Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tovar-xomashyo birjalari orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Tovarlarning birja va yarmarka savdosini yanada ragʻbatlantirish, tovarlarni chetga olib chiqishni tartibga solish hamda eksportdan valyuta tushumlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xomashyo birjalari orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 61 va 62-pozitsiyalar qoʻshilsin:
|
“ |
61. | Qurilish oynasi | 7005 292 50 0, 7005 293 50 0 , 7005 298 00 0 | |
| | 62. | Shisha bankalar | 7010 901 00 0 | ”. |
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-noyabr,
324-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 45-son, 577-modda)