Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Yoʻlovchilarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasini oʻtkazish, sugʻurta toʻlovlari boʻyicha transport tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish, sugʻurta pullarini aniqlash va toʻlash tartibi haqidagi qoidalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 27-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi, 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1993-yil 7-avgustda 51/27-son bilan tasdiqlangan Yoʻlovchilarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasini oʻtkazish, sugʻurta toʻlovlari boʻyicha transport tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish, sugʻurta pullarini aniqlash va toʻlash tartibi haqidagi qoidalar (roʻyxat raqami 27, 1994-yil 1-mart) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq 2015-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-oktabr,
95-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 45-son, 581-modda)