17.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2729
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 17.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2729
Kuchga kirish sanasi
23.11.2015
Hujjat 19.03.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va bugʻ qozonlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2729]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son “Respublikaning issiqlik va suv taʼminoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va bugʻ qozonlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor U. XALMUXAMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 19-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107-son

Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2015-yil 19-oktabrdagi 107-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va bugʻ qozonlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va bugʻ qozonlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va bugʻ qozonlarini oʻrnatish va ulardan foydalanuvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar orqali amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan rezervuarlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xodimlar Qurilish, qurilish-montaj va taʼmirlash-qurilish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (roʻyxat raqami 2224, 2011-yil 10-may) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Zaharli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, materiallarni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-2014 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-2004 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, oʻrtacha ogʻir ishda 17 °C va ogʻir ishda 16 °C dan past boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 22 °C dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(14-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 8 °C dan 20 °C gacha boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar boʻshatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-§. Ish vaqti va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlikning umumiy talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-2014 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Ishlab chiqarish jarayonlari. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar”ga muvofiq tashkil etilishi kerak.
(95-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlikni taʼminlashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va qozonlarni oʻrnatish va ulardan foydalanishda mos boʻlgan texnologik jarayonlarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikastlanish va kasb kasalliklariga olib kelmaydigan ishlab chiqarish uskunalarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-oʻlchov asboblarini, avariyalarga qarshi himoya qurilmalarini hamda axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish vositalarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor va germetik ishlaydigan berkituvchi va tartiblovchi armaturalarni hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini chegaralovchi vositalarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish uskunalarini qulay joylashtirish va ish joylarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlashning oldini olish va yongʻindan himoyalanishga doir texnik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Ishlab chiqarish jarayonida gaz xavfi bor ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Ortiqcha bosimli suv isitish qozonlari, suv isitgichlar va qozonlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish jarayonlarida yongʻin va portlash xavfi bor muhitning ruxsat etilgan chegarasi haqida xabar beruvchi va qurilmani xavfsiz tarzda toʻxtatib qoʻyadigan yoki jarayonni xavfsiz holatga oʻtkazadigan avtomatik himoya tizimi rejalashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Tashkilotlarda texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha uskunalarning texnik hujjatlari (pasporti, chizmasi va ishlatishga doir qoʻllanmasi) boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi uskunalar ketma-ketligi blokirovka (avtomatik toʻxtatib qoʻyish) tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Texnologik uskunalarga tashkilot rahbari tomonidan mazkur ishni bajarish topshirilgan xodim tomonidan xizmat koʻrsatilishi lozim. Begona shaxslarning ishlab chiqarish joylarida boʻlishlariga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qoʻllash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan boʻlimlarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Qozonxonada yongʻin (portlash) yuz berganda, yongʻindan saqlash xizmati tezda chaqirilib, qozon holatining nazoratini davom ettirish va yongʻinni oʻchirish choralari koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozonxonada yongʻin (portlash) yuz berganda, qozonxona binosining tashqarisidagi zulfin yordamida gazning kelishi toʻxtatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻin qozonlarga xavf solayotgan boʻlsa va uni oʻchirishning iloji boʻlmasa, qozonlarni avariya tartibida tezda toʻxtatish, unga suv yuborib, ichidagi bugʻni atmosferaga (bino tashqarisi) chiqarib yuborish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(114-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa, IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi boʻyicha komissiyada sinovdan oʻtishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlari butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchlanishi 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻr bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish va nazorat qilishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Tashkilot rahbariyati tegishli xizmat koʻrsatishni tashkil qilish, qozonlarni soz holda saqlanishini va ulardan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya qilinishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Tashkilot rahbariyati davriy ravishda (yilda kamida bir marta) qozonlarning ishlashini nazorat qilib borishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Qozonlarning texnik holati va ulardan foydalanishni nazorat qilish tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida muhandis-texnik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, bular quyidagilardan tashkil topadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonlarni ishchi holatdaligini koʻzdan kechirish va ulardan foydalanishda belgilangan tartibga rioya qilinayotganligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Qozonlarning texnik holati va ulardan foydalanishni nazorat qilish boʻyicha muhandis-texnik xodimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tashkilot rahbari, sex va boʻlimlarning muhandis-texnik xodimlari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan topshiriqlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot rahbariyatiga kamchiliklarning sabablarini bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat xodimlari orasida malakasi yetarli boʻlmagan xodimlar aniqlanganda, shuningdek xodimning malaka oshirish muddatlari oʻtib ketganda, uni qozonga xizmat koʻrsatishdan chetlatish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Qozonxonaga qozonlardan foydalanish va qozonxona uskunalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Zaruriyat tugʻilganda begona shaxslar qozonxonaga faqatgina uning rahbari ruxsati va uning vakili ishtirokida kirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Qozonlarni soz holatda saqlash va ulardan xavfsiz foydalanishga masʼul etib tayinlangan shaxs maxsus texnik maʼlumotga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Qozonlarni soz holatda saqlash va ulardan xavfsiz foydalanishga masʼul etib tayinlangan shaxs quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonlarni ishchi holatdaligini muntazam koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish kunlarida navbatchilik jurnalidagi qaydlarni tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonlarni oʻz vaqtida rejali taʼmirlashdan oʻtkazish hamda ularni texnik koʻrikdan oʻtkazishga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga tegishli yoʻl-yoʻriqlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozon pasporti va ishlab chiqaruvchi zavodning qozonlarni montaj qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalarini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonxona xodimlari bilan avariya va yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozondan foydalanish va taʼmirlashda texnik hujjatlardagi yozuvlarning toʻgʻriligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Qozonlarni avariya holatida toʻxtatishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Qozonlar quyidagi hollarda darhol toʻxtatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlovchi klapanda nosozliklar aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozon barabanidagi bosim ruxsat etilgandan 10 foizga oshganda hamda uning oshishi davom etsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barabandagi suv darajasi yoʻl qoʻyiladigan eng past darajadan kam boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barabandagi suv darajasi yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajadan yuqori boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha suv nasoslari faoliyati toʻxtasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv harorat koʻrsatkichlarining harakati toʻxtasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonning asosiy qismlarida (baraban, kollektor, kamera, bugʻ va suv oʻtkazish quvurlari, yongʻin qutilari, oʻchoq qoplamasi, quvur panjarasi, tashqi ajratgich armatura) yoriq (darz) payvandlangan joylardan oʻtish (suv oʻtish) joylari paydo boʻlsa yoxud anker bolti uzilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamerada yoqilgʻi yonganda olov oʻchib qolsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isitish qozoni orqali oʻtuvchi suv sarfi minimal darajadan kam boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik va avtomatik ogohlantirish tizimi nosoz boʻlsa, bu qurilmalarda kuchlanish yoʻqolsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonda yongʻin yuz berganda va xodimlar jarohatlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonning meʼyoriy hisoblangan ishlash muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozondagi suvning sarfini oʻlchaydigan asboblar ishdan chiqsa yoki qozonda 30 soniyadan ortiq vaqt davomida har qanday suv oqimlar toʻxtatilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dudburon va tutun ventilyatorlari oʻchirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻchoqda, gaz yoʻli yoki kulni saqlab turuvchi qurilmalarda portlash yuz bersa hamda xodimlar jarohatlanishi va uskunalar shikastlanishiga sabab boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozon chetlaridagi mazut va gaz quvurlari buzilishida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Qozonni avariyaviy toʻxtatish tartibi ishlab chiqarish yoʻriqnomalarida koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozonni avariyaviy toʻxtatish sababi navbatchilik jurnalida yozib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Qozonxonalarda avariya yuz beradigan hollarda uni toʻxtatishda xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagi choralar qoʻllanilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqilgʻi va havo kelishini toʻxtatib, tutun yoʻlini tortish kuchini tezda sustlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zudlik bilan oʻchoqdagi yoqilgʻini olib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻchoqda oʻt yonishi toʻxtagandan keyin tutun zaslonkasini, qoʻl bilan yoqish oʻchoqlarida esa, uning eshikchalarini ochib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlagich klapanlarini koʻtarib qoʻyish yoki avariya joʻmragi orqali bugʻlarni chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Issiqlik elektrostansiyalaridagi qozonlarni avariya holatida toʻxtatish Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari (roʻyxat raqami 1405, 2004-yil 10-sentabr) talablariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Asosiy va yordamchi uskunani tegishli texnik hisoblarga ega boʻlgan poydevor va asoslarga oʻrnatish, moslash va ishonchli tarzda mahkamlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Uskunani montaj qilish ishlab chiqaruvchi zavod loyihasi va yoʻriqnomasiga mos holda bajarilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Uskunani montaj qilish paytida loyihani ishlab chiqqan tashkilotning ruxsatisiz chizmalarga oʻzgartirish kiritish yoki undan chetga chiqishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Uskunani demontaj qilish vaqtida uning elektr yuritmasi elektr tokidan uzib qoʻyilishi, yuritma tasmalari yechib olinishi, ishga tushirish qurilmalariga esa “Ishga tushirilmasin — odamlar ishlayapti!” deb yozilgan plakatlar osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Uskunani elektr tarmoqqa ulash va ishga tushirish faqat hamma himoya va saqlash qurilmalari oʻz joyiga oʻrnatilgandan keyin masʼul xodim ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Yaroqsiz uskunada ishlash taqiqlanadi. Uzoq vaqt ishlatilmagan va yaroqsiz uskuna barcha energiya eltgich va texnologik quvuroʻtkazgichchlardan (elektr kuchlanishi, siqilgan havo va hokazolar) uzib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Qozonlarni oʻrnatish va ulardan foydalanishda hamda qozonlarning tuzilishiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Bugʻ va suyuqlik qozonlari qozonxonada alohida-alohida oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Qozonlarni ochiq maydonlarga oʻrnatganda yuqori organik issiqlik va issiqlik sovishini oldini olish choralari amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Quvurlar va yuqori organik issiqlik idishlari joylashtirilgan qozonxonalarda qozonning sovishiga olib kelmaydigan harorat taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Qozonxona binosida qozonlarni oʻrnatish joyi eshik qurilmasidan 2 m dan kam boʻlmagan balandlikda pardevordan ajratilgan holda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Qozonxona binosidagi birinchi qavat polining balandligi bino atrofidagi hudud balandligidan past boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Qozonxonaga kirish-chiqish eshiklari faqat tashqariga ochilishi lozim. Eshiklarda ichkaridan berkitiladigan moslama boʻlmasligi kerak. Qozonxonadan chiqadigan eshiklar qozonlar ishlab turganda berkitilmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Har bir qozon uchun isitish yuzasini texnik koʻrikdan oʻtkazish va smolali qatlamdan tozalash grafigi belgilangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Qozonxona binosida tez alangalanadigan yoqilgʻi solingan idishlar hamda yonuvchi moylash materiallarining zaxirasini saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Suyuq yoqilgʻini yondirishda forsunkalardan tomadigan yoqilgʻini qozonxona poliga tushirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Suyuq yoqilgʻi keladigan oʻtkazgich quvurlariga zarur hollarda qozonlarga borishini toʻxtatadigan berkitish joʻmraklari oʻrnatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Qozonxonada favqulodda vaziyatlar uchun ovozli signalizatsiya tizimi, tashkilot rahbariyati va bugʻ isteʼmolchilari bilan aloqa oʻrnatish uchun aloqa vositalari boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Qozonlar ishlab turganda quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻchoqda yonish jarayoni tugab, bosim atmosfera bosimi darajasiga tushmaguncha qozonni qarovsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonning bosim ostidagi elementlarida taʼmirlash ishlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatchilikda turgan mashinistga (oʻt yoquvchiga) uning ishlab chiqarish yoʻriqnomasida koʻzda tutilmagan ishni bajarishni topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Qozonlarning ishlashi toʻxtatilganda, zudlik bilan oʻchoqqa yoqilgʻi va havo berishni toʻxtatish, moʻrilar va shamollatgichlarni berkitish orqali tutun soʻrilishini toʻxtatish hamda barcha havo va gaz zaslonkalarini berkitish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Qozonga va qozonning qurilmalariga ulardan foydalanishga ruxsati boʻlmagan shaxslarning qoʻyilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Qozon konstruksiyasining qurilmalari ularning buzilishini oldini olish uchun ankerli boltalar bilan mahkamlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Qozon barabanida ichki qurilmalarni mustahkamlash uchun payvandlangan birikmalardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Qozon tuzilishi uning barcha qismlarining bir xilda isitilishi va meʼyoriy ishlash tartibini taʼminlashi lozim. Bunda qozonning alohida qismlari issiqlikdan kengayishini hisobga olish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Qozonda tabiiy havo aylanishi uchun oʻrnatilgan qurilmada barabandan tashqarida joylashtirilgan ilgakka tirgak mahkamlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Qozonning tuzilishi bosim ostidagi barcha qismlardan qozon suv bilan toʻlganda havoni chiqarish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Qozonlarning qurilmalariga quyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Qozonxona qurilmalari SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
(166-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Qozonxona qurilmasi qismlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, tartibga solish, sozlash paytida foydalaniladigan, yechib olinadigan uskunalarini jips oʻrnatish uchun ularga boʻyoq yoki lak surtish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Qozonxona qurilmasining konstruksiyasi uni montaj qilishda, sinash va taʼmirlashda hamda xizmat muddati davomida ishlatishda xavfsizlikni taʼminlashi lozim. Toʻsiqlarning gʻilof va eshiklarida ularning ishonchli berk holatda turishini taʼminlaydigan moslamalar boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Qozondagi suv sathini koʻrsatuvchi uskuna yassi, silliq yoki qoʻtir shaffof shisha plastinkadan iborat boʻlib, kamida 80 mm li koʻrish tirqishiga ega boʻlishi zarur. Mazkur koʻrish tirqishi koʻpi bilan 2 m balandlikda, old tomonga koʻpi bilan 30º qiya qilib, tik holatda oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Qozonga umumiy bugʻ oʻtkazish qobiliyati qozonning bir soatlik unumdorligidan past boʻlmagan kamida ikkita bugʻ saqlagich klapanlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Saqlagich klapanlari xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning tegib ketishidan himoyalovchi toʻsiqlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Tuynik, tirqish, qopqoq va oʻtxona eshiklaridan foydalanishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Baraban va kollektorlarning tuynuklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylana ellips yoki oval shaklda boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylana diametri 400 mm dan kam boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ellips yoki oval tuynuk oʻqining oʻlchami 300 x 400 mm dan kam boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuynuk qopqogʻining ogʻirligi 30 kg dan ortiq boʻlishi va asbobni qulay ochish va yopishni taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki diametri 150 mm dan ortiq boʻlgan kollektorlarda ichki sirtini tozalash va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun ellips yoki aylana shakldagi 80 mm dan kam boʻlmagan oʻlchamdagi tuynuklar nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Oʻchoq va gaz yoʻli devorida isitishni nazorat qilish, isitish yuzasi holati, shuningdek baraban va kollektorlarining isitish qismlari izolyatsiyasi uchun tuynuk va koʻzgu nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻgʻri burchakli tuynuklar oʻlchamlari 400−450 mm dan, aylana tuynuklar diametri 450 mm dan kam boʻlmasligi kerak va qozon qismlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun uning ichiga kirish imkoniyatini taʼminlashi kerak. Issiqlik quvurlari va gaz quvurli qozonlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Eshiklar va tuynuklar, qopqoqlar va tirqishlar mustahkam boʻlishi hamda oʻz-oʻzidan ochilib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Qozon qurilmalaridan foydalanishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Yoqilgʻi kamerali kuydirish yoki torf taxta qirindisi va boshqa mayda ishlab chiqarish chiqindilarini yoquvchi shaxta oʻchoq bilan jihozlangan qozonlar portlashdan saqlovchi qurilmalar bilan taʼminlanishi kerak. Bu qurilmalar qozon ekonomayzeri va kulini yoʻqotish qurilmalari joylashgan oʻtxona devorlarida oʻrnatilishi kerak. Portlashdan saqlovchi qurilmalari xodimlarning jarohat olishiga olib kelmaydigan holda oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Portlashdan saqlovchi qurilmalarning tuzilish, miqdori, joylashishi va shartli kesimi oʻlchamlari qozon loyihasida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Qozon utilizatorida qozonga tutun chiquvchi, gazlarni uzatishni tezda oʻchirish imkonini beruvchi, berkituvchi qurilmalar boʻlishi kerak. Berkituvchi moslamalarni qozonxona binosidan tashqarida joylashtirishda, ular qozonxona xodimi tomonidan ish joyidan (masofadan) boshqarish imkonini beradigan holda oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Qattiq yoki gaz holatidagi yoqilgʻida ishlaydigan boyler qozonlar ulardagi suvning sirkulyatsiyasi toʻxtab qolganda oʻchoqqa yoqilgʻi uzatishni avtomatik ravishda toʻxtatuvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Barabandan tashqarida joylashtirilgan va tabiiy suvning sirkulyatsiyasi boʻyicha ulangan boyler quvurlar issiqlikdan erkin kengayishiga xalaqit bermaydigan, uni qozon bilan tutashtiruvchi va undagi gidravlik zarbalarni kompensatsiyalovchi tutqichlar (tirkamalar) yordamida oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Choʻyan ekonomayzerlarda suv, gaz va tutun yoʻllari oʻchirilish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim. Bunda gaz tutunlarini chiqarish uchun boshqa aylanma tutun yoʻli boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Ekonomayzerlar ikkita parallel ulangan toʻyintirish qismlar yordamida ulanganda qozonni ekonomayzerning bitta qismi orqali toʻyintirish imkoniyati inkor qilinishi lozim. Ekonomayzerning har bir toʻyintirish qismi gazdan mustaqil oʻchirilish imkoniyati mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Choʻyan ekonomayzerning chiqish joyidagi suvning harorati bugʻ qozonidagi toʻyingan bugʻ yoki suv isitish qozonidagi mavjud ishchi bosimdan bugʻ hosil qilinish haroratidan kamida 20 °C past boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Qozon tagi va quvur panjaralariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Qozonning tagi qavariq yarim shar yoki ellips yoxud torosferik shaklda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Qozon tagining ellips, torosferik va yassi tub qismi silindrik yondevorga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Payvandlangan birikmalarining tuzilishi va ularning joylashtirilishi isitish qurilmalarining erkin oʻrnatilishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Payvandlangan birikmalarning kesilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Yonma-yon joylashgan payvandlangan birikmalar oʻqlari orasidagi minimal masofa payvandlangan detal nominal qalinligidan kam boʻlmasligi kerak, ammo devor qalinligi 8 mm dan yuqori boʻlganda kamida 100 mm hamda devor qalinligi 8 mm va undan kam boʻlganda esa, kamida 50 mm boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Qozonni payvandlab biriktirishda tirgaklar bir-biriga tegib turmasligi kerak. Payvandlangan birikma osti (usti)da tirgaklar joylashtirilganda, foydalanish jarayonida tirgaklardan birikmagacha boʻlgan masofa ularning holatini nazorat qilish uchun yetarli uzoqlikda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Payvandlangan birikmalarning kesishish va qarshilik joyi tirgak bilan qayta yopilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Payvandlangan birikmaning yon tomonidan quvur tirqishining uning oʻqigacha boʻlgan masofa tirqish diametrining 0.9 barobaridan kam boʻlmasligi kerak. Ayrim hollarda, payvandlangan birikmada quvur yoki shtutser mahkamlash uchun tirqish diametrining 0.9 barobaridan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Ikkita yonma-yon tirqish markazlari orasidagi masofa tirqish diametrining 1.4 barobaridan kam boʻlmasligi, agar tirqishlarning diametri turlicha boʻlsa tirqishlar diametrining yigʻindisi yarmining 1.4 barobaridan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzunasiga yoki koʻndalang qatorda tirqishlarni joylashtirishda koʻrsatilgan masofa 1.3 barobargacha kamaytirilishi mumkin. Quvurlar kollektor paneliga ega boʻlganda tirqish diametrini 1.2 barobargacha kamaytirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Himoya-oldini olish moslamalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Bosimi 4 MPa (40 kgf/cm²) dan katta boʻlgan bugʻ qozonlarida impulsli himoya-oldini olish (himoya) klapanlari oʻrnatilishi lozim. Koʻchma qozon va 35 t/h dan kam bugʻ ishlab chiqaruvchi bugʻ qozonlarida esa, faqat prujinali himoya-oldini olish klapanlari oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Richag (pishang, dastak) yuk va prujinali klapanlarning shartli oʻtish diametri 20 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosimi 0,8 MPa (8 kgf/cm²), par ishlab chiqarish hajmi 0,2 t/h gacha boʻlgan ikkita klapan oʻrnatilgan bugʻ qozonlarida shartli oʻtish diametri 15 mm gacha kamaytirilishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Bugʻning qattiq qizishidan oʻchuvchi muhitda ishlovchi bugʻ va suv isitish qozonlarining har birida kamida ikkitadan himoya-oldini olish moslamalari oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Impulsli klapan bilan impulsli himoya moslamalari himoya-oldini olish bosh klapanini birlashtiruvchi quvurning shartli diametri 15 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Bugʻ qozonlarida oʻrnatilgan profilaktik moslamalarining oʻtkazish qobiliyati qozon bugʻ ishlab chiqarishining nominal imkoniyatidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Himoya-oldini olish moslamalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy sirkulyatsiyali bugʻni qattiq bugʻ isitish moslamasi oʻrnatilmagan bugʻ qozonlarining yuqori barabani yoki quruq bugʻxonasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻridan-toʻgʻri oqizuvchi va majburiy sirkulyatsiyali bugʻ qozonlarida ularning chiqish kollektorlari yoki bugʻning chiqish yoʻlagida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isitish qozonlarida chiqish kollektorlari yoki barabanida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oraliq qattiq bugʻ isitkichlarida bugʻning kirish tarafida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv boʻyicha oʻchiriluvchi ekonomayzerlarda, suvning kirish va chiqish oʻrnida oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Qozonda oʻchirilmaydigan qattiq bugʻ isitkich mavjud boʻlsa, barcha himoya-oldini olish klapanlari qattiq bugʻ isitkichning chiqish kollektorida oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Bosimi 4 MPa (40 kgf/cm²) dan koʻp boʻlgan bugʻ qozonlarida impulsli himoya-oldini olish klapanlari (toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etmaydigan) oʻchirilmaydigan qattiq bugʻ isitkichning chiqish kollektorida yoki asosiy qulfli bugʻ oʻtkazgichda oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir xil klapanlar soni toq boʻlgan holatlarda impulslar uchun olinadigan bugʻ qozonda oʻrnatilgan klapanlarning ⅓ dan kam va ½ dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Blokli qurilmalarda, klapanlar bevosita bugʻ oʻtkazgichdagi turbina yonida joylashtirilgan hollarda, barcha klapanlar impulsi uchun qattiq qizdirib yuborilgan bugʻ ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, 50 foiz klapanlarga, qozon barabaniga biriktirilgan kontaktli manometrlardan qoʻshimcha elektr impulsi yuborilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir xil klapanlar soni toq boʻlgan holatlarda qozon barabaniga biriktirilgan kontaktli manometrlardan yuboriladigan qoʻshimcha elektr impulsi klapanlarning ⅓ dan kam va ½ dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Yuqori bosimli turbina silindridan keyin turuvchi bugʻni oraliq masofada isituvchi energetik bloklarda oraliq bugʻ isitkichga kelayotgan bugʻning maksimal hajmini oʻtkazish imkoniyatiga ega himoya-oldini olish klapanlari oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu klapanlar oraliq bugʻ isitkich tizimiga kiraverishdagi (himoya-oldini olish klapanlari bilan jihozlanmagan) oraliq bugʻ isitkich tizimi bilan bir muncha yuqori bosimga ega manbani bogʻlovchi quvur oʻtkazgichlarning oʻtkazish hajmini, shuningdek bugʻ va gaz-bugʻli issiqlik almashuvi apparatlaridagi haroratni muvofiqlashtiruvchi, yuqori bosimli bugʻ quvurlarining shikastlanishidan yuzaga keladigan yoʻqotishlarni inobatga olgan holda oʻrnatilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199. Himoya-oldini olish klapanlari har yilda sozlanib turilishi lozim va bu haqida dalolatnoma tuzilib, muhr (plomba) qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200. Himoya-oldini olish klapanlari qozon, bugʻ isitkich va ekonomayzerlarni ruxsat etilgan bosimning koʻpi bilan 10 foizdan oshmasligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Yukli yoki prujinali klapan konstruksiyasi qozon ishlab turgan vaqtda klapanning ishlayotgan yoki ishlamayotganligini, uni majburiy ochish yoʻli bilan tekshirish imkoniyatini ham nazarda tutishi lozim. Boshqaruv shitidan (masofadan turib) klapanni majburiy ochish imkoniyatini beruvchi moslama jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Prujinali klapanlar konstruksiyasi uning belgilangan meʼyoridan ortiq choʻzilishiga yoʻl qoʻymasligi lozim. Klapanlar prujinasi bugʻ oqimining toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qilishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Himoya-oldini olish klapanlari, ular bilan ishlovchi xodimlarni kuyishdan ehtiyot qilish uchun, bugʻni chetga olib chiquvchi quvuroʻtkazgichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu quvuroʻtkazgichlar muzlashdan himoyalangan boʻlishi hamda ularda toʻplangan kondensatni chiqarib yuborish uchun moslangan drenajlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Drenajlarga berkitish yoki tiqiltirish moslamalari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204. Suv isitish qozoni, ekonomayzerlar himoya-oldini olish klapanlaridan suvni chiqarib yuboruvchi quvur suvning erkin sizib chiqish tarmogʻi (chizigʻi)ga ulanishi lozim. Unda ham, erkin sizib chiqish tarmogʻida ham hech qanday berkitish yoki tiqiltirish moslamalari boʻlmasligi lozim. Suvni chiqarib yuboruvchi quvur tizimlari va erkin sizib chiqish moslamalari xodimlarni kuydirib qoʻyishining oldi olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Suv sathi koʻrsatkich moslamalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205. Qozonda toʻgʻri taʼsir etuvchi suv sathini koʻrsatish moslamalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim (toʻgʻridan toʻgʻri oquvchi bugʻ qozonlari bundan mustasno). Ularni takrorlovchi sifatida qoʻshimcha toʻgʻri taʼsir etuvchi suv sathini koʻrsatish moslamalari oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206. Har bir suv sathi koʻrsatkichi qozon barabaniga mustaqil ulanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Bogʻlanish quvuri (kolonkasi)da diametri 70 mm dan kam boʻlmagan ikkita suv sathi koʻrsatkichi oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207. Suv sathi koʻrsatkichlarini qozon bilan ulovchi quvurlar shakli (konfiguratsiyasi) ularda suvli qoplar shakllanishiga yoʻl qoʻymasligini hamda quvurlarning oson tozalanishini taʼminlashi lozim. Bogʻlash quvurlari yoqilgʻini yondiruvchi mahsulotlar yonishi sababli kelib chiqadigan qizib ketishdan hamda muzlashdan himoyalangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208. Bugʻ qozonlarining toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi sath koʻrsatkichlarida faqat tekis, ichini koʻrib turish imkonini beruvchi plastinalar qoʻllanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi bosimi 4 MPa (40 kgf/cm²)gacha boʻlgan qozonlarda oʻyilgan, qavat-qavat chizigʻi bor plastinalar ham, har ikki tomoni silliq plastinalar ham qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi bosimi 4 MPa (40 kgf/cm²)dan koʻp boʻlgan qozonlarda esa, har ikki tomoni silliq shaffof mineral (slyud)li plastina yoki plastinalar toʻplami qoʻllaniladi. Ular plastinalarga suv va bugʻning bevosita taʼsir etishidan himoyalab turishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaffof mineral bilan qoplanmagan koʻrish plastinalarning materiali tegishli bosim va haroratda suv va bugʻ tufayli zanglashga nisbatan chidamli boʻlsa, ulardan ham foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq holda oʻrnatilgan utilizator yoki energotexnologik qozonlarning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi sath koʻrsatkichlarida har ikki tomoni shaffof minerallar bilan himoyalangan shaffof mineralli yoki oynali plastinalar qoʻllanilishi kerak. Sath koʻrsatkichlari isitiladigan shkaflarga oʻrnatilgan hollarda oynali plastinalardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209. Toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi suv sathi koʻrsatkichlari vertikal yoki 30° gacha oldiga egilgan holatda oʻrnatilishi va u shunday joylashgan va yoritilgan boʻlishi kerakki, zarur boʻlganda uni mashinist (operator)ning ish joyidan bemalol koʻrish imkoniyati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210. Ishchi bosimi 4 MPa (40 kgf/cm²)dan koʻp boʻlgan qozonlarda toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi suv sathi koʻrsatkichlari maxsus gʻilof bilan qoplanib, shaffof plastinalar yorilgan, buzilgan holatlarda ishchi xodimlarni himoyalashga xizmat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Suv sathi koʻrsatkichlari koʻrish darchasining kengligi quyidagicha boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaffof oynali plastinalar qoʻllanganda – 8 mm dan kam boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaffof mineral (slyudyan)li plastinalar qoʻllanganda – 5 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Suv sathini koʻrsatuvchi moslamalari ularni qozondan oʻchirish va havo bosimida tozalash uchun moʻljallangan berkituvchi armatura bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berkitish armaturasida uni ochish va yopish yoʻnalishi, kranda esa, oʻtkazish tuynukining joylashgan joyi aniq koʻrsatilgan (oʻyilgan yoki boʻyoq bilan chizilgan) boʻlishi kerak. Berkitish armaturasining oʻtkazish tuynukining ichki diametri 8 mm dan kichik boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv sathini koʻrsatuvchi moslamalarni havo bosimi yordamida tozalash paytida u suvni toʻkib tashlash uchun himoya vositasiga ega boʻlgan va truba orqali suvni erkin toʻkish imkoniyatini yaratuvchi voronka bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213. Barabandagi ishchi bosim 4,5 MPa (45 kgf/cm²)dan koʻp boʻlgan hollarda suv sathini koʻrsatuvchi moslamalar ularni qozondan oʻchiruvchi oʻzaro ketma-ket joylashgan berkituvchi qismlar bilan jihozlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1,3 MPa (13 kgf/cm²)gacha ishchi bosimga ega qozonlarda berkitish moslamasi sifatida konussimon berkitgich kranlardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214. Suv isitish qozonlarida, barabanning yuqori qismiga joylashtirilgan sinov krani ham koʻzda tutiladi. Baraban yoʻq boʻlgan hollarda, suvning qozondan magistral quvurga chiqaverishida berkitish moslamasigacha oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215. Suv sathi koʻrsatkichi shaffof elementining balandligi har ikki tomonidan ruxsat etilgan meʼyorning kamida 25 mm yuqorisida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216. Bir necha alohida suv koʻrsatkichli plastinadan iborat suv sathi koʻrsatkichlar shunday oʻrnatilishlari lozimki, ular qozonning doimiy ravishdagi suv sathini koʻrsatib turishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217. Qozon nazorat qilib turilgan maydonchadan toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi suv sathi koʻrsatkichigacha boʻlgan masofa 6 m dan koʻp boʻlsa, shuningdek moslamalarni koʻrish imkoniyati sust boʻlgan holatlar qayd etilganda, ikkita pasaytirilgan masofali sath koʻrsatkichlari oʻrnatilishi lozim. Bunday holatlarda qozon barabanlariga bir dona toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etuvchi suv sathi koʻrsatkichini oʻrnatish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Utilizator va energotexnologik qozonlar uchun masofali suv sathi koʻrsatkichlari qozonni boshqarish pultida oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Berkitish va boshqarish armaturasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218. Qozon yoki uning quvurlariga joylashtirilayotgan armatura korpusida aniq markirovka boʻlishi va unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi tashkilot nomi yoki tovar belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartli oʻtish yoʻli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartli bosim va muhit harorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhit oqimi yoʻnalishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus texnik shartlar boʻyicha armatura tayyorlanganda shartli bosim oʻrniga ish bosimi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219. Armatura maxoviklarida uni ochish va yopish vaqtidagi aylanma harakat yoʻnalishi hamda qozonlarni oʻrash chizmasiga muvofiq zulfin raqami koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220. Armaturaning turi, soni va oʻrnatish joyi qozon loyihasida ishonchlilikni taʼminlaydigan holda koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Suvning qozonga kirishida suvning qozondan chiqishini oldini oluvchi qaytarma klapan va berkitish moslamasi joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222. Suv isitish qozonlarida suvning qozonga kirish va chiqish yerida, har biriga bir donadan berkitish organi joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223. Ishchi bosimi 0,8 MPa (8 kgf/cm2)dan koʻp boʻlgan qozonlarda har bir havo purkalovchi va drenaj quvurlarda, shuningdek suv yoki bugʻ namunasi olinadigan quvurda kamida ikkita berkitish moslamasi yoki bir dona berkitish va bir dona boshqarish moslamasi joylashtirilishi lozim. Ishchi bosimi 10 MPa (100 kgf/cm²)dan koʻp boʻlgan qozonlarda (aynan ularning quvurlarida) qoʻshimcha ravishda droselli shaybalar oʻrnatilishiga ruxsat etiladi. Bugʻ isitkich kameralariga havo purkash uchun bir dona berkitish moslamasidan foydalanish mumkin. Ishchi bosimi 14 MPa (140 kgf/cm²)gacha boʻlgan qozonlar uchun havo purkash quvurlari va ularga oʻrnatilgan armaturaning shartli oʻtish oʻrni 20 mm dan kam boʻlmasligi va bosimi 14 MPa (140 kgf/cm²) va undan ortiq boʻlgan qozonlar uchun esa, armaturaning shartli oʻtish oʻrni 10 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
224. Qozon, bugʻ isitkich va ekonomayzerlarning barcha oʻtkazish quvurlarida armaturaning uchma-uch kelgan joyi (ulanish joyi)dan payvandlanishi yoki flanets yordamida ulanishi lozim. 1 t/h gacha bugʻ ishlab chiqaruvchi qozonlarda, toʻldirilgan bugʻ ish bosimi 0,8 MPa (8 kgf/cm²) va 25 mm gacha boʻlgan oʻtish sharoitida rezbali armaturalarni ulashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225. Armatura uni boshqarish qulay boʻlishi uchun, imkon qadar qozonga yaqin ulanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 t/h dan koʻproq bugʻ ishlab chiqarishga qodir boʻlgan bugʻ qozonlarining asosiy bugʻ berkitish organlari masofadan boshqarish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi va uning boshqaruvi qozon mashinistining ish oʻrniga chiqarilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226. Har bir qozonning isteʼmol chizigʻida boshqariluvchi armatura joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozonning isteʼmol qilinishi avtomatik tarzda boshqarilganda qozon mashinistining ish oʻrnidan boshqarilishi koʻzda tutilgan masofali qurilma (uzatma) oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227. Umumiy tortish va bosim berish suv quvurlariga ega boʻlgan bir necha isteʼmol nasoslari oʻrnatilganda, har bir nasosning tortish qismida ham, bosim berish qismida ham berkitish moslamalari joylashtirilishi lozim. Markazdan qochirma nasosning bosim beruvchi tarafidan berkitish organigacha boʻlgan masofada qaytarma klapan oʻrnatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Qozonlarni suv bilan taʼminlash uskunalariga hamda nasoslardan foydalanishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228. Umumiy magistralga ulanadigan taʼminot nasoslari bir vaqtning oʻzida ishlashiga yoʻl qoʻyadigan tavsifga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229. Qozonlarni suv bilan taʼminlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr oʻtkazgichli markazdan qochirma va porshenli nasoslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugʻ oʻtkazgichli markazdan qochirma va porshenli nasoslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugʻ injektorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl harakati bilan oʻtkaziluvchi nasoslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichimlik suvi tarmogʻidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichimlik suvi tarmogʻidan faqat zaxira taʼminot manbai sifatida qozonlarni toʻldirish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda suv tarmogʻidagi, qozonning boshqarish organi oldidagi suv minimal bosimi qozonlar uchun ruxsat etilgan yoki belgilangan meʼyordan kamida 0,15 MPa (1,5 kgf/cm²)dan ortiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230. Har bir taʼminlovchi nasos yoki injektor qobigʻi (korpusi)da maxsus yorliq qotirilib, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot ishlab chiqaruvchi tashkilot nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zavod raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvning nominal haroratda uzatiladigan nominal meʼyori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazdan qochirma nasoslar uchun bir minutda aylanishlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
porshenli nasoslar uchun bir minutdagi yurishlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nasos oldidagi suvning nominal harorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nominal uzatishdagi maksimal bosim (napor) koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nasoslar har bir kapital taʼmirlashdan keyin ulaning bosimi va uzatish kuchini aniqlash uchun sinovdan oʻtkazilishi, sinov natijalari dalolatnoma asosida rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231. Nasos yuqori bosim ostida ishlaganda qozon taʼminotida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan uzilish (tanaffus)lar oldi olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Qozonlarni suv bilan taʼminlash quvuridagi berkitish joʻmragi va profilaktik klapani yoʻq boʻlganligi sababli, suv quvuri bilan belgilangan bosimni kuchaytiruvchi porshenli nasos oraligʻida profilaktik klapan oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233. Qozonni toʻldirish uchun alohida sxemada kamida ikkita toʻldiruvchi nasos (bittasi – ishchi, ikkinchisi – zaxira) oʻrnatilishi kerak. Nasoslar ikkita alohida elektr quvvatlantirish manbadan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234. Toʻldirish nasoslarining miqdori sxemada shunday hisob-kitob qilib tanlanishi kerakki, eng kuchli nasos toʻxtab qolgan taqdirda barcha qozonlardagi nominal bugʻ quvvati 110 foizdan kam boʻlib qolmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235. Suyuqlik qozonlari uchun kamida ikkita elektr oʻtkazgichli aylantiruvchi nasoslar bilan jihozlanishi (shu jumladan, bittasi zaxiradagi nasos) kerak. Ushbu nasoslarda suv uzatish va bosim shunday tanlanishi kerakki, qozondagi issiqlik aylanishining kerakli tezligi tushmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suyuqlik qozonlari avtomatik qurilmali aylanish liniyasi bilan jihozlanishi kerak. U isteʼmolchi toʻliq yoki qisman oʻchirilganda qozon orqali doimiy issiqlik sarfi oʻtishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236. Issiqlikni majburiy uzatish tizimiga ega boʻlgan bugʻ qozonlari va suyuqlik qozonlari elektroenergiya oʻchirilganda yoqilgʻi uzatishni qisqartiradigan avtomatik himoya vositalari bilan jihozlanishi kerak. Ikkita alohida manbadan elektrodvigatel nasoslarini toʻldirishda bir manbani ikkinchisiga ulovchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Saqlagich klapanlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237. Har bir qozonda kamida ikkita saqlovchi klapan oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238. Saqlagich qurilmalarning oʻtkazish qobiliyati miqdori bugʻ qozonidagi nominal quvvatdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239. Richag-yuk saqlovchi klapanlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240. Saqlagich klapanning shartli oʻtkazishi 25 mm dan kam va 150 mm dan yuqori boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Qozonlar (idishlar) va saqlovchi klapanlar orasiga uch ustunli ventil yoki boshqa qurilmalarni oʻrnatish ishlari barcha saqlovchi klapanlarni bir vaqtda oʻchirish imkoniyati boʻlgandagina bajarilishi lozim. Bir yoki bir nechta saqlovchi klapanlar oʻchirilganda, qolganlari kerakli oʻtkazish miqdorini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. Suv qaynaganda (yuqori haroratgacha isitilganda) saqlovchi klapanlardan bugʻ yoki suyuqlik tarqalishi kondensat qurilmalari orqali amalga oshiriladi. Bunda qarshilik bosimi 0,03 MRa (0,3 kgf/cm²) dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243. Qozon oʻchirilganda suv ostidagi quvurlarning qotib qolishini oldini olish uchun, ular isituvchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Avtomatik himoya vositalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244. Quyidagi hollarda qozonning avtomatik himoya vositalari (ovozli va chiroqli ogohlantirish moslamalari) ishlashi taʼminlanishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik darajasi ruxsat berilgan eng kam darajadan past boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik darajasi ruxsat berilgan eng koʻp darajadan yuqori boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik harorati loyihada koʻrsatilgan miqdordan oshib ketsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik bosimi loyihada koʻrsatilgan miqdordan yuqori boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kengaygan idishdagi issiqlik darajasi yoʻl qoʻyiladigan past miqdordan kamayganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasportda koʻrsatilgan suyuqlik qozoni yoki minimal bugʻ quvvatiga ega bugʻ qozonlari orqali oʻtuvchi issiqlik sarfi minimal miqdorga yetganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gorelka oldidagi gaz xususiyatli yoqilgʻining bosimi yoʻl qoʻyilmaydigan daraja oshganda yoki undan kamayganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rotatsion gorelkadan tashqari gorelkalar oldidagi suyuq yoqilgʻi bosimi meʼyoridan kamayganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻchoqdagi olov yoʻli yoʻl qoʻyiladigan miqdordan kamayganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy havo oʻtkazgichli gorelka oldidagi havo bosimi meʼyoridan kamayganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gorelkada olov oʻchganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245. Boshqaruv zanjirida ishda avariya holatini keltirib chiqaruvchi nuqsonlar paydo boʻlganda, shuningdek gidravlik, pnevmatik va elektroenergiya oʻchirgichlarida avtomatik himoya tizimi yoqilishi, isitish oʻchirilishi va rangli hamda ovozli ogohlantirish moslamalari yoqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246. Ogohlantirish tizimida elektr-energiya yoʻqolganda avtomatik himoya yoqilishi, qozonni isitish oʻchirilishi va qoʻshimcha ogohlantirish tizimi yoqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Taʼmirlash ishlarini bajarishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247. Uskunalar ularning texnik hujjatlari talablariga muvofiq holda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248. Uskunalarni zarur texnik holatda saqlab turish uchun unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy-profilaktik taʼmirlashning bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
249. Texnologik jarayonda qoʻllaniladigan asosiy asbob-uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash tashkilot tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dasturga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250. Kapital va joriy taʼmirlash dasturlarida taʼmirlashni oʻtkazish uchun masʼul shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlash choralari belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazishda bajariladigan ishlarning texnologik ketma-ketligi aks ettirilgan taʼmirlash hujjatlari rasmiylashtirilgan boʻlishi va ularda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishi lozim boʻlgan xavfsizlik choralari va maxsus texnologik jarayonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskuna va anjomlarning turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlangan uskunalar va ularning qismlari texnik talablarga javob berishi haqidagi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
254. Taʼmirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan masʼul xodim rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan va u yerda xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin unda ishtirok etadigan barcha xodimlar taʼmirlash ishlarini tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ularga taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257. Taʼmirlash jarayonida yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258. Taʼmirlash paytida ish joylari, yoʻllar va zinapoyalarni turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259. Qismlarga ajratish bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari amalga oshiriladigan kompressorlar boshqa barcha texnologik quvurlar va oʻtkazgichlardan uzib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260. Sigʻimlar, bunkerlar va boshqa chuqur joylarda ishlayotgan xodim mahkamlangan qutqaruv arqoniga ega boʻlishi, arqonning ikkinchi uchi tashqariga chiqarilgan va kuzatuvchi nazorati ostida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261. Taʼmirlash ishlarini balandlikda bajarishda havoza va taxta toʻshamalardan foydalanish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
262. Havoza va taxta toʻshama oʻrnatishning imkoni boʻlmasa, xodimlar balandlikda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlardan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari va arqonlar mahkamlanadigan joylar konstruksiyalarda oldindan belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263. Taʼmirlash ishlarini balandlikda bajarganda, asbob-uskuna va materiallarni maydoncha qirgʻogʻiga qoʻyish yoki yerga tashlash taqiqlanadi. Asbob-uskunalarni saqlash va tashishda maxsus sumka yoki qutilardan foydalanish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264. Qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borishga uskuna shamollatilib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va undagi harorat kamida 40° S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
265. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va tushib ketmaydigan usulda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266. Yoritish chiroqlarini taʼmirlash ishlarida faqat 12 V kuchlanishdagi koʻchma lampalar, portlashdan himoyalangan akkumulyatorli chiroqlardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267. Yoritish maqsadida mashʼala, gugurt, kerosinli fonarlar, shamchiroqlardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
268. Asbob-uskunalarni taʼmirlash va sozlash ishlari maxsus oʻqitilgan va yoʻl-yoʻriq berilgan, tegishli bilim va malakaga ega xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269. “Yoqilmasin, odamlar ishlayapti!” deb yozilgan yozuvni olib tashlash, xavfsizlik texnikasi boʻyicha talablar qoʻyiladigan ishlar bajarilgandan soʻng uskunani ishga tushirish, faqat masʼul xodim ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
270. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar ish joyidan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Qozonxonalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271. Har bir qozon ishga tushirilgunga qadar – dastlabki, foydalanish jarayonida – davriy hamda zarurat tugʻilganda – navbatdan tashqari texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272. Dastlabki texnik koʻrik qozonning birinchi bor montaj qilinganidan keyin amalga oshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
273. Davriy texnik koʻrik qozonning pasportida koʻrsatilgan texnik koʻrikdan oʻtkazish muddatida oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
274. Navbatdan tashqari texnik koʻrik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonning ichki yuzasi tozalanganda yoki u yoxud uning qismlari taʼmirlashdan oʻtganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozon 12 oydan ortiq vaqt davomida ishlamaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozon qayta montaj qilingan hamda yangi joyga oʻrnatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozondagi darz va yoriqlar tuzatilganda yoxud qozonning asosiy qismlarida payvandlash ishlari oʻtkazilganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275. Tashqi va ichki texnik koʻrikni oʻtkazishdan oldin qozon sovutilib hamda sinchiklab kul, qurum va boshqa iflosliklardan tozalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
276. Qozonni tashqi va ichki texnik koʻrikdan oʻtkazishda devorning ichki va tashqi yuzasida yoriq, darz va yemirilish paydo boʻlishiga eʼtibor qaratilishi kerak. Qozon qismlaridagi metall qizishi xavfini keltiruvchi hamda qoplamning buzilishiga sabab boʻluvchi nosozliklar koʻzdan kechirilishi lozim. Barabandagi ichki qurilmalar texnik koʻrik oʻtkazishga xalaqit bersa ular olib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
277. Texnik koʻrikdan oʻtkazishda qozonning mustahkamligiga shubha keltiruvchi yoriq va darzlar aniqlanganda, bunday qozonlardan ularning kelib chiqish sababi aniqlashtirilguncha vaqtincha foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
278. Texnik koʻrik natijalari qozon pasportiga texnik koʻrikni oʻtkazgan shaxs tomonidan qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik koʻrikni oʻtkazishda qoʻshimcha sinov va tekshirish amalga oshirilsa qozon pasportiga sinov oʻtkazishning sababi va natijalari qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
279. Qozondan foydalanish muddati texnik koʻrik natijalari boʻyicha undan foydalanish sharoiti va imkoniyatlari asosida aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
280. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
281. Mansabdor shaxslar va xodimlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
282. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 5-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 5-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 8-oktabr,

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 8-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 12-oktabr,

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. QURBANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 12-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 14-oktabr,

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 16-oktabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 46-son, 586-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)