OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Farmoni
JALOLQUDUQ, QOʻRGʻONTEPA, MARHAMAT, PAXTAOBOD, XOʻJAOBOD RAYONLARI VA ANDIJON VILOYATINING ANDIJON ShAHRI HUDUDLARIDA FAVQULODDA HOLATNI BEKOR QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vaziyat beqarorlashganligi munosabati bilan Jalolquduq, Qoʻrgʻontepa, Marhamat, Paxtaobod, Xoʻjaobod rayonlari va Andijon viloyatining Andijon shahri hududlarida 1990-yilning 8-iyunidan eʼlon qilingan favqulodda holat bekor qilinsin.
Ana shu rayonlarda va Andijon shahrida favqulodda holat bekor etilganligi toʻgʻrisida darhol eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 29-noyabr,
PF-297-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 11-modda)