17.06.2011 yildagi 312-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 17.06.2011 yildagi 312-II-son
Kuchga kirish sanasi
17.06.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2011-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2011-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2011-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlab oʻtilsinki, 2011-yil birinchi choragida Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 42,0 mlrd coʻm miqdorida ortiq boʻlishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish sohasidagi vazifalarni amalga oshirish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan va izchil ish olib borilishini taʼminlash uchun korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha strategik ahamiyatga molik va samarali investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kreditlash hajmlari yanada oshirilishini, raqobatbardosh mahsulot hajmlari koʻpaytirilishini va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyati oʻsishini, soliq tushumlari mexanizmi takomillashtirilishini, Davlat budjetining gʻazna ijrosi boʻyicha chora-tadbirlar kuchaytirilishini, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini va budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilishini, shuningdek aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va uning turmush farovonligini oshirish uchun xarajatlar toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirilishini, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturining hamda 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eʼtibori budjet mablagʻlaridan aniq maqsadda foydalanilishini taʼminlashga hamda budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga, soliq bazasini va mintaqalarning moliyaviy salohiyatini kengaytirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish hamda shu asosda mahalliy budjetlar xarajatlarining toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlashga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
312-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 6-son, 143-modda)