25.11.2015 yildagi 343-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.11.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida biogaz qurilmalari qurishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori bilan maʼqullangan 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturini ijro etish yuzasidan, respublikaning chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida biogaz qurilmalari qurishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008 — 2014-yillar mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Global ekologik jamgʻarma (GEF) doirasida Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan, fermer xoʻjaliklarida biogaz qurilmalari qurish boʻyicha amalga oshirilgan tajriba loyihalari asosida biogaz qurilmalarini amalda keng joriy etish va biogaz energiyadan foydalanish imkoniyatlari sinovdan oʻtkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzstandart” agentligi tomonidan “OʼzDSt 2798:2013 Biogaz qurilmalari. Umumiy texnik shartlar” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti amalga kiritilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biogaz qurilmalaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek biogaz qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlar, tegishli ravishda, energiyaning tiklanadigan manbalaridan energiya ishlab chiqarish qurilmalari qoʻllanilgan holda energiya ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlar hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biogaz qurilmalaridan (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq) foydalanuvchi tashkilotlarga, shuningdek biogaz qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorining 5 va 6-bandlari tatbiq etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. II bosqich” loyihasining “Qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini pasaytirish” qismini amalga oshirish uchun energiyani tejaydigan texnologiyalarni va energiyaning muqobil manbalarini joriy etishga Global ekologik jamgʻarma (GEF) trast fondining 12,699 mln AQSh dollari miqdoridagi grantlari ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda biogaz qurilmalari qurish loyihalari tashabbuskorlarining buyurtmanomalari boʻyicha ruxsat berish tartib-qoidalaridan oʻtish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda “yagona darcha” prinsipi boʻyicha yer uchastkalari ajratilishini va vakolatli tashkilotlar tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnomalar berilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat berish tartib-qoidalaridan oʻtish muddatlariga rioya qilinishi, biogaz qurilmalari qurish, ularni ishga tushirish va ulardan foydalanishda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish ustidan amaliy nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-son qaroriga muvofiq loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy valyutadagi subkreditlar ajratish tijorat bankining marjasi 3 foizdan ortiq boʻlmagan va milliy valyutada — 4,5 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda undirilgan holda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta qurish agentligi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hamkorbank” ATB, “Turonbank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Xalq banki” AT, “Ipak yoʻli” AITB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning buyurtmanomalari boʻyicha biogaz qurilmalarini qurish uchun grantlar berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biogaz qurilmalarini qurish, maxsus asbob-uskunalarni montaj qilish va ulardan foydalanish boʻyicha metodik tavsiyalar, shuningdek biogaz qurilmalarining namunaviy loyihasi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tijorat banklariga biogaz qurilmalari qurish loyihalarining tashabbuskorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkasi boʻyicha kreditlar berish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida biogaz qurilmalari qurishning hududiy manzilli dasturlarini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biogaz qurilmalari ishlab chiqarish boʻyicha loyihalar Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilishini tashkilotlar va potensial tadbirkorlarga yetkazish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli loyihalarning hujjatlarini keyinchalik Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun ishlab chiqish va belgilangan tartibda taqdim etishda biogaz qurilmalari uchun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish boshlanishiga qarab biogaz qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlarga koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqsinlar hamda Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus idoralararo komissiyaning koʻrib chiqishi uchun kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2016/2017 oʻquv yilidan boshlab qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tegishli oʻquv fanlari dasturlariga “Qishloq xoʻjaligi texnikasi” taʼlim sohasi yoʻnalishlari va “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” va “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” yoʻnalishlari doirasida “Biogaz qurilmalari. Qurish va ulardan foydalanish” mavzulari (boʻlimlar)ni kiritishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi 2016-yil 1-yanvardan boshlab statistika hisobotining amaldagi shakllari doirasida ishga tushirilgan biogaz qurilmalari soni hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmlari hisobi yuritilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr energiyasi isteʼmolchilari ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berish uchun yagona elektr energiyasi tizimi bilan parallel tarzda barqaror ishlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar vositasida ulanishga doir texnik shartlar olingandan va bajarilgandan keyin yagona elektr energiyasi tizimining elektr tarmoqlariga ulanishlari mumkin, shuningdek elektr energiyasi sifatiga qoʻyiladigan talablarni bajarishga, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining belgilangan dispetcherlik rejimiga rioya qilishga, tizim operatorining va yuqori turuvchi tezkor-dispetcherlik xizmatlarining koʻrsatmalariga va farmoyishlariga boʻysunishga majburdirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan, isteʼmolchilar tomonidan yagona elektr energiyasi tizimining elektr tarmoqlariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar oxirgi isteʼmolchilar uchun belgilangan tariflar boʻyicha, elektr taʼminoti korxonalarining elektr energiyasini uzatish boʻyicha xarajatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona elektr energiyasi tizimiga elektr energiyasi yetkazib berishning yillik hajmlari tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr energiyasi isteʼmolchilari bilan “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati oʻrtasidagi shartnoma bilan tasdiqlanadi va rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
343-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 47-son, 599-modda; 2017-y., 32-son, 817-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)