27.03.2013 yildagi KQ-56-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 27.03.2013 yildagi KQ-56-II-son
Kuchga kirish sanasi
27.03.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining 2010-2012-yillar va 2013-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Senat Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2010 — 2012-yillar va 2013-yilning oʻtgan davridagi (bundan buyon matnda hisobot davridagi deb yuritiladi) faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini tinglab shuni qayd etadiki, Qoʻmita mamlakat Konstitutsiyasiga, shuningdek parlament faoliyatining huquqiy asosini belgilab beradigan boshqa qonun hujjatlariga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning mamlakat parlamenti palatalarining 2010-yil yanvar oyida boʻlgan qoʻshma majlisidagi maʼruzasidan hamda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish borasida muayyan ishlarni olib borgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida mamlakat tashqi siyosiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha qonun hujjatlarini koʻrib chiqish va maʼqullashda ishtirok etgan. Hisobot davrida uning tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida koʻrib chiqish uchun 41 ta masala kiritilgan, shu jumladan davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga, mamlakatning xalqaro munosabatlar subyekti sifatidagi oʻrni va rolini yanada kuchaytirishga, Oʻzbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik mintaqasini vujudga keltirishga yoʻnaltirilgan 15 ta Oʻzbekiston Respublikasi qonuni maʼqullangan. 2012-yil sentyabr oyida “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi juda muhim voqea boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisida Qoʻmita tomonidan tayyorlangan “Mamlakat mintaqalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan parlament eshituvi boʻlib oʻtdi. Qabul qilingan Senat qarorida chet el investitsiyalarini jalb etishni tartibga soladigan tegishli qonunlarning soʻzsiz ijro etilishiga qaratilgan konkret chora-tadbirlar belgilandi. Bundan tashqari, Qoʻmita tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishini hamda eng muhim xalqaro huquqiy hujjatlarni implementatsiya qilishning borishini tahlil etishga bagʻishlangan 8 ta nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatni siyosiy modernizatsiya qilish vazifalariga va jamiyat hayotida, mintaqalarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashda parlamentning rolini oshirish zarurligidan kelib chiqib, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 4 ta konferensiya, 8 ta seminar, 7 ta davra suhbati oʻtkazilgan. Bu sohadagi faoliyatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri parlament aʼzolari hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlarining deputatlari qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash faoliyatining asosiy shakllari hamda usullarini egallab olishlariga yordam berishdan iborat boʻlgan. Qoʻmita tomonidan hisobot davrida tashkil etilgan hamma tadbirlar zamonaviy interfaol usullardan foydalangan holda oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir qator tadbirlar mamlakatni va Markaziy Osiyo mintaqasini rivojlantirishning dolzarb masalalarini tahlil qilishga, mintaqaviy barqarorlik va rivojlanish muammolari boʻyicha Oʻzbekiston parlamenti aʼzolarining nuqtai-nazarini jahon jamoatchiligiga yetkazishga bagʻishlangan. 2010-yil iyunda Qirgʻiz Respublikasi janubidagi vaziyatni muhokama qilish masalasi boʻyicha Qoʻmita majlisi boʻlib oʻtdi. 2010-yilda oʻtkazilgan davra suhbati transchegaraviy suv havzalari obyektlaridagi gidroenergetika inshootlarining xavfsizligi bilan bogʻliq dolzarb masalalarni muhokama qilishga bagʻishlandi. 2013-yil yanvarda Qoʻmita tomonidan mamlakat Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga muvofiq Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash muammolarining ekspertlar tomonidan muhokamasi oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan xalqaro parlamentlararo aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishga doimiy eʼtibor berib kelingan. Bunda mintaqa va jahon miqyosidagi dolzarb muammolar boʻyicha chet el parlament aʼzolari bilan muloqotni rivojlantirish, shuningdek rivojlangan demokratik mamlakatlar vakillik hokimiyati organlarining faoliyat tajribasini oʻrganish shu sohadagi asosiy vazifa deb qaralgan. Xalqaro muloqotda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar haqidagi axborotni chet ellik sheriklarga yetkazish markaziy oʻrinda turgan. Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan chet el delegatsiyalari bilan 108 ta muzokara, Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan 75 ta uchrashuv tashkil etilgan. Chet el parlament delegatsiyalarining boʻlib oʻtgan rasmiy tashriflari davomida Buyuk Britaniya Parlamenti (2010-yil) hamda Butunxitoy Xalq Vakillari Majlisi (2011-yil) bilan ikkita parlamentlararo kelishuv imzolangan boʻlib, bu kelishuvlar parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat rahbariyati darajasidagi delegatsiyalarning Yaponiyaga (2010-yil 10 — 15-dekabr), Xitoy Xalq Respublikasiga (2011-yil 20 – 26-iyul) va Malayziyaga (2013-yil 26-27-fevral) qator rasmiy tashriflari alohida ahamiyatga ega boʻldi. Bundan tashqari Senat qoʻmitalari darajasida Belgiyaga, Buyuk Britaniyaga, Germaniyaga, XXRga, Koreyaga, AQShga, Fransiyaga va boshqa mamlakatlarga ish yuzasidan qator tashriflar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashish maqsadida Qoʻmita tomonidan Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi va BMT Taraqqiyot Dasturining vakolatxonasi bilan birgalikda mamlakat mintaqalarida bir qator seminar-treninglar oʻtkazilgan, shuningdek Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizom tayyorlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari 3 530 ta tadbirda ishtirok etganlar, ommaviy axborot vositalarida 11 384 ta chiqish eʼlon qilingan va efirga uzatilgan. Qoʻmitaning bir qator aʼzolari muntazam ravishda tashabbus koʻrsatib kelgan, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda, mintaqalardagi masalalarni hal qilishda Senatning rolini oshirish yuzasidan takliflarni ilgari surgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Qoʻmitaning hisobot davridagi faoliyatini tahlil qilish uning ishida bir qator foydalanilmagan imkoniyatlar borligini koʻrsatadi. Mintaqalarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash, tegishli qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining toʻgʻridan toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb etishni ragʻbatlantirishga doir farmonlarini va qarorlarini ijro etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar qoʻyilgan talablarga hali toʻliq javob bermaydi. Koʻpincha bu ishda taʼsirchanlik, aniqlik yetishmaydi, qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish yetarli amalga oshirilmayotir, ijro etuvchi hokimiyat organlarining senator soʻrovlariga munosabat bildirishi masalalarida talabchanlik past.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita oʻzining aʼzolari boʻlmish barcha senatorlarni xalqaro parlamentlararo hamkorlikka bevosita va faol jalb etishga hali ham erisha olmagan. Shuningdek, BMT Taraqqiyot Dasturining “Parlament rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligi yetarli emasligini ham koʻrsatib oʻtish kerak. Bu eng avvalo mamlakat oliy oʻquv yurtlari va akademik institutlari mutaxassislarining Senatning nazorat-tahlil materiallarini ekspert sifatida koʻrib chiqishda faol ishtirok etishiga taalluqlidir. Qoʻmita mintaqa mamlakatlariga nisbatan bir-birlarining manfaatlarini oʻzaro hisobga olish, konstruktiv muloqot hamda xalqaro huquq normalari asosida dolzarb muammolarni hal qilish maqsadida parlament diplomatiyasi resurslaridan foydalanishga ham koʻproq eʼtibor berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining raisi S. Safoyevning Qoʻmitaning 2010 — 2012-yillar va 2013-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining 2010 — 2012-yillar va 2013-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2010-yil 27-yanvar va 12-noyabrdagi qoʻshma majlislaridagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” hamda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli maʼruzalaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasidan kelib chiqadigan vazifalar asosida ancha yaxshilash zarurligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi (S. Safoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan uzil-kesil choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarni koʻrib chiqish jarayoni sifat jihatidan yaxshilanishini taʼminlasin, umumdavlat manfaatlari mintaqalarning ehtiyojlari bilan mustahkam bogʻlanishiga erishsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun hujjatlari talablarini va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish borasidagi faoliyati ustidan parlament nazoratining taʼsirchanligi va samaradorligini oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rolini kuchaytirishga oʻz vakolatlari doirasida yordam bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro parlamentlararo aloqalar yanada rivojlanishini, dolzarb mintaqaviy va jahon miqyosidagi muammolar boʻyicha chet el parlament aʼzolari bilan muloqot chuqurlashuvini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan demokratik mamlakatlar vakillik hokimiyati organlarining faoliyat tajribasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar haqida, jamiyat faoliyatida parlamentning roli oshib borayotganligi toʻgʻrisida chet ellik hamkorlarni xabardor qilish borasida tizimli ish olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida qoʻygan talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining har bir aʼzosi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning konkret masalalarini hal qilishni, ularni tashabbuskorlik asosida Qoʻmita, Senat Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislari muhokamasiga kiritishni oʻz faoliyatlarining ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament nazoratining qonun hujjatlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarishning dolzarb masalalari boʻyicha parlament soʻrovlari yuborish va parlament eshituvlarini oʻtkazish kabi shakllaridan yanada faolroq foydalansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya faoliyati, qulay investitsiya muhitini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotiga, shu jumladan uning mintaqalariga chet el investitsiyalarini jalb etish sohasidagi qonun hujjatlari talablari ijro etilishi ustidan parlament nazoratining taʼsirchanligini tubdan oshirishga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mohiyati hamda ahamiyatini joylarda tushuntirish ishida senatorlar faol ishtirok etishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-56-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 4-son, 120-modda)