Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasidan oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi Bitimga 2006-yil 4-sentabrda imzolangan Bayonnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
ikki mamlakat oʻrtasida aloqalarni rivojlantirishga imkoniyat tugʻdiruvchi xalqaro va ikki tomonlama oʻtkazish punktlarini kelishib olish maqsadida,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasidan oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida 2001-yil 16-noyabrda imzolangan Bitimning (keyingi oʻrinlarda — Bitim) 10 moddasiga amal qilgan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Bitimning 2006-yil 4-sentabrda imzolangan Bayonnomasiga (keyingi oʻrinlarda — Bayonnoma) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1-modda kuyidagi mazmundagi abzatslar bilan toʻldirilsin:
“Bayonnomada Tomonlar quyidagi atamalardan foydalanadilar:
Ikki tomonlama (davlatlararo) oʻtkazish punkti — faqat Tomonlar davlatlari fuqarolari va transport vositalarining chegarani kesib oʻtishi uchun;
Xalqaro (koʻp tomonlama) oʻtkazish punkti — jismoniy shaxslarning, ularning fuqaroligidan qatʼi-nazar va Tomonlar davlatlari va uchinchi mamlakatlar hududida roʻyxatga olingan transport vositalarining davlat chegarasini kesib oʻtishi uchun.”;
Bayonnomaning ilovasi boʻlgan Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarining Roʻyxatida:
“Oʻtkazish punkti maqomi” toʻrtinchi ustunida “Xalqaro” soʻzidan keyin “(koʻp tomonlama)” soʻzi qoʻshilsin, “Ikki tomonlama” soʻzidan keyin “(davlatlararo)” soʻzi qoʻshilsin;
“Temir yoʻl orqali oʻtkazish punktlari” boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasi oʻtish punktining nomi kuyidagi tahrirda ifoda etilsin:
| “ | | | | | | |
| 1. | Qoraqalpogʻiston | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Beyneu | Mangistau viloyati | Xalqaro (koʻp tomonlama) | Kecha-yu-kunduz |
| | | | | | |
”; |
“Temir yoʻl orqali oʻtkazish punktlari” boʻlimi quyidagi mazmundagi 2.1 band bilan toʻldirilsin:
| “ | | | | | | |
| 2.1. | Sirdaryo | Sirdaryo viloyati | Maktaaral | Janubiy Qozogʻiston viloyati | Xalqaro (koʻp tomonlama) | Kecha-yu-kunduz |
| | | | | | |
”; |
“Avtomobil yoʻli orqali oʻtkazish punktlari” boʻlimidan 8, 10, 11, 12-bandlar chiqarib tashlansin;
“Avtomobil yoʻli orqali oʻtkazish punktlari” boʻlimida 3, 6, 7 va 9-bandlar kuyidagi tahrirda ifoda etilsin:
| “ | | | | | | |
| 3. | Daut-Ata | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Tajen | Mangistau viloyati | Xalqaro (koʻp tomonlama) | Kecha-yu-kunduz |
| 6. | Zangiota | Toshkent viloyati | Qoplonbek | Janubiy Qozogʻiston viloyati | Ikki tomonlama (davlatlararo) | Kunning yorugʻ vaqtida |
| 7. | Toshkent | Toshkent viloyati | Qizigurt | Janubiy Qozogʻiston viloyati | Ikki tomonlama (davlatlararo) | Kunning yorugʻ vaqtida |
| 8. | Guliston | Sirdaryo viloyati | Atameken | Janubiy Qozogʻiston viloyati | Ikki tomonlama (davlatlararo) | Kunning yorugʻ vaqtida |
| | | | | | |
”. |
2-modda
Mazkur Bayonnoma Bitimning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi.
Mazkur Bayonnoma Bitim amal qilishdan toʻxtagunga kadar amalda boʻladi.
Ostona shahrida 2012-yil 7-sentabrda xar biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bayonnoma qoidalarini talqin qilishda ixtiloflar kelib chiqsa, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)