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam boʻlgan, avval tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari, 2016-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda mazkur qarorning 1-bandi talablari bajarilishini taʼminlashi lozim, strategik mahsulotlar ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek tabiiy monopoliya subyektlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha narxi boshqariladigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ustav kapitallariga belgilangan muddatlarda xorijiy investorlarning 15 foizdan kam boʻlmagan ulushi jalb qilinishini taʼminlamagan aksiyadorlik jamiyatlari, soliq imtiyozlari va preferensiyalar berishdan kelib chiqadigan barcha oqibatlarni hisobga olgan holda, ular aksiyadorlik jamiyatlari reyestridan chiqariladi va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilning 1-iyulidan boshlab yangi tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutiladigan holatlardan tashqari, faqat xorijiy investorning ustav kapitalidagi ishtiroki ulushi 15 foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina tashkil qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha komissiya (R. Azimov) va Vazirlar Mahkamasi komplekslari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi aksiyadorlik jamiyatlarini belgilangan muddatlarda mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirishning qatʼiy nazoratini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarga sotilishi lozim boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini baholash va savdoga qoʻyish jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarni aksiyadorlik jamiyatlariga jalb etish boʻyicha ishlarning tashkil etilishi doimiy monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushi sotilishini davom ettirish boʻyicha tizimli asosda takliflar ishlab chiqish va kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-sonli Farmoni bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga xorijiy investor tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab yuridik shaxslarning foyda soligʻi, mulk soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, yagona soliq toʻlovi, shuningdek Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlar tabaqalashtirilgan tarzda xorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigacha miqdorni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilning 1-yanvarigacha xorijiy investorlarning aksiyadorlik jamiyatlarida ularga tegishli boʻlgan aksiyalaridan dividend tarzida olayotgan daromadidan soliq toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyasi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinsin, keyinchalik davlat boji sudning tegishli qarori bilan aybdor deb topilgan tomondan undirib olinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda joylarga chiqib aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini oʻrganish uchun jalb etilgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va turish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2454-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-sonli qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2-ilovaga kiritilgan 15 foizdan kamroq xorijiy kapital ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiya paketlari faqat xorijiy investorlarga sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushi boʻlgan tijorat tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“aktivlarining balans qiymati 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlgan korxonalarda, aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqi miqdorining yuz ming karrasidan koʻproq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida esa ichki audit xizmatlari tashkil etiladi, mazkur xizmatlar kuzatuv kengashlari tomonidan tayinlanadi va ularga hisobot beradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 51-son, 633-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)