18.05.2005 yildagi 58-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 18.05.2005 yildagi 58-I-son
Kuchga kirish sanasi
18.05.2005
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon shahridagi voqealarga doir
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu yilning 13-may kuni Andijon shahrida aqidaparast, ekstremist guruhlarning mahalliy davlat hokimiyati organlariga qurolli hujum yoʻli bilan amalga oshirgan jinoiy xurujini butun xalqimiz kabi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari ham qahr-gʻazab bilan qoralaydilar. Mazkur fojiali voqealarda begunoh odamlarning halok boʻlganligi deputatlarning qalbida chuqur qaygʻu va hamdardlik uygʻotdi. Oʻzbekiston xalqini oʻzi tanlagan dunyoviy, adolatli demokratik jamiyat qurish yoʻlidan qaytarish maqsadida konstitutsiyaviy tuzumni kuch ishlatish bilan oʻzgartirishga qaratilgan mazkur voqealar zamirida ildizlari mamlakatimiz sarhadlaridan tashqariga borib taqaladigan yovuz kuchlar yotibdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuzaga kelgan tang vaziyatni bartaraf etishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning xizmatlari juda kattadir. Davlatimiz rahbarining mardligi, donoligi va shijoati tufayli jinoiy guruhlarning rejalari barbod etildi hamda yanada ogʻirroq talofatlarning oldi olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon shahrida sodir boʻlgan fojiali voqealarni muhokama qilib, siyosiy partiyalar fraksiyalarining mazkur masalaga oid tashabbuslarini eʼtiborga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mamlakat barqarorligi va xavfsizligini taʼminlash borasidagi oqilona hamda izchil siyosati toʻla qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari vakillari bilan yaqin hamkorlikda, urush va mehnat faxriylari, mahalla oqsoqollari va faollari, olimlar, taʼlim, madaniyat va sanʼat xodimlari ishtirokida aholi oʻrtasida,eng avvalo, yoshlar orasida mamlakat rahbariyati tevaragida yanada mahkamroq jipslashishga, doimo hushyor boʻlish va jamiyatdagi barqarorlikka tahdid qiluvchi turli ekstremist guruhlarning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻymaslikka alohida eʼtibor qaratgan holda, muntazam ravishda keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar. Bu ishda ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida belgilab berilgan maqsad va vazifalar asosida jamiyatni yanada demokratlashtirish hamda yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalashga qaratilgan qonunchilik faoliyatini yanada kuchaytirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 5-son, 155-modda)