Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bir nechta bankda hisob raqamlar ochish va ulardan toʻlovlarni amalga oshirish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 864-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 20-dekabrda 97 va 99-89-son bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bir nechta bankda hisob raqamlar ochish va ulardan toʻlovlarni amalga oshirish tartibi (roʻyxat raqami 864, 2000-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-noyabr,
97-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-noyabr,
135-V-1-son
Kelishilgan:
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2015-yil 6-noyabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 46-son, 587-modda)