Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.08.2021 30.03.1999 yildagi 143-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.08.2021
Hujjat 30.03.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI KATTA VA ALOHIDA MUHIM SUV XOʻJALIGI OBYEKTLARINING TEXNIK HOLATINI HAMDA BEXATAR IShLAShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI (“DAVSUVXOʻJALIKNAZORAT” INSPEKSIYASI)NI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim qonunchilik hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Farmonini roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari roʻyxati 1-ilova* ga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi xodimlarining cheklangan soni 9 kishidan iborat boʻlgan boshqaruv apparati, shuningdek, 13 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat boʻlgan viloyat boʻlinmalari tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, inspektorlar esa — “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqomi va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi vazirga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv apparatining katta mutaxassislari — vazirlik va idora mustaqil boshqarmasi va boʻlimi boshliqlariga, mutaxassislari — boshqarma boʻlimi boshliqlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining viloyat inspektorlari — viloyat hokimliklarining tegishli mustaqil boʻlimlari rahbarlariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili “Oʻzdavsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi va uning viloyat boʻlinmalari apparati xarajatlariga hamda tashkiliy texnika va boshqa zarur materiallar xarid qilish uchun budjet mablagʻlari va xizmatda foydalanish uchun bitta yengil avtomashinaga limit ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi apparatini joylashtirish uchun 10 kun muddatda joy ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Hukumat aloqasi xizmati “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasini telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat, shahar va xalqaro telefon aloqasi bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi ikki oy muddatda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini puxta xatlovdan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
30-martdagi 143-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjalik obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi deb ataladi) katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holati ishonchliligini hamda bexatar ishlashini taʼminlash boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. ASOSIY VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim va katta suv xoʻjaligi obyektlarining, shu jumladan viloyatlararo suv chiqarish traktlari va kollektorlarining texnik holati va bexatar ishlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va yagona inshootlarning texnik qayta jihozlanishi va ularning asbob-uskunalari yangilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining qurilishi va rekonstruksiya qilinishini loyihalashning ahvoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli qoʻriqlanishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi vakolatli organlarga suv muhofazasi zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning qirgʻoqlarini belgilash boʻyicha ishlarni tashkil etishda koʻmaklashadi hamda ushbu zonalar va qirgʻoqlarga quyiladigan talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari bilan birgalikda Markaziy Osiyo davlatlari bilan davlatlararo hamda chegara boʻyi suv obyektlaridan foydalanish masalalarini hal qilishda qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. FUNKSIYALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuklangan vazifalarga muvofiq “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holati hamda bexatar ishlashi bilan bogʻliq hodisalarning oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi hamda bexatar ishlashini ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik va xavfsizlik holatining ishonchliligi bilan bogʻliq idoralararo va davlatlararo komissiyalar ishida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining faoliyati bilan bogʻliq hukumat yoki boshqa davlat organlarining qarorlari loyihalarini tayyorlashda va ularni koʻrib chiqishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining bexatarligi qoidalarini ishlab chiqishni va tasdiqlashni tashkil etish, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining bexatarligi mezonlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarini joylashtirishda, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarini loyihalash uchun topshiriqlarni kelishishda, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishishda, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarini qurish sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish qoidalarini kelishishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yuritish va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari hududlari, daryolar oʻzanlari va ularga tutash toʻgʻonning quyi va yuqori hududlari (suv muhofazasi zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno)dan foydalanishni kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining bexatarligi sohasida huquqiy normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz funksiyalarini va oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlariga toʻsiqsiz kirish, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining bexatarligi va texnik nazoratni tashkil etish masalalariga doir materiallar bilan tanishib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanilishi, uning texnik va xavfsizlik holati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini tekshirish. Koʻrsatib oʻtilgan tekshirishlarga tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalarning vakillari hamda buyurtmachining vakillari jalb etilishi mumkin. Zarur hollarda, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining topshirigʻiga koʻra tekshirishlar ushbu vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan oʻtkazilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning bexatarligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralar, shuningdek, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining maʼruzalarini, axborotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning bexatarligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, chora-tadbirlar rejalari, buyruqlar, yoʻriqnomalar, hujjatlar, maʼlumotlar va materiallarni talab qilish va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning bexatarligini taʼminlash boʻyicha ishlardagi aniqlangan qoida buzishlar va kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralarga, shuningdek, tashkilotlar va korxonalarga bajarilishi shart boʻlgan yozma koʻrsatmalar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. “DAVSUVXOʻJALIKNAZORAT” INSPEKSIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining mansabdor shaxslari katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlariga toʻsiqsiz kirishga, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarning texnik holati va bexatarligi va texnik nazoratni tashkil etish masalalariga doir materiallar bilan tanishib chiqishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan rais boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi faoliyatining ayrim yoʻnalishlariga rahbarlik qilish uchun ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish yuzasidan oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan birgalikda qoʻshma buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasida yirik gidrotexnika va boshqa muhandislik inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish sohasidagi yetakchi mutaxassislardan iborat Ekspert kengashi tuziladi. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining raisi lavozimiga koʻra Ekspert kengashining raisi hisoblanadi. Ekspert kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert kengashi katta suv xoʻjaligi obyektlaridan bexatar foydalanish va ularning ishonchli ishlashining eng muhim masalalarini koʻrib chiqadi, gidrotexnika inshootlarining barqaror va bexatar ishlashi uchun ularni rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyanomalar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert kengashining qarorlari, qoidaga koʻra, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisining buyruqlari bilan roʻyobga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert kengashi majlislariga ayrim vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning manfaatlariga tegishli masalalarni hal qilish uchun ularning vakillari taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi tuzilmasi va xodimlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining shtatlar jadvali uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining inspektorlari katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holati va bexatar ishlashi ustidan nazorat oʻrnatish yuzasidan joylarda oʻz faoliyatlarini “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan tadbirlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
30-martdagi 143-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini va bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi)ning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.